Nusxa ko’chirish usuli
Bu metod harf shaklini to’g’ri tasavvur qila olmaydigan,yozayotganda daftar
chiziqlaridan pastga yoki yuqoriga chiqib ketadigan o’quvchilar uchun qo’llaniladi.
Ayrim hollarda o’qituvchi chiroyli yozuvga o’rgatishning dastlabki davrida
o’quvchilarni harf, uning elementlari haqida to’g’ri tasavvurga ega qilish uchun
yupqa xitoy qog’ozidan ham foydalanishi mumkin.Lekinbunday mashqlar qo’l
harakatini o’stirish uchun yordam beradi. Bundan uzoq foydalanish yaxshi samara
bermaydi, o;quvchi harf shaklinimustaqil yoki namunaga qarab yozishda
qiynaladi.shuning uchun ham bu usuldan yakka shug’ullanganda foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Tasavvur orqali yozish usuli.
Bolalarga tasavvur orqali havoda harflar shaklini ezdirish ham qo’llaniladi.
O’qituvchi doskaga ezib ko’rsatgan harf yoki uning bog’lanishlarini
o’quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirlb ko’rsatadi va bu orqali o’quvchida
harf haqida tasavvur hosil qilinadi.So’ng o’quvchi daftarga yozishga kirishadi.
Bunday mashq usuli o’quvchining qiziqishini oshiradi.
Bu usulning salbiy jixati shundaki,o’qituvchi bu usuldan foydalanganda barcha
o’quvchilarning qo’l harakatini to’g’ri yoki noto’g’riligini bir paytda tekshira
olmaydi.Bunda bir necha o’quvchining qo’l harakatini kuzatib tegishli ko’rsatma
beriladi.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |