Husanboy xoldorov 2020-2021-yillar +99893 678 68 77


§ 2. Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy tarzda


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana31.01.2024
Hajmi0.69 Mb.
#1832862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
10-sinf o\'zbekiston tarixidan testlar to\'plami (2)

§ 2. Turkistonda sovet hokimiyatining majburiy tarzda
o‘rnatilishi hamda bolsheviklar diktaturasi 
1. Qachon bolsheviklar Petrograd va Moskva Sovetlarida 
ko‘pchilikni egalladi hamda hokimiyatni bosib olish uchun 
qurolli to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rdi? 
A) 1917-yil avgust oxiri – sentyabr boshlarida
B) 1917-yil sentabr oxiri – oktabr boshlarida
C) 1916-yil avgust oxiri – sentyabr boshlarida
D) 1917-yil oxirida 
2. 24-oktyabrdan 25-oktyabrga o‘tar kechasi qurollangan 
ishchilar, … garnizonining soldatlari va … flotining matroslari 
Qishki saroyga bostirib kirdi va majlis o‘tkazayotgan Muvaqqat 
hukumat a’zolarini qamoqqa oldi? 
A) Petrograd, Boltiq B) Moskva, Qora dengiz 
C) Petrograd, Qora dengiz D) Moskva, Kaspiy
3. Petrogradda ochilgan Butunrossiya sovetlarining II sezdida 
bolsheviklar dastlab so’l eserlar bilan hamkorlikda Muvaqqat 
hukumat ag’darilganligini qo’llab-quvvatlab … ni e’lon qildilar?



A) “Tinchlik va yer to’g’risidagi dekret”
B) “Mamlakat mustamlakachiligini yanada kengaytirish haqida 
dekret”
C) “Buturossiyani yagona markazlashtirish to’g’risida dekret”
D) “Tuzilajak davlatni bolsheviklar ixtiyorida ekanligi haqida 
dekret”
4. Kim boshchiligidagi hukumat – Xalq Komissarlari Soveti 
(XKS)ni tuzildi? 
A) Iosif Stalin B) P. Krovichenko 
C) Vladimir Ilich Ulyanov (Lenin)
D) Fyodor Kolesov
5. Oktyabr to‘ntarishi haqidagi xabar qachon Toshkentga yetib 
keldi? 
A) 1917-yil 24-oktyabrda B) 1917-yil 27-oktyabrda
C) 1917-yil 28-oktyabrda D) 1917-yil 25-oktyabrda 
6. Petrogradda oktyabr to’ntarilishi yuz bergan davrda 
Turkiston o’lkasi bosh komissari kim edi?
A) Kuropatkin B) Korovichenko
C) Kolesov D) Perfilyev 
7. Qachondan boshlab Toshkentning yangi shaharida qurolli 
to‘qnashuvlar avj oldi? 
A) 1917-yil 26-oktyabrda B) 1917-yil 27-oktyabrda
C) 1917-yil 28-oktyabrda D) 1917-yil 29-oktyabrda 
8. Necha kunlik janglardan so‘ng Toshkentning yangi shahar 
qismida zo‘ravonlik bilan sovet hokimiyati o‘rnatildi? 
A) 2 B) 3 C) 4 D) 5 
9. Turkistonning Skobelov va Samarqand viloyatlarida sovetlar 
hokimiyati qachon o’rnatilgan?
A) 1917-yil oktyabr
B) 1917-yil noyabr
C) 1917-yil dekabr
D) 1918-yil yanvar 
10. Turkiston o’lka Xalq Komissarlari Soveti qachon 
tuzilganligini aniqlang?
A) 1917-yil 15-22-noyabrda B) 1917-yil 18-24-noyabrda
C) 1918-yil 12-22-noyabrda D) 1911-yil 11-12-noyabrda 
11. Turkiston o’lka Xalq Komissarlari Soveti raisi lavozimiga kim 
saylanadi?
A) Kuropatkin B) Korovichenko
C) Kolesov D) Perfilyev 
12. Turkiston o’lka Xalq Komissarlari Soveti harbiy komissar 
lavozimiga kim saylanadi?
A) Kuropatkin B) Korovichenko
C) Kolesov
D) Perfilev 
13. Turkistonda bolsheviklar kimlarga tayangan holda o’z 
diktaturasini o’rnatadi?
A) Yevropalik ishchilar, qizil gvardiyachilar va boshqa harbiy 
qismlar
B) Harbiy qism garnizoni, so’l eserlar, kadetlar
C) Qizil gvardiyachilar, eserlar, kadetlar
D) Harbiy qurol ustunligi va harbiy qismlarning uyushganligi 
bilan 
14. Turkistonni Bolsheviklar tomonidan zo’ravonlik bilan 
egallanishini Sho’royi Ulamoning qayerdagi shubasi qo’llab-
quvvatlaydi?
A) Samarqand B) Namangan
C) Toshkent
D) Skobelov 
15. Turkiston o’lka musulmonlarining Markaziy Kengashi 
qachon o’z qarorgohini Qo’qonga ko’chiradi?
A) 1917-yilning noyabr oyi boshida
B) 1917-yilning oktyabr boshida
C) 1917-yilning dekabr oyi boshida
D) 1918-yilning fevral oyida 
16. “Turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi” qachon 
o’tkazilgan? 
A) 1917-yilning 15-22-noyabr B) 1917-yilning 17-22-noyabr
C) 1917-yilning 17-19-noyabr D) 1917-yilning 12-15-noyabr
17. “Turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi”da 
qayerdan kelganlar qatnashadi va bu kengash qayerda bo’lib 
o’tadi?
A) Qo’qonda / Toshkent va Sirdaryo
B) Toshkentda / Sirdaryo va Surxondaryo
C) Samarqandda / Toshkent va Farg’ona
D) Toshkentda / Sirdaryo va Samarqand 
18. Quyidagi qaysi javobda xatolikka yo’l qo’yilgan 
A) 1917-yil kuzida Turkistonda hokimiyatning bolsheviklar 
ta’siridagi Sovetlar qo‘liga o‘tishi uchun obyektiv shart-sharoit 
yo‘q edi, bolsheviklarning omma o‘rtasida ta’siri ham oz bo‘lgan. 
Bu yerda asosiy siyosiy kuchlar eserlar va milliy partiyalar edi. 
B) Turkiston ishchi va soldat deputatlari Sovetlarining III o‘lka 
syezdida so‘l eserlar, bolsheviklar va maksimalistlardan iborat 
sovet hukumati – Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari Soveti
tuzildi. 
C) Fyodor Kolesov kasbi chizmachi, Ye.Perlev izvoshchi bo’lgan 
D) Toshkent shahrida “Sho‘roi Islomiya” tashkilotining 
tashabbusi bilan “turli musulmon guruhlarining birlashgan 
kengashi” o‘tkazilgan 
19. Turkiston o‘lka Xalq Komissarlari Soveti … o‘rin so‘l 
eserlarga, … o‘rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berildi 
hamda u faqat yevropaliklardan iborat qilib tuzildi? 
A) 7, 8 B) 8, 7 C) 7, 7 D) 8, 8 
20. Quyidagi javoblardan “turli musulmon guruhlarining 
birlashgan kengashi” ga oid to’g’ri javoblarni aniqlang? 
1. Kengash kun tartibida “Turkistonda hokimiyatni tashkil etish” 
masalasi turar edi. 2. Kengash o‘rinlarining yarmi musulmon 
aholisi vakillariga beriladigan koalitsion hukumat tuzishni 
yoqlab chiqdi. 3. Bolsheviklar o‘zlari bilan koalitsion hukumat 
tuzishni orzu qilgan Sherali Lapin boshchiligidagi 
ulamochilarning fikrlarini qat’iy suratda rad etishdi. 4. 
Ulamochilarning koalitsion hukumat talabini milliy demokratik 
kuchlar ham qo‘llab-quvvatlamadi. 5. Koalitsion hukumatda 
yevropaliklarga 8 ta o’rin berish ko’zda tutilgan edi 
A) 1,2,3,4 B) 1,2,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,2,3,4,5 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling