Huzuridagi Davlat test markazi haqida umumiy ma’lumot
Download 136.91 Kb.
|
5-amaliy kiber
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti. Kibrxavfsizlik asoslari fani bo’yicha 5-AMALIY ISH Bajardi: Oyxo’jayev Sardor Tekshirdi: Safoyev N Guruh: 811_20 Mavzu: Axborot xavfsizligi risklarini tahlil qilish. Davlat test markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi haqida umumiy ma’lumot. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi — ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda test sinovlarini oʻtkazish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Tarixi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 11-martdagi “Respublika oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga qabul qilishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-361-sonli farmoni bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasida test sinovi asosida oʻqishga qabul qilish tajribadan oʻtkazilgan edi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq 1992-yil 9-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga qabul qilish boʻyicha eksperimentni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida” gi 181-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga qabul qilish boʻyicha eksperimentni tashkil etish va oʻtkazish belgilandi va 1992-yil 15-apreldan Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga abiturientlar tanlash boʻyicha Respublika markazi tashkil etildi. Markaz zimmasiga oliy oʻquv yurtlariga talabalar tanlab olish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish va oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirayotgan yoshlar uchun yagona mezonlar joriy etish, qabul va test texnologiyasi qoidalarini, eng qobiliyatli yoshlarni qidirib topish metodlarini ishlab chiqish kabi vazifalar yuklatildi. 1993-yilda 46 ta oliy ta’lim muassasalarining 19 tasida tajriba tariqasida test sinovlari oʻtkazildi. 1994-yil 14-maydagi 258-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat test markazi tashkil etish toʻgʻrisida” gi qarori bilan Oliy oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlariga abiturientlar tanlash boʻyicha Respublika markazi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga aylantirildi. Davlat test markazi zimmasiga oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida test sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish yuklatildi. 1994-yildan boshlab oliy oʻquv yurtlarida abiturientlarni bilimlariga baho berishning test usulini qoʻllagan holda tanlash amaliyotga joriy etildi. Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida test sinovlari natijalari boʻyicha abiturientlar tanlash 1994-yilda ayrim oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga, 1995-yildan boshlab esa — idoraviy boʻysunishidan qat’i, nazar barcha oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga joriy etildi. 2017-yil 17-iyulda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 508-sonli qarori qabul qilindi. Test tizimi 1992-yilda ikki variantli modellari hamda cheklangan hajmdagi test materiallaridan tashkil topgan universal savollar kitobchasi bilan boshlangan edi. 1992-yilda testlar ikki variantli (A, B) boʻlib, ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo, xorijiy tillar boʻyicha 50 tadan savollardan tashkil topgan. Abituriyentlar ta’lim yoʻnalishiga qarab 3 tadan fanni tanlaganlar. 1993-1994-yillarda testlar ikki variantli (A, B) boʻlib, kunduzgi va kechki boʻlimlar uchun ona tili, matematika, ijtimoiy fanlar-tarix va geografiya, xorijiy tillar boʻyicha 48 tadan savollar, tabiiy fanlar-fizika, geografiya, kimyo boʻyicha 72 ta savollardan tashkil topgan. 1995-yilda testlar 3 variantli (A, B, C) boʻlib, ona tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya, istoriya, geografiya, xorijiy tillar, oʻzbek tili, rus tili boʻyicha 36 tadan savollardan tashkil topgan. Kam miqdordagi variantda yetarlicha cheklangan hajmdagi test materiallaridan foydalanish bilimlar darajasini baholash, aniqlashda xolislik va muvofiqlik, moslikni ta’minlay olmadi, maxfiylikni muhofaza qilish tartibini murakkablashtirdi. 1996-yilda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari qabuli jarayonidagi test sinovlarida test topshiriqlari variantlarini ta’lim yoʻnalishlari, mutaxassisliklar va ta’lim tillari boʻyicha kompyuter yordamida generatsiyalash (tuzish)ga asoslanuvchi yangi, koʻpvariantli test tizimi yaratildi va qoʻllanildi. Ushbu test tizimidan hozirgi kunda ham foydalanilmoqda. 2009-yilda 80 ta har bir tipdagi savollar kitobi uchun 30 tadan variant joriy etildi. 2010-yilda har bir abituriyent uchun individual variantli test tizimiga oʻtish amalga oshirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq har yili quyidagi tadbirlarni amalga oshirishda test sinovlari oʻtkaziladi: Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish uchun; Muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilarning bilim saviyasini aniqlash uchun; Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish uchun; Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan maktab-internatlarining 5-sinfiga qabul qilish uchun; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiatlarini aniqlash uchun; Respublika fan olimpiadalarining 4-bosqichi gʻoliblarini aniqlash uchun; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi magistraturasiga qabul qilish uchun; Toshkent tibbiyot akademiyasining harbiy-tibbiyot fakultetiga tanlov uchun. Download 136.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling