Hushdan ketish sabablari va hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatish


Download 184.82 Kb.
bet3/3
Sana01.05.2023
Hajmi184.82 Kb.
#1419366
1   2   3
Bog'liq
Hushdan ketish

Ushbu maqolani ham o‘qing: Shampunni tog‘ri tanlay olasizmi

Hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatish
Hushdan ketganda birinchi yordam ko‘rsatilishi shart, ko‘p hollarda bu holatga sabab aniq bo‘lmaydi, shuning uchun muammo jiddiy bo‘lishi mumkin.


  • Hushini yo‘qotgan insonni birinchi navbatda dim xonadan, ochiq toza havoli joyga olib chiqish kerak. Kiyimlarni bo‘shatish, yoqalarni ochish va oyoqlarni biroz yuqoriga ko‘tarish (miyaga ko‘proq qon borishi uchun), yuzga sovuq suv sepish, yuzga yengil urish (miyani qo‘zg‘atish uchun) zarur;

  • Uyqu arteriyasida puls va nafas olishni tekshirish kerak. Agar ular aniqlanmasa zudlik bilan paxtaga shimdirilgan novshadil spirtini burun yo‘llariga tekkizish zarur;

Diqqat! Balandlikdan yiqilgan, avtotransportda halokatga uchraganda hushdan ketgan insonni joyidan qo‘zg‘atishga urinmang. Jarohat olgan inson umurtqa pog‘onasi singan bo‘lishi mumkin va har bir ortiqcha harakat muammoni jiddiylashtiradi, hatto nogironlik va o‘limga ham olib borishi mumkin.

  • Agar bemor es hushiga kelmasa, uni yon tarafiga yotqizing. Uning tili nafas yo‘llarini berkitib qo‘ymasligi zarur, bundan tashqari ba’zida hushdan ketganda bemor qusishi ham mumkin, yon tarafga yotqizilsa, qusuq massasi nafas yo‘llariga o‘tmaydi;

  • Bemorni joyidan ko‘chirmaslikka yana bir ko‘rsatma – epilepsiyadir. Bunday holatda bemorning boshi va tana qismini tashqi biror bir qattiq jism bilan jarohatlab olmasligini ta’minlash kerak;

Diqqat! Hushdan ketgan insonga hech qachon tabletka va suv ichirishga urinmang! Bunday bemorlarda yutinish refleksi buzilgan bo‘ladi, buning oqibatida tabletka nafas yo‘llariga ketib qolishi va asfiksiyaga olib kelishi mumkin.

  • Inson hushiga kelgandan keyin uni darhol shifoxonaga yetkazish kerak, u yerda diagnostika va davo choralari tuziladi. Agar inson behush holatda 5 daqiqadan ortiq yotsa, bu jiddiy muammodan darak beradi, bunday holatda insonning hushiga kelishini kutmay, 103 qisqa raqami orqali tez tibbiy yordamga murojaat qilish kerak.

Diqqat! Hushiga kelgan insonga nitroglitserin bermang (agar yurak og‘rig‘iga shikoyat qilmasa)! Bu qon bosimi pasayishi va qayta hushni yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Amaliyotda hushdan ketishlar ko‘p hollarda gipotoniya natijasida kelib chiqadi va nitrat saqlovchi preparatlarga qarshi ko‘rsatma bo‘ladi.


Ushbu maqolani ham o‘qing: Revmatik kasalliklar

Agar hushdan ketgan holda nafas olish va yurak urishi ham to‘xtasa – zudlik bilan yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazish kerak. Bunday muolajani o‘tkazish uchun aniq algoritmga rioya etish kerak bo‘ladi. (III videolavhada bajarish ketma-ketligi amaliy ko‘rsatib o‘tilgan)


Hushdan ketish jiddiy kasalliklar oqibatida kelib chiqishini inobatga olib unga olib keluvchi sababni yo‘qotish zarur. Bemorga yordam berishda esa vahima qilmasdan barcha amallarni to‘g‘ri bajarish, bemorning hayotini saqlab qolishga yordam beradi.
Download 184.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling