Mehnat ta'tili berish haqida buyruq namunasi
Namangan shoyi ishlab
chiqarish birlashmasi
KADRLAR ShAXSIY TARKIBIGA OID
№ 108.
Namangan sh.
B U Y R U Q
Mehnat ta'tili berish haqida
Katta muhandis Bahriniso Karimovna G‘ULOMOVAga 2019. 23.09 dan 24 ish kunidan iborat navbatdagi mehnat ta'tili BERILSIN.
Asos : Tasdiqlangan mehnat ta'tili jadvali va B.K.G‘ulomova arizasi.
Bosh direktor (imzo) L.K.To‘xtasinov
Imzolar :
Kadrlar bo‘limi
Tsex boshlig‘i
Buxgalteriya
Yangiyo‘l «Lazzat» birlashmasi
Buyruqdan ko‘chirma
Amaliyotda asosiy faoliyatga oid buyruqlardan ko‘chirma tayyorlashga ehtiyoj tug‘iladi. Hujjatlardan ko‘chirma - asl hujjatning muayyan bir qismidir. Buyruqdan ko‘chirmada buyruqning farmoyish qismidan faqat aniq holat uchun zarur bo‘lgan ma’lumot olinadi.
Buyruqdan ko‘chirma, odatda, blankaga yozilib, tasdiqlab beriladi. «Asliga to‘g‘ri» so‘zi bilan kotib (yoki buyruqdan ko‘chirma beruvchi shaxs) imzo chekadi.
2018-YIL YAKUNI BO‘YICHA BIRLASHMA
ISHCHILARINI MUKOFOTLASH HAQIDA
2018.28.12. № 22.
Yangiyo‘l sh.
BUYRUQDAN KO‘CHIRMA
2018-yilda birlashma ishchilari yillik rejalarini hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha bajardilar. 80 million so‘mdan ziyod foyda olindi. Qiyom sexidan tashqari (boshlig‘i D.A.Rahimova) hamma sexlar o‘z rejalarini bajardilar. Yil yakuni bo‘yicha, ayniqsa, R.Hamroyev, S.Volkova, M.Rizayev, K.Siddiqov kabi ishchilar mehnatda alohida o‘rnak ko‘rsatdilar.
«O‘zoziqovqatsanoat» davlat aktsiyadorlik kontsernining 2006.08.02. dagi 100-raqamli buyrug‘i bilan «Lazzat» birlashmasining ishchilarini yil yakuni bo‘yicha mukofotlashga ruxsat berildi. Birlashma mehnat jamoasi kengashi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishi (2006.10.02, 3-bayonnoma) qaroriga asosan
Do'stlaringiz bilan baham: |