Husnixat va uni o’qitish metodikasi fanidan 2-mustaqil ish Mavzu
Download 11.49 Kb.
|
2-mustaqil ish yoriqnomasi. HOM sirtqilar uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati
- Mustaqil ishni bajarish bosqichlari
- Fan o’qituvchisi
Husnixat va uni o’qitish metodikasi fanidan 2-mustaqil ish Mavzu: Husnixat darslarida jismoniy mashq lahzalarini tashkil etish Reja: Husnixat darslaridagi jismoniy mashq lahzalari to’g’risida umumiy ma’lumot Jismoniy mashq lahzalarini tashkil etish bo’yicha buyuk pedagoglar qarashlari Dars jarayonida jismoniy mashq lahzalarini qanday tashkil etish. 1.Tavsiya etilgan adabiyotlar va ommaviy axborot vositalari orqali vazifa mavzusini reja asosida yoriting. 2.Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar taxminan quyidagilar: a) jismoniy mashg’ulotlar; b) atoqli pedagog K.D.Ushinskiyning jismoniy mashq lahzalari haqidagi qarashlari; c) taniqli o’zbek olimi va metodisti Mirhabib G’ulomov fikrlari; d) jismoniy mashqlarni tashkil etish bosqichlari. 3. Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda taqdimot ko’rinishida (Power Point) tayyorlang. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yhati 1.X.G’ulomova, H.Bakiyeva, A.Yemberganova. Husnixat va uni o’qitish metodikasi. Toshkent.-2021. 2. Y.Y.Azimov, R.A.Qo`ldoshev. Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari. - Toshkent: Turon Zamin Ziyo nashriyoti, 2017.- 132 b 3.S.Matchonov, H.Bakiyeva, X.G’ulomova,Sh.Yo’ldosheva, G.Xolboyeva. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi. Toshkent-2021. 4.Internet ma’lumotlari. Mustaqil ishni bajarish bosqichlari: 1. Mavzuga diqqat bilan e’tibor bering. 2. Kerakli adabiyotlar bilan yaxshilab tanishib chiqing. 3. Mavzuni yozma bayon qiling. 4. Iloji boricha texnik va imloviy xatolar qilmang. 5. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 15. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida, ya’ni krill va lotin alifbosining o’xshash va farqli jihatlarini dalillar orqali yoritib bersa, 14-15 ball bilan baholanadi. Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsa, 11-13 ball qo’yiladi. Agar mustaqil ishni to’liq bajarishga harakat qilsa va unda 5-8 ta xatolik bo’lsa, 9-11 ball qo’yiladi. Agar talaba mustaqil ishda 9-10 ta xato qilgan bo’lsa, 5-8 ball qo’yiladi. Agar mustaqil ishda jiddiy qo’pol xatolar mavjud bo’lsa, 1-4 ball qo’yiladi. Agar mustaqi ish mavzusi yoritilmagan bo’lsa, 0 ball qo’yiladi. Topshirish muddati: 17.12.2023. Soat: 23:55. Barchaga omad yor bo’lsin!!! Fan o’qituvchisi: Abduraxmonova N.A Download 11.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling