Husanboy xoldorov 2020-2021-yillar +99893 678 68 77


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/26
Sana31.01.2024
Hajmi0.69 Mb.
#1832862
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Bog'liq
10-sinf o\'zbekiston tarixidan testlar to\'plami (2)

12-mavzu: O‘zbekistonda 
industrlashtirish siyosatining amalga 
oshiriliishi va kadrlar masalasi 
1.O‘zbekistonda birinchi besh yillik nechanchi yillarni o‘z ichiga 
oladi? 
A)1927-yil oktabr – 1932-yil noyabr 
B)1925-yil fevral – 1930-yil mart 
C)1929-yil dekabr – 1933-yil sentabr 
D)1928-yil oktabr – 1932-yil dekabr 
2.SSSRda sotsialistik industrlashtirishga o‘tish ommaviy tarzda 
qachon e’lon qilinadi? 
A)1925-yil B)1927-yil C)1928-yil D)1932-yil 
3.Chirchiq-Bo‘zsuv GESlar kaskadi qachon barpo etilgan? 
A)XX asr 20-yillari B)XX asr 30-yillari 
C)XX asr 40-yillari D)XX asr 50-yillari 
4.Quyidagilardan noto‘gri javobni toping? 
A)O‘zSSRda sanoat korxonalari texnik darajasi past edi 
B)Sanoat korxonalariga malakali xodim va tajribali ishchilar 
RSFSRdan olib kelingan 
C)O‘zSSRda industrlashtirish dastlab sekinlik bilan amalga 
oshirildi 
D)Industrlashtirish siyosati shahar hisobidan amalga oshirildi 
5.Birinchi besh yillik reja muddatidan qancha vaqt oldin 
yakunlandi? 
A) 5 oy oldin B) 6 oy oldin C) 7 oy oldin D) 9 oy oldin 
6.VKP(b) ning XIV syezdi qachon bo‘ldi? 
A)1925-yil dekabr B)1927-yil yanvar 
C)1928-yil noyabr D)1932-yil mart 
7.O‘zbekiston davlat apparatini O‘zbeklashtirish Markaziy 
komissiyasi faoliyati qachon to‘xtatiladi? 
A)1928-yil 8-fevral B)1929-yil 10-iyul 
C)1930-yil 18-fevral D)1931-yil 11-dekabr 
8.O‘zbekiston Kommunistik partiyasi II syezdi qaysi shaharda 
bo‘lib o‘tadi? 
A)Buxoro B)Toshkent C)Samarqand D)Farg‘ona 


16 
9.Quyidagilarni to‘g‘ri joylashtiring 1927-yilda O‘zSSR xalq 
xo‘jaligida. . . . 
1)qishloq xo‘jaligi salmog‘i, 2)sanoatning salmog‘i, 3)qishloq 
xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashning sanoat ishlab 
chiqarishidagi salmog‘i 
a)37,4 %, b)62,6 % c)90 %
A)1-a, 2-c, 3-b B)1-b, 2-a, 3-c C)1-c, 2-b, 3-a D)1-a, 2-b, 3-c 
10.1928-yil kuzigacha mamlakat xalq xo‘jaligi necha yillik rejalar 
asosida boshqarilib kelinadi? 
A)1 yillik B)2 yillik C)3 yillik D)4 yillik 
11.Mamlakat qishloq xo‘jaligini zo‘ravonlik bilan 
kollektivlashtirish jarayonida qachondan industrlashtirish ham 
amalga oshirildi? 
A)1927-yili B)1928-yili C)1929-yil D)1930-yili 
12.”Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi” 
nomi qachon o‘zgartiriladi? 
A)1927-yil 8-yanvar B)1928-yil 18-fevral 
C)1925-yil 3-mart D)1927-yil 16-noyabr 
13.Birinchi besh yillik davrida O‘zSSRda nechta korxona qayta 
tashkil etiladi? 
A) 53 ta B)65 ta C)79 ta D)93 ta 
14.Birinchi besh yillikda qaysi zavod barpo etiladi? 
A)Chirchiq elektro-kimyo zavodi 
B)Toshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi 
C) Qarshi neftni qayta ishlash zavodi 
D)Angren ko‘mir zavodi
15.Birinchi besh yillikda elektr stansiyalari quvvati qanchaga 
yetadi? 
A)347 mln kilovatt B)397 mln kilovatt 
C)482 mln kilovatt D)500 mln kilovat 
16.Ko‘chirib keltirilgan yevropalik(asosan slavyanlar)ga 
berilgan imtiyozlarni to‘g‘ri joylashtiring 
1)yaxshi maoshli ish, 2)Universitet va institutlarga imtiyozli 
asosda joylashtirilish, 3)soliq to‘lamaslik, 4)navbatsiz kvartira,
A)1,2,3,4 B)1,3 C)1,4 D)1,2,,4 
17.O‘zSSR MIK huzurida kim raisligida Davlat apparatini 
mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi tuziladi? 
A)Akmal Ikromov B)Bobon Mavlonbekov 
C)Fayzulla Xo‘jayev D)Yo‘ldosh Oxunboboyev 
18.1934-yil F.Xo‘jayev qaysi millat delegatsiyasi bilan Toshkent 
to‘qimachilik kombinati qurilishida uchrashadi? 
A)fransuz B)ingliz C)nemis D)italiyan 
19.O‘zSSRda mahalliy kadrlar tayyorlash va ularni yuqori 
lavozimlarga ko‘tarishda jonbozlik ko‘rsatgan shaxs? 
A)Akmal Ikromov B)Bobon Mavlonbekov 
C)Fayzulla Xo‘jayev D)Yo‘ldosh Oxunboboyev
20.”Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi” 
tuzilgan sana qachon? 
A)1927-yil 8-yanvar B)1928-yil 18-fevral 
C)1925-yil 3-mart D)1927-yil 16-noyabr 
21. ”Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi” 
tuzilgan paytda kimlar unga a’zo bo‘lishdi? 
A)A.Ikromov va F.Xo‘jayev
B)B.Mavlonbekov va Y.Oxunboboyev 
C)A.Ikromov va R.Inog‘omov D)B.Mavlonbekov va F.Xo‘jayev 
22.Qachon O‘zbeklashtirish Markaziy komissiyasining Nizomi 
kuchga kirdi? 
A)1923-yil 22 noyabr B)1927-yil 6-iyun 
C)1929-yil 2-avgust D)1932-yil 9-iyul 
23.O‘zbekiston Kommunistik partiyasining III syezdi qachon 
bo‘lgan? 
A)1926-yil B)1927-yil C)1928-yil D)1931-yil 
24.Xalq xo‘jaligining barcha sohalarida yirik mashina ishlab 
chiqarish jarayonini keltirish, ishlab chiqarish tarmoqlarini 
mashina texnikasi asosiga o‘tkazish bu? 
A)Konveyrlash B)Mexanizatsiyalashtirish 
C)Modernizatsiylash D)Industrlashtirish 
25.O‘zSSR MIK va XKSning “Davlat apparatini o‘zbeklashtirish 
to‘g‘risida” gi qo‘shma qarori qachon qabul qilinadi? 
A)1931-yil 11-dekabr B)1927-yil 8-yanvar 
C)1928-yil 18-fevral D)1929-yil 3-mart 
26.1927-yil 16-24-noyabr kunlari bo‘lgan O‘zb. Kompartiyasi 
syezdida nima masala ko‘riladi? 
A)”Davlat apparatini mahalliylashtirish Markaziy komissiyasi” 
nomini o‘zgartirish 
B)”Yerli millat ishchilarini ishlab chiqarishga jalb qilish 
to‘g‘risida” gi masala 
C)”Partiya, savet xo‘jalik, kasaba uyushmalari va kooperativ 
tashkilotlarga mahalliy aholini jalb qilish” haqidagi masala 
D)O‘zbek aholisi ko‘proq bo‘lgan tumanlardagi barcha davlat, 
jamoat, kooperativ muassasalari va tashkilotlarida ish yuritishni 
o‘zbek tilida olib borish haqida 
27.O‘zSSR Kommunistik partiyasi II syezdi qachon bo‘lib o‘tadi? 
A)1923-yil 4 – 10-yanvar B)1927-yil 22 – 30-noyabr 
C)1928-yil 22 – 30-iyun D)1929-yil 7 – 19-mart 
28.Qachon O‘zbekiston davlat apparatini O‘zbeklashtirish 
Markaziy komissiyasi faoliyati to‘xtatildi? 
A)1931-yil 11-dekabr B)1927-yil 8-yanvar 
C)1928-yil 18-fevral D)1929-yil 3-mart 
29.Qachon o‘zbeklashtirish siyosati bo‘yicha tashkilotlararo 
o‘zbeklashtirish komissiyasi faoliyat ko‘rsatgan? 
A)1925-yili B)1927-yili C)1929-yili D)1930-yili 
30.Keyinchalik mahalliylashtirish jarayoni to‘xtatilib, u nima deb 
qoralanadi? 
A)”Feodalizm sarqiti” B)”Shovinizm vasvasasi” 
C)”Prolitariatga taxdid” D)”Burjua millatchiligi” 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling