Hurmatli oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va
Download 330.29 Kb. Pdf ko'rish
|
Axborot xati oxirgi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans”
- 2023-yil 31-may kuni bo‘lib o‘tadigan “ISLOM INVESTITSIYA MAHSULOTLARI: XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI”
- Konferensiya rasmiy tillari
- Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi
- Maʼlumot uchun telefon
AXBOROT XATI Hurmatli oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va magistrantlar va talabalar! 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonining 73-maqsadida belgilangan “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans” shiori ostida xalqaro anjumanlar tashkil etish, shuningdek, milliy iqtisodiyotga islom moliya sektorining taʼsiri kabi yo‘nalishlar bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama etish, mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida, Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti Davlat boshqaruvi kafedrasi, Butunrossiya davlat adliya universiteti Sankt-Peterburg filiali, Muxtor Auyezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti professor-oʻqituvchilari hamkorligida 2023-yil 31-may kuni bo‘lib o‘tadigan “ISLOM INVESTITSIYA MAHSULOTLARI: XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz. Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha materiallar taqdim etish mumkin: Oʻzbekistonda islom moliyaviy mahsulotlari rivojining nazariy asoslari. Islomda investitsion munosabatlarni tartibga solishda bu sohada ilgʻor mamlakatlar tajribasi. Islom moliyasi mahsulotlaridan keng foydalanishda huquqiy-meʼyoriy asoslarni yaratish. Islom moliyasida faoliyat koʻrsatuvchi mutaxassislar tayyorlash: Oliy taʼlim muassasalari bilan ilmiy hamkorlik. Islom moliyasi mahsulotlaridan foydalanishda riskni maksimal kamaytirish mexanizmlari. Konferensiya rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz tillari. Materiallar (maqola, tezislar) qabul qilish muddati: 2023-yilning 25-may kuniga qadar dilafruz.azimova2020@gmail.com elektron pochta orqali qabul qilinadi, 2023-yil 31-mayga qadar nashr etiladi. Tashkiliy qo‘mita maqola va tezislarni tahrir qilish huquqiga ega. Taqdim etiladigan materiallardagi keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligiga mualliflar javobgardir. Talabga javob bermaydigan ishlar anjuman to‘plamiga kiritilmaydi. Konferensiya materiallari Google Scholar va Researche Gate xalqaro ilmiy tadqiqotlar elektron platformasida indekslanadi va anjuman ishtirokchilariga elektron sertifikat taqdim etiladi. Konferensiya maʼruzalar toʻplami mualliflar hisobidan nashr qilinadi. Maqolaning har bir beti uchun 20 000 soʻmdan nashr harajatlari toʻlanadi. Konferensiyada ishtirok etish shakli: Konferensiya an’anaviy shaklda hamda ZOOM platformasi orqali tashkil qilinadi. Xorijlik mutaxassislar va viloyatlardagi ishtirokchilarning ma’ruzalari onlayn tarzda tinglanadi. Onlayn ishtirok etish uchun quyudagi havola orqali (ZOOM platformasi) ulanishingiz mumkin: https://us06web.zoom.us/j/85805375711?pwd=NkYxb2Naa1V4emp2dkIwdnlOZFZOUT09 Konferensiya materiallariga qo‘yiladigan talablar: Ilmiy-amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga qamrab olgan, imlo hatosiz boʻlgan maqolalar 5 betdan oshmagan hajmda oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida taqdim etilishi talab etiladi. Maqola matni *doc. formatida, Times New Roman 14 kegl shriftida, satrlar oralig‘i 1,15 intervalda bo‘lishi lozim. Maqola sarlavhasi, annotatsiyasi va kalit so‘zlari maqola berilayotgan tilda, rus va ingliz tilida beriladi. Muallifning familiyasi, ismi va sharifi maqola sarlavhasidan keyin keltiriladi, shuningdek, ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili ko‘rsatiladi. Havola va foydalanilgan adabiyotlarning berilish tartibi: manba havolasi kata qavs ichida, muallif familiyasi, nashr yili va sahifasi ko‘rsatilgan tartibda beriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo tartibida maqola matnidan so‘ng beriladi. Maʼlumot uchun telefon: Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat boshqaruvi kafedrasi, Azimova Dilafruz (998 95) 021-00-20 Download 330.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling