Хусанова шодиянинг спорт социологияси фанидан
Download 184 Kb.
|
22. topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- ХУСАНОВА ШОДИЯНИНГ СПОРТ СОЦИОЛОГИЯСИ фанидан 2 -ТОПШИРИҒИ
ЎЗБЕКИСТОН ДАВЛАТ ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ ВА СПОРТ УНИВЕРСИТЕТИ СПОРТ ЎЙИНЛАРИ ФАКУЛТЕТИ ВАЛЛЕЙБОЛ йўналиши 4-КУРС талабаси
1. Zardusht hayoti va faoliyati; 2. Zardusht talimoti; 3. Zardushtiylikning shoh Vishtaspa tomonidan qollanili-shi; 4. Avesto zardushtiylikning asosiy manbasi. Zardushtiylik dini eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda Orta Osiyo va Qadimiy Eronda yuzaga kelgan dindir. Bu din Zaratushtra (yoki Zardust, yoki Zaroastr) nomi bilan boglik. Tadqiqotchilar ortasida Zardushtning tarixda bolgan yoki bolmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Bazilar uni tarixiy shaxs deb bilishsa, yana boshqalar uni afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u eramizdan avvalgi, taxminan, 570 yillarda tugilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Zardusht Orta Osiyodagi kopxudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va etiqodlarni isloh qilib yangi dinga asos soldi. Zardushtning tugilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi togrisida ikki fikr mavjud: birinchisi «Garb teoriyasi» bolib, unga kora Media (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili - birinchidan zardushtiylikning Qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bolsa, ikkinchidan zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoning bizgacha etib kelgan nusxasi qadimiy eron-pahlaviy tilida yozilganligidir. Yana bir boshqa fikr «Sharq teoriya»si bolib, bunga kora Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi va kopchilik manbashunoslar shu teoriya tarafdoridirlar. Xorazm birinchi bolib Zardushtiylik muqaddas olovi «Atar - xurra» yoqilgan va Axuramazda Zardusht bilan boglangan joy hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi hisoblangan Avestoda: «birinchi bor muqaddas olov «Atarxurra» «Eran-vej» (bazi manbalarda «Ayrian vedja»)da yoqildi» deyiladi. «Eran-vej»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga togri keladi. Avestoda Axuramazda tomonidan berilgan «Barokot va najot» sohibi bolgan bir qator mamlakatlarni zikr etiladi va ularning eng birinchisi deb, «dunyoda hech narsa uning chiroyiga teng kela olmas Eran-vej», keyin «odamlar va chorva podalariga mol» Sogd (Sugd), «Qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «Baland kotarilgan bayroqlar mamlakati» Batxi (Baktriya) zikr etiladi. Avestoda, shuningdek, Zardusht tugilgan va oz faoliyatini boshlagan yurt haqida ham malumot beriladi. Aytilishicha, «SHunday mamlakatni kop sonli lashkarlarni botir sarkardalar boshqaradilar, baland toglari bor, yaylov va suvlari bilan gozal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, chuqur, suvga mol kollari bor, keng qirgoqli va kema yurar daryolari oz tolqilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva (Ariya) Bava (Sugd hududida), Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari tomon elituvchi daryolari bor». Shubhasiz, «Keng qirgoqli, kema yurar daryolar» bu Amu va Sirdaryo bolib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar Orta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qigoqlarida joylashganlaridir. Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, Zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb Xorazm, Sugd, Fargona yoki Baktriyani ayta olamiz. Avestoning «yasht» qismida bayon etilishicha Zardushtning vatandoshlari unga ishonmaydilar, va uning talimotini qabul qilmaydilar. Zardusht vatanni tark etib, koshni davlatga ketadi, u erning malikasi Xutoasa va Shoh Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi, ular Zardusht talimotini qabul qiladilar. Natijada qoshni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa galaba qozonadi. SHundan song bu talimot xalqlar ortasida keng tarqala boshlagan. Shoh Vishtaspa farmoniga binoan Zardushtning 1200 bobdan iborat pandnomasi Avestoning qadimiy qismi «Gotni» yozib shohning otashkadasiga topshirgan. Zardushtiylik talimoti. Zardushtiylik talimoti Orta Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bolgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi etiqodlarga nisbatan progressiv, monoteistik talimotdir. U behuda qon tokuvchi qurbonliklar, harbiy toqnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, otroq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shugullanishga davat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qoriq er ochib uni bogu rogga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi, aksincha, boglar, ekinzorlarni, sugorish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladi. Zardusht oz talimoti bilan insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni orgatmoqchi boladi. U oz talimotini insonlarning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri hal bolajak, har bir inson olgandan song ozining bu dunyodagi qilmishiga yarasha yoki abadiy rohat - jannatga, yoki yomon ishlari kop bolsa na xursandlik va na xafalik kormaydigan arosat joy - misvongatuga tushadi, degan goyaga asoslantirgan. Zardushtiylik talimotining asosi olam qarama-qarshiliklari kurashi asosiga qurilgan. Yaxshilik va yomonlik, yoruglik va qorongulik, hayot va olim ortasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axuramazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu yoki Axriman ifodalaydi. Axuramazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib, ularga amal qilishni, yomon ishlarni bayon etib, ulardan saqlanishni buyuradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, sozning sobitligi, amallarning insoniyligi, har bir Zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab uni olqishlab siginishi shart bolgan. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi tort unsur - suv, olov, er va havo uluglanadi. Zardushtiylik dafn marosimi oziga xos bolib, olganlar bir necha past, baland «sukut minoralari» - daxmalarga solinadi, u erda murdalarning goshtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Goshtdan tozalangan suyaklar minora ortasidagi kuduqqa sochib yuboriladi. Bunda «halol» bilan «harom»ning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini jahon miqyosida eng qadimgi dinlardan biri hisoblanib, eramizdan avvalgi VII-VI asrlar Orta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlarining etiqod qiluvchi dinlari hisoblangan. Eronshohlar davrida Eronda rasmiy davlat diniga aylangan. Biroq bu davrda uni ruhoniylar, zodagon hokimlar oz manfaatlariga boysundirganlar. Orta Osiyoni arablar islomlashtirgunlariga qadar, zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dinlari hisoblangan.
Zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobi hisoblanadi. Avesto Orta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining islomgacha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam togrisidagi tasavvurlari, urf-odatlari, manaviy madaniyatini organishda muhim va yagona manbadir. Uning tarkibidagi materiallar qariyb 2 ming yil davomida vujudga kelib, avloddan-avlodga ogzaki ravishda kochib borgan. Axuramazdaning rasmiy tus olishiga qadar uning Zardusht orqali vahy qilingan ilohiy xabarlari Turon va Eron zamini xalqlari orasida asrlar davomida turli diniy marosimlar, duolar, madhlar, sura va oyatlar sifatida yigila boshlagan. Bular Zardushtning olimidan keyin kitob holida jamlangan va «Avesto» (ornatilgan, qatiy qilib belgilangan qonun-qoidalar) deb nom olgan. Afsuski, bu eng qadimgi yozma adabiyot, axloq-odob qoidalarini ozida mujassamlashtirgan asar bizgacha toliq etib kelmagan. Avesto haqida buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: «Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: Podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) on ikki ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib ularda xizmat etuvchilarni oldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun osha vaqtdan beri Abistoning beshdan uchi yoqolib ketdi». Avestoning Aleksandr Makedonskiy tomonidan Gresiyaga olib ketilgani, zarur joylarini tarjima ettirib, qolganini kuydirtirib yuborganini, on ikki ming qoramol terisidagi tillo matn haqidagi (Tabariyda 12000 pergament) keyingi davrlarda yaratilgan Zardushtiylik adabiyotida («Bundahishin», «SHahrixon Eron», «Denkard» (IX asr), «Arda Viraf-namak» (IX asr), «Tansar xatlari» (VI asr), «Muruj az-zahab», «Forsnoma» va boshqa malumotlar bor. Bu asarlarda yunoniylar otashxonalarni vayron qilganlari, ibodatxonalar boyliklarini talon-taroj etganlari, din arboblarini oldirib, asir olib ketganliklari haqida yoziladi. Hozir bizgacha etib kelgan Avesto, Beruniyning yozishicha, aslining beshdan ikki qismi xolos. Avesto ottiz «nasx» edi, majusiylar qolida on ikki nasx chamasi qoldi». ¨zma manbalarga kora haqiqatan ham Avesto mobidlar orasida avloddan-avlodga, ogizdan-ogizga otib, asrlar osha yashirin saqlangan. Dastavval (1 yoki 2 asrlarda) Arshakiylar davrida Avesto qismlarini toplash boshlangan. Keyincha Sosoniylar davrida, Ardasher Papakan (227-243) davrida yozib olingan. Ayniqsa, SHopur (243-273) davrida astrologiya, tabobat, riyoziyot va falsafaga oid qismlari yozib olinib, hamma qismlari tartibga keltirilgan, keyinchalik bu asosiy matn toldirib borilgan. Avestoning ana shu toldirilgan nusxasining ikki toliq qolyozmasi Hindistonda saqlanadi: biri Bombayda zardushtiylarning madaniy markazi bolmish Koma nomidagi institutda; ikkinchisi Kalkuttadagi davlat kutubxonasida. Har ikkalasi parfyan yozuvida. Bizning fikrimizcha, Janubiy Uraldagi otga siginuvchi xalqlarning dini hali maslak, nazariy jihatdan ishlab chiqilmagan bolsa kerak. Avestoning 13,17,149 yashtlarida airiya, tuiriya, sairima, saina, daxa qabilalari zardushtiylik dinini qabul qilishdi. Natijada Avestoning eng qadimgi qismlari, yashtlar yuzaga keladi. Insoniyat tarixida birinchi bolib Zardusht insonlarning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri hal bolajagi haqidagi talimotni yuzaga keltirdi. Avestoning saqlanib qolgan tortta kitobidan birinchisining nomi «Vadovdot» (devlarga qarshi qonun) deb ataladi. U yigirma ikki bob bolib, asosan Zardusht bilan Axuramazdaning savol-javoblari va muloqotlaridan iborat. Ikkinchi kitob «YOsin» deb ataladi. Va uning mazmunini asosan Zardushtning xatlari (nomalari) yoki «Gat»lari tashkil etadi. U etmish ikki «Ha», yani bashoratdan iboratdir. Birinchi bashoratda tabiat va halolliklar hukmdori, hamma narsani biladigan va hamma narsaga qodir Axuramazdaning vahylari haqligiga imon keltirishga doir duolar mavjuddir. Uchinchi kitob «Visporat» deb nomlangan. U yigirma tort bobdan iborat bolib, olamni bilishga doir pand-nasihatlardan iboratdir. Uni ibodat namozlari yigindisi ham deyishadi. Ayni paytda «Yosin»ga qoshimcha hisoblanadi. Tortinchi kitob «Bundaxash» deb atalib, u qadimiy Eron (pahlaviy) tilida yozilgan. Unda xudoning zolim kuchlarga qarshi kurashda uluglovchi oziga xos yigirma ikkita qadimiy qoshiqlar majmuasi joy olgan. Avesto haqida eng muhim manba IX asrga oid «Denkard» (din amallari) asaridir. Unda Avestoning yigirma bir kitobi tola tariflab berilgan. Bu tariflar: savobli ishlar yoriqnomasi; diniy marosimlar va rasm rusmlar qoidasi; zardushtiylik talimoti asoslari; dunyoning Axuramazda tomonidan yaratilishi; oxirat kuni va undagi hisob-kitob; falakiyot; ijtimoiy-huquqiy qonun-qoidalar; Zardushtning tugilishi va bolaligi; haq yolini tutish; jamiyat azolarining haq-huquqlari; devlar, jinlar kabi yovuz kuchlarga qarshi oqiladigan duolar, amallar va boshqalardan iboratdir. Zardushtiylik dini haqida ingliz olimi Dj.Buger, fransuz olimi A.Dyupperon juda qimmatli malumotlar qoldirgan. Masalan, A.Dyupperon 1755 yilda Hindistonga ilmiy safar qilib, u erdagi zardushtiylar orasida uch yil yashagan, ularning ibodatlari, urf-odatlarini yaxshi organgan va Avestoni fransuz tiliga tarjima qilgan. Uch jildlik tarjima 1771 yilda nashr etilgan. Ayni paytda shuni ham takidlash joizki, olimlarimizning fikricha Avesto Garbiy Evropa, Eron va Hindiston tillari orqali bizga etib kelgani uchun undagi nomlar, atamalar aksariyat hollarda asliga togri kelmaydi. Avestoda turkona jihatlar kam qolgan. Download 184 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling