Husnixatga o'rgatishning usul va va metodlari
Download 31.96 Kb.
|
Husnixatga o\'rgatishning usul va va metodlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harf va ularning elementlarini tahlil qilish usuli
- Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli.
Tayanch atamalar: ritmik usul (sanoq-ohang) , harf shakllarini tahlil qilish usuli, yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli, qo’l harakatini mashq qildirish usuli, qo`l uzmasdan yozish usuli, xatolar ustida ishlash usuli.
Ma`ruza matni Ritmik ( sanoq-ohang) usuli. Bu usul o’qituvchi sanog`i ostida harf va uning elementlarini yozish demakdir. Bu usuldan savod o’rgatish davrida va 1-sinfning ikkinchi yarim yilligida foydalanish mumkin. Sanoq-ohang usulining foydali jihatlari mavjud. Birinchidan, harflarning tekis yozishini ta’minlaydi. Ikkinchidan, sekin yozadigan o’quvchilarni tez va sinfdagi barcha o’quvchi bilan barobar yozishga undaydi. Uchinchidan, o’quvchilar vazifani aniq va dadil harakatlanish orqali bajaradi. To’rtinchidan, darsni jonlantiradi. Bu usuldan butun dars davomida foydalanib bo’lmaydi, chunki o’quvchi charchab qoladi va yozuv sifati buziladi. Ritmik usulda, asosan, harflarning asosiy elementi “bir”,”ikki”, ”uch” deb yozishga da`vat etiladi, so`ng harfning elementlari sanoqsiz yozdiriladi. Sanoq-ohang usulidan bo’g`in va so’z, gaplarni yozdirishda ham foydalaniladi. Harf va ularning elementlarini tahlil qilish usuli. Harf va uning elementlarini tahlil qilish turlicha amalga oshiriladi. Harflarni elementlarga ajratib tahlil qilish har bir harfning necha elementdan tuzilganligini, qanday shaklda ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog`lanishida qanday ko’rinishga ega bo’lishini o’quvchilar tasavvur etadilar. Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo’lib, ular bir butun shaklda yoziladi, ammo o’qituvchi uning necha elementdan iboratligini eslatib o’tadi. Masalan, kichik d harfining birinchi elementi to’liq oval, ikkinchi elementi pasti halqali tayoqchadan iborat. Dastlab harfning necha elementdan iborat ekanligi eslatib o’tiladi, so`ng harfni qo’l harakatini uzmasdan yozish talab qilinadi. Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli. Chiroyli yozuv qoidalarini yaxshi bilish yozuv malakasining shakllanishiga yaqindan yordam beradi. Chiroyli yozuv qoidalarini qisqa va tushunarli qilib bayon etish lozim, shundagina o’quvchilar uni to’liq o’zlashtirishlari va amalda qo’llashlari mumkin. Masalan, birinchi sinfda dastlab to’g`ri o’tirish, ruchkani to’g`ri ushlash, daftarni to’g`ri holatda qo’yish kabi talablar, shundan keyin so’zlarda harflarning balandligini va qiyaligini bir xilda saqlash, so’zlarda harf unsurlari va harflarning oralig`ini bir xil uzoqlikda chamalab yozish qoidalari o`rgatiladi. Ikkinchi sinfdan boshlab chiroyli yozish malakasiga oid kichik va bosh harflarni bir xil balandlikda chamalab yozish; harf va 4-5 harfdan iborat so’zlarni qo'1 harakatini uzmasdan yozish, yozish sur`atini oshirishga doir qoidalar bilan tanishtiriladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan har bir qoida o’zining aniq mazmuniga ega bo’lishi kerak. O’qituvchi har bir qoidani asta-sekin o’z o’rnida o’rgatib boradi. Masalan, dastlab alifbegacha bo’lgan davrda yozuvning qiyaligini to’g`ri saqlash qoidalari o`rgatigach, bolalar qiya chiziqlarning ahamiyatini yaxshi bilib olganlaridan so’ng, o`zlashtirgan qoidalarni harf va so’zlarni yozishda tadbiq etadilar. Yozuvning qiyaligi haqidagi tushunchalar chuqur singdirilgandan so’ng harflarni bir xil masofada tekis yozish qoidalari o’rgatiladi. Harflarni bir xil masofada tekis yozish qoidalaridan so’ng, so’zlarni qo'1 harakatini uzmasdan yozish qoidalari o’rgatiladi. 3- sinfdan boshlab esa barcha qoidalarga amal qilgan holda yozuv sur`atini tezlashtirish talablari kiritiladi. Download 31.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling