Husnixatga o'rgatishning usul va va metodlari
Download 31.96 Kb.
|
Husnixatga o\'rgatishning usul va va metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Na’munaga qarab yozish usuli.
Genetik usul. Genetik usul husnixat bilan yozishga o’rgatishning asosiy usuli hisoblanadi. Boshlang`ich sinfda savod chiqarishda tovush va harflar genetik usulda o`rgatiladi. Lekin alifbo davrida bolalar yozishga o`rgatishda harf elementlarining oson yoki qiyinligiga doim ham amal qilib bo`lmaydi.
Savod chiqarish davridan so`ng genetik usulda husnixatga o`rgatish daqiqalarini rejalashtirish mumkin. Buning uchun harflardagi elementlarning oson-qiyinligi, bir elementning qaysi harflarda mavjudligi – takrorlanishi hisobga olinadi. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, o’quvchi harfni alifbodagi tartibda emas, balki uning yozilishidagi o`xshashliklarga asoslanib yozadi. Genetik usulning afzallik tomoni shundaki, o’quvchi 1-2 ta elementni o’zlashtirib olib, shakli jihatidan soddaroq bo’lgan harfga o’tadi. So’ng o`rgangan harfiga biror yangi elementni qo’shish orqali tuzilishi jihatidan murakkabroq bo’lgan yangi harfni yozishga, so’ng so’z, gap va matn yozishga o’tiladi. Genetik usulda yozish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. O’qituvchi husnixat daqiqasini e`lon qiladi. O’quvchilar mashg`ulotga kerakli yozuv anjomlarini tayyorlab qo’yadilar. 2. O’qituvchi ko`rgazma vositasida va sinf doskasida harf yoki so’zning yozilish tartibini amaliy ko`rsatish orqali tushuntirib beradi. O’quvchilar esa o’qituvchining yozish jarayonidagi qo’l harakatlarini kuzatib boradilar. 3. O’qituvchi tomonidan yozilgan harf yoki so`z tahlil qilinadi. Havoda yozish mashq qilinadi. Bir-ikkita o`quvchi doskada yozdiriladi. Ularning xato-kamchiliklari ko`rsatiladi, yutuqlari ragbatlantiriladi. Tayyorgarlik mashqlaridan so’ng o’quvchilar daftarga yozishga o’tadilar. So`zlarning ketma-ketligida ham genetik tamoyilga amal qilinadi. Na’munaga qarab yozish usuli. Husnixatga o’rgatish usullaridan biri harflarning shaklini namuna qilib ko’rsatish va yozdirishdir. Har bir harfning namunasi doskada barcha o’quvchilarning diqqatini jalb qilgan holda yoki ayrim o’quvchilarga daftarda alohida-alohida ko’rsatiladi. O’quvchining vazifasi doskada eslab qolgan shakllarini o’z daftarlarida to’g`ri aks ettirishdir. Doskada yozib ko’rsatilgan har bir harf barcha o’quvchilarga aniq ko’rinib turishi shart. O’qituvchi har bir harfni shakllantirish holatini, bog`lanishini, qo’l harakatini og`zaki izoh berib, doskada yozadi. Doskadagi namuna o`quvchilar havoda, so`ng daftarga yozdiriladi. Download 31.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling