Mavzu: Kirish. Chizma geometriya fani va chizma tuzishning nazariy asoslari. Monj usuli
Download 60.83 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish uchun namuna Misol
1-Amaliy mashg’ulot. 1-Mavzu: Kirish. Chizma geometriya fani va chizma tuzishning nazariy asoslari. Monj usuli. Nuqtaning koordinatalari bo’yicha epyuri.Nuqtaning kompleks chizmasini qurishIshdan maqsad: Talabalarda nuqtaning koordinatalari bilan ishlash uning yaqqol tasvirini qurish ko’nikma va malakalarni shakllantrish. Masalaning qo’yilishi: Tinglovchi variant bo’yicha berilgan masalani A4 format qog’ozida kerakli asboblar yordamida bajarishi lozim. Ishni bajarish uchun namuna Misol: Berilgan koordinatalar bo’yicha A(30, 30, 30) nuqtaning proektsiyalari va yaqqol tasvirini quring. Nuqta nechanchi chorak va oktantda joylashgan. Echish: Avval koordinatar sistemasini qurib olamiz. O’qlarni (X,Y,Z) lar bilan belgilab olamiz. A2 Z АX X O Y A1 OX o’qlari bo’yicha A nuqtani gorizontal proektsiyasini qurish uchun 10 mm o’lchab OX o’qiga qo’yamiz va u nuqtani AX deb belgilaymiz. So’ng AX nuqtadan OX o’qidan pastga 30 mm o’lchab A1 nuqtani topamiz. Keyin esa AX nuqtadan OX o’qidan yuqoriga 30 mm o’lchab A2 nuqtani topamiz. OX, OY, OZ – koordinata o’qlari A1, A2 – A nuqtaning gorizontal va frontal proektsiyalari OZ o’qidan chap va OX o’qidan yuqori qism V frontal proektsiyalar tekisligi, OY o’qidan chap va OX o’qidan pastki qism H gorizontal proektsiyalar tekisligi, OZ o’qidan o’ng va OX o’qidan yuqori qism W profil proektsiyalar tekisligi deyiladi. SHunday qilib biz nuqtaning epyurdagi proektsiyasini topdik. Quyidagi jadvaldan nuqta nechanchi oktantda joylashganini bilib olamiz.
Bizning misolda A nuqtaning barcha koordinatalari musbat bo’lganligi sababli birinchi oktantda joylashgan ekan. Endi biz nuqtaning fazodagi (yaqqol) tasvirini chizib olamiz. Buning uchun koordintalar o’qini chizib olamiz va o’qlarni (X,Y,Z) deb belgilab olamiz. O’qlar bo’yicha 30 mm kesma qo’yib, ularni AX, AY, AZ deb nuqtalarni belgilaymiz. So’ngra shu nuqtalardan 30 mm uzunlikdagi kesmalarni o’lchab, A nuqtaning A1 gorizontal, A2 frontal, A3 profil proektsiyalarini aniqlab olamiz. SHundan so’ng mos ravishda A nuqtaning proektsiyalaridan koordinata o’qlariga parallel chiziqlar o’tkazib A nuqtani aksonometriyasini qurib olamiz. Bu yerda A nuqta A nuqtaning yaqqol tasviri hisoblanadi. Download 60.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling