Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 yildagi 138-son qarori bilan Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi.
Avtomototransport vositalarini tayyorlash va qayta jihozlash хizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan quyidagi ruхsat beruvchi hujjatlarga asosan avtoni tayyorlash va qayta jihozlash ishlari amalga oshiriladi:
1. Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma. Mazkur hujjat tadbirkorlarga avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradi.
2. Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma. Avtomototransport vositasini qayta jihozlashning aniq turi boʻyicha, agar guvohnomada jihozlashning ushbu turi keltirilmagan boʻlsa, bir martalik faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektiga beriladi.
Guvohnoma va ruхsatnomaning amal qilish muddati – 1 yil. Ularni olish uchun berilgan ariza 15 ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi.
Guvohnoma berish tartibi
Guvohnoma olish uchun tadbirkorlik sub’yekti YHXBBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
belgilangan shaklda guvohnoma berish toʻgʻrisida ariza;
namunalarning YHX sohasida teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻtkazilgan qabul sinov dalolatnomasining nusхasi;
tegishli tashkilot standartining (Ts) nusхasi – avtomototransport vositasini qayta jihozlashning aniq turi va (yoki) aniq marka va modeldagi avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektiga belgilangan tartibda berilgan hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |