I- asosiy qism Siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan neft maxsulotlari uchun jixozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini ta’minlash


Download 35.7 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi35.7 Kb.
#1570918
  1   2   3   4
Bog'liq
Siqilgan tabiiy gaz Kurs ishi

MUNDARIJA

KIRISH


I- Asosiy qism

    1. Siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan neft maxsulotlari uchun jixozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini ta’minlash

    2. Gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalari, shuningdek, tabiiy gazda ishlaydigan markazlashtirilgan qozonxonalardan bexatar foydalanishga doir shoshilinch chora-tadbirlar to‘g‘risida

    3. Vazirlar Mahkamasining 22.02.2018 yildagi 138-son qarori bilan Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yoʻl harakati хavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruхsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi.

\
II- Metodik qism
2.1. Mashina mexanizmlarga qo’yiladigan xavfsizlik talablari
2.1. Mashina mexanizmlardan kelib chiqadigan xavflarga qarshi chora tadbirlar
III- Hisob qismi
3.1. Chervyakli uzatmani tashkil etuvchi chervyak va chervyak g’ildiragining tasvirini qurish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
So‘nggi yillarda avtotransport vositalarini ekologik toza yoqilg‘i turlari, shu jumladan siqilgan tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarining soni 670 taga yetdi va avtotransport vositalarining 50 foizdan ortig‘i muqobil yoqilg‘i sifatida siqilgan tabiiy gazdan foydalanmoqda.
Ushbu sohada xavfsizlik masalalarini tartibga solish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish va avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichli o‘tkazish, hamda ularda gazballon asbob-uskunalarini xavfsiz ishlatishni ta’minlash qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-oktabrdagi 815-son qarori va “Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 22-dekabrdagi 1010-son qarori qabul qilindi.
Shu bilan birga, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalarida gaz ballonlarini to‘ldirishda, gaz balloni uskunalarining birikkan joylari zichligi va ishonchliligini davriy sinovdan o‘tkazishda, shuningdek, jismonan va ma’nan eskirgan gaz ballonlaridan foydalanish oqibatida belgilangan talab va tartiblarni buzish holatlari uchramoqda.
Senat yalpi majlisida gaz ballonlari bilan jihozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini taʼminlash holati va sohaga oid qonun hujjatlarining ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish masalasi koʻrib chiqildi.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida gaz ballonlari bilan jihozlangan transport vositalarining portlashi bilan bogʻliq salbiy holatlar yuz berishiga qator omillar sabab boʻlayotgani aniqlangan.
Xususan, avtotransport vositalariga noqonuniy gaz moslamasini oʻrnatish va ularning oʻz vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkazilmaslik holatlari yildan-yilga koʻpayib borayotgani taʼkidlandi. Bu avtotransport vositalari portlashi bilan bogʻliq mudhish hodisalarni vujudga keltiryapti.
Jumladan, 2021-yilda avtotransport vositalariga noqonuniy (amaldagi texnik reglament talablariga javob bermaydigan) gaz moslamasi oʻrnatilganligi bilan bogʻliq 2 928 ta holat aniqlangan boʻlib, bu 2020-yilga nisbatan 61 foiz koʻpdir.
Gaz ballonlari oʻrnatilgan transport vositalarida 14 ta portlash hamda 2 ta yongʻin chiqish holatlari sodir boʻlib, ularda 9 nafar fuqaro jarohatlangan va 14 nafari halok boʻlgan.
Kompressor stansiyalarida avtomobillarning gaz ballonlarini toʻldirish talab va tartibini buzish holatlari koʻplab uchrayapti.
Gaz ballonlarini avtomobillarga oʻrnatish va tegishli uskunalarni sinovdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik subyektlari faoliyati ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatilmagan. Gaz ballonlarining texnik sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida qalbaki dalolatnomalar rasmiylashtirish holatlari mavjud. Xususan, 2021-yilda 36 nafar yuridik va jismoniy shaxs avtotransport vositalariga qonunchilik talablariga zid ravishda gaz ballonlarini oʻrnatish va sinovdan oʻtkazish bilan shugʻullanib kelgan.


Download 35.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling