Хусусий мулк – айрим кишилар ва гуруҳларга тегишли бўлиб, ёлланма меҳнатдан фойдаланиб даромад топишга қаратилган мулк Жамоа мулки


Download 4.85 Mb.
bet1/4
Sana16.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1781774
  1   2   3   4
Bog'liq
3 мавзу Иқтисодий сиёсатга кириш

  • ОБЪЕКТ
  • СУБЪЕКТ
  • СУБЪЕКТ
  • СУБЪЕКТ
  • ОБЪЕКТ
  • Хусусий мулк –
  • айрим кишилар ва гуруҳларга тегишли бўлиб, ёлланма меҳнатдан фойдаланиб даромад топишга қаратилган мулк
  • Жамоа мулки
  • муайян мақсад йўлида турли кўринишдаги жамоаларга бирлашган кишилар томонидан биргаликда ўзлаштирилувчи восита ва неъматлар
  • Давлат мулки
  • ўз вазифаларини бажариш мақсадида давлат томонидан ўзлаштирилувчи турли восита ва неъматлар
  • Аралаш мулк –
  • турли мулк шакллари синтезидан ташкил топиб, шунга мувофиқ тарзда ўзлаштирилувчи восита ва неъматлар
  • Якка тартибдаги хусусий мулк – алоҳида олинган мулкдор томонидан ўзлаштирилувчи восита ва неъматлар
  • Корпоратив хусусий мулк –маълум мақсад йўлида ўзаро бирлашган мулкдорлар маблағига асосланган корхоналар ташкил этиш орқали ўзлаштири-лувчи восита ва неъматлар
  • Шахсий мулк –фуқароларнинг шахсий ёки оилавий эҳтиёжларини қондиришга қаратилган мулк

DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH VA IJARAGA BERISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK, BA’ZILARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH TO‘G‘RISIDA O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 10.03.2023 yildagi 100-son

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son qaroriga muvofiq, shuningdek, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, xususiylashtirishni yanada jadallashtirish va davlat mulkini ijaraga berish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
  • 1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
  • davlat aktivlari “E-auksion” elektron savdo platformasiga savdoga chiqarilganda va ularni baholash xalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalari tomonidan amalga oshirilganda, baholash hisobotini majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazish talabini bekor qilish;
  • davlat aktivlari bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda, Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha foizlarni hisoblash va to‘langan qismiga davlat aktividan foydalanish huquqini berish tartibini belgilash;
  • savdolarda davlat aktivini sotib olishga ikki oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda, Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan mexanizmga asosan narxni bosqichma-bosqich pasaytirib borish.
  • 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  • 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
  • O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
  • Давлат мулкини хусусийлаштириш
  • усуллари
  • Барча жамият аъзоларига сотиш
  • Барча жамият аъзоларига бепул бўлиб бериш
  • Меҳнат жамоаларига сотиш
  • Ким ошди савдосида фуқароларга ёки юридик шахсларга сотиш
  • Ҳар бир жамият аъзосининг давлат мулкини ҳосил қилишдаги иштироки, яъни қўшган ҳиссасига қараб бўлиб бериш
  • Фойда келтирмаётган корхонани меҳнат жамоасига бўлиб бериш
  • Чет эл фирмалари ва фуқароларига ташқи қарзни узиш эвазига бериш ёки сотиш
  • Мулкни сотиш орқали хусусийлаштириш
  • Мулкни бепул бўлиб бериш ҳамда сотиш усулларини уйғунлаштириш орқали хусусийлаштириш

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling