Huzuridagi Davlat test markazi haqida umumiy ma’lumot


Davlat test markazi haqida shaxsiy axborotlar


Download 136.91 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi136.91 Kb.
#1558277
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-amaliy kiber

Davlat test markazi haqida shaxsiy axborotlar:

Test savollari haqida malumotlar ularning javoblari.Test natijalarini tekshiradigan hodilar haqida ma’lumot.Savollarni kim tuzgani haqida ma’lumot.




Tijorat siri:

Test javoblari yashirish




Maxfiy axborot:

Test savollari va ularning natijalari. Ularni kim tuzganligi haqida ma’lumot.


Dtmda foydalaniladigan himoy usuli va vositalari:
ELEKTR USKUNALARIDAN FOYDALANILADIGAN HIMOYA VOSITALARINI QO‘LLASH VA SINASH
QOIDALARI
1. UMUMIY NIZOMLAR
1.1. Qoidalarning maqsadi va qo‘llanilishi
1.1.1. Ushbu Qoidalar “O‘zbekenergo” Davlat aksionerlik kompaniyasi qaramog‘idagi barcha qurilish-montaj tashkilotlari, trestlar, zavodlar, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa korxona hamda tashkilotlar uchun taalluqlidir.
Ushbu Qoidalarni elektr uskunalarini ta’mirlovchi, foydalanuvchi, quruvchi va montaj qiluvchi muhandis-texnik xodimlar va ishchilar egallab turgan lavozimi yoki kasbi hajmida bilishlari shart.
1.1.2. Qoidalarda himoya vositalarining tasniflari, ularga qo‘yiladigan talablar bayon qilingan, foydalanish usullari va sinov me’yorlari bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan.
Mazkur Qoidalar talablariga javob bermaydigan himoya vositalarini ishlatish man qilinadi.
1.1.3. Himoya vositalari, ularni amalga tatbiq qilish xarakteriga qarab ikki turga bo‘linadi: kollektiv himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalari (GOST 12. 4. 011-75).
Elektr uskunalari konstruksiyalarining himoya vositasi funksiyasini bajaruvchi (muntazam to‘siqlar, statsionar yerga ulagich pichoqlar va hokazolar) qismlari himoya vositalari tushunchasiga kirmaydi.
1.1.4. Elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolatsiyalovchi shtangalar (operativ, o‘lchov, yerga ulagichni o‘rnatish uchun), izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar (saqlagichlar bilan ishlash operatsiyalari uchun), kuchlanish ko‘rsatgichi, fazalarni sozlash uchun kuchlanish ko‘rsatgichi va hokazolar;
1000 V dan yuqori kuchlanish ostida ta’mirlash ishlarini olib borish uchun ishlatiladigan izolatsiyalovchi vositalar va moslamalar, 1000 V gacha kuchlanish ostidagi elektr uskunalarida ish olib borish uchun ishlatiladigan izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari;
dielektrik qo‘lqoplar, etiklar, kalishlar, gilamchalar, izolatsiyalovchi qoplamalar va izolatsiyalovchi tagliklar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
ko‘chma yerga ulagichlar;
to‘siq qurilmalari va dielektrik qalpoqlar;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
Yuqorida keltirilgan elektr himoya vositalaridan tashqari, elektr uskunalarida ish olib borilganda himoya ko‘zoynagi va kaskalar, protivogazlar, qo‘lqoplar, montyorning himoya belbog‘lari va xavfsizlik arqonlari kabi shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash mumkin.
1.1.5. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish bajarish mobaynida ishlatiladigan asosiy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolatsiyalovchi shtangalar, izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar, kuchlanish ko‘rsatgichlari, fazalarni sozlash uchun aniqlovchi kuchlanish ko‘rsatgichlari;
elektr montyorlar havo elektr uzatish tarmoqlarida bevosita tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib turib ta’mirlash ishlarini olib borishda ko‘llaniladigan izolatsiyalovchi qurilma va asbob-uskunalar (izolatsiyalovchi narvonlar, havozalar, bevosita simlarga tegib turadigan izolatsiyalovchi tortqilar, arqonlar, teleskopik minoralar savatchasi, simlarda ishlash uchun mo‘ljallangan ko‘chma minoralar va hokazolar).
1.1.6. Asosiy himoya vositalarining izolatsiyalovchi qismi dielektrik xususiyati chidamli bo‘lgan materiallardan (chinni, qog‘ozbakllet quvurlari, ebanit, getinaks, yog‘och qatlamli plastiklar, plastik va shisha epoksid materiallar va hokazolardan) tayyorlanishi zarur.
O‘ziga nam tortuvchi materiallar (qog‘ozbakelit quvurlar, yog‘och va boshqalar) namga chidamli lok bilan qoplangan va bu materiallar yorilmagan, darz ketmagan, tekis yuzali va tirnalmagan bo‘lishi kerak.
1.1.7. 1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida qo‘llaniladigan qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik qo‘lqoplar;
dielektrik etiklar;
dielektrik gilamchalar;
shaxsiy ekranlovchi komplektlar;
izolatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
dielektrik qalpoqlar;
ko‘chma yerga ulagichlar:
to‘siq qurilmalari;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1.1.8. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida qo‘llaniladigan asosiy elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
izolatsiyalovchi shtangalar;
izolatsiyalovchi va elektr o‘lchovchi qisqichlar;
kuchlanish ko‘rsatgichlari;
dielektrik qo‘lqoplar;
izolatsiyalovchi dastakli chilangarlik-yig‘uv asboblari.
1.1.9. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun qo‘shimcha elektr himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
dielektrik kalishlar;
dielektrik gilamchalar;
ko‘chma yerga ulagichlar;
izolatsiyalovchi tagliklar va qoplamalar;
to‘siq qurilmalari;
xavfsizlik plakatlari va belgilari.
1.1.10. Elektr uskunalarini operativ holda almashlab ulashlarda va boshqa ishlarni bajarish uchun zarur himoya vositalarini tanlab olish mazkur Qoidalar asosida, “Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari”, “Sanoat chastotasida ishlayotgan o‘zgaruvchan tokli 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlari va podstansiyalarida ish bajarish jarayonida mehnatni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalari” hamda boshqa tegishli me’yoriy texnik hujjatlar bilan, shuningdek, mazkur hujjatlarda talab etilganidek mahalliy sharoitga qarab aniqlanadi.
1.1.11. Asosiy himoya vositalaridan foydalanilganda qo‘shimcha himoya vositalarining birini ishlatish kifoyadir, bundan faqat elektr uskunalari tokidan shikastlangan odamlarni qutqarish holati mustasnodir. Bunday hollarda qadam kuchlanishdan saqlanish uchun shuningdek, dielektrik etik yoki kalish ham ishlatiladi.
1.1.12. Himoya vositalari elektr uskunalari ishchi kuchlanishning1 eng yuqori qiymatida ishlatishga mo‘ljallangan bo‘lishi zarur (GOST 1516.1-76 va 20690-75).



Download 136.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling