O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
radiodan eshitgan, televizordan ko‘rgan lavhalarni tushunish va turli manbalardan kerakli ma’lumotlarni izlab topish hamda undan foydalana olish;
televizor, radio, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib bera olish;
darsda kitob bilan ishlay olish, o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topish, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarish.
A1+
media vositalaridan, didaktik materiallaridan foydalanib, topshiriqlarni bajarish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;
mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topish va namuna asosida so‘zlar tuzish;
rasmli kitoblar, jurnal va gazetalarni mustaqil o‘qib-o‘rganish orqali bilimini muntazam oshirib borish;
kun tartibiga rioya qilish, uni to‘g‘ri tashkil etish va badantarbiya bilan shug‘ullanish;
kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarida o‘zini tuta bilish.
A1+
og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho berish;
o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
maktabda, oilada va turar joylarida bo‘layotgan jarayonlarda (turli tadbirlar va h. k.) ishtirok etish;
o‘zining o‘quvchilik burch va huquqlarini, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish;
davlat ramzlarini bilish, davlat ramzlariga hurmat va ehtirom ko‘rsata olish;
maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar va h. k.) ishtirok etish hamda muomala madaniyatiga amal qilish;
sinfda va oilada o‘z o‘rnini bilish, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni anglay olish;
o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish;
sinfdagi jihozlar va o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
Do'stlaringiz bilan baham: |