I- bob investitsiya va uning mohiyati


Download 85.48 Kb.
bet1/11
Sana18.06.2023
Hajmi85.48 Kb.
#1575552
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu Investitsiya


MUNDARIJA

KIRISH
ASOSIY QISM
I- BOB INVESTITSIYA VA UNING MOHIYATI.
1.1 Investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi .
1.2 Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida investitsion faollikni oshirishda investitsiya funksiyalari va omillaridan samarali foydalanish.
1.3 O’zbekistonda investitsion faollikni oshirish holati va uning o’zgarish dinamikasi.
II- BOB XORIJIY INVESTITSIYALARNI MILLIY IQTISODIYOTGA JALB QILISH.
2.1 Investitsiya funksiyalari va omillaridan foydalanish asosida iqtisodiyotni rivojlanishini jadallashtirish istiqbollari.
2.2 Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga solishning jahon tajribasi.
2.3 O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH


Mavzuvning dolzarbligi: 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb atalishi munosabati bilan joylarda oʻtkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarda “investitsiya” soʻzi qayta-qayta tilga olinmoqda. “Biz yurtimizga koʻproq investitsiya olib kelishimiz kerak” degan daʼvatlar yangrab turibdi. Bir qarashda bu gapda xato yoʻq. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida yirik korxonalar, koʻzga koʻringan ishbilarmonlar mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish faoliyati natijasida katta daromadga ega boʻladilar. Tadbirkorlik qoidasiga binoan oʻsha daromad turib qolsa, pul “kul”ga aylanadi. Agar sarmoya ishlab chiqarishga yoʻnaltirilsa, foyda yoniga foyda qoʻshilishi mumkin. Xoʻsh, oʻsha mablagʻni qayerga sarflagan maʼqul? Iqtisodchilar tili bilan aytganda, ertangi kunni koʻzlagan sarmoyador investitsion muhit qulay boʻlgan joyga mablagʻ yoʻnaltiradi. Bundan har ikki tomon — investor ham, investitsiya yoʻnaltirilgan subyekt ham manfaatdor boʻladi. Investitsiyalarni to’g’ri yo’naltirish orqali yalpi ishlab chiqarishning yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash va aholining turmush farovonligi darajasini o’stirish davlat iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo’lib hisoblanadi. Zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi kadrlardan makroiqtisodiy nazariya va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo’lishni, makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lash ko’nikmalariga ega bo’lishni talab etadi. Shu sababli ham makroiqtisodiy jarayonlarning kechishi qonuniyatlarini, makroiqtisodiy muammolarni, makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni yechish yo’llarini turli modellar vositasida mantiqiy izchillikka amal qilgan holda tahlil qilish, dolzarb vazifadir.” Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – umumiy ko’rsatkichlar ma’lumotlarining o’zgarishini izohlash va davlat organlariga hamda jamoat tashkilotlariga iqtisodiy vazifalarni hal etishda va iqtisodiy vaziyatdagi kutilmagan o’zgarishlarga munosabat bildirishda yo’l ko’rsatishdan iborat. Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirguncha ishlab chiqarishni orqaga ketshiga barham berish eng muhim maqsad bo’lib qoladi. Zero yurtboshimiz takidlaganidek
“Investitsiya iqtisodiyotning dvigateli, investitsiya bo’lmasa iqtisodiyot rivojlanmaydi. Investorlarga muhit, infratuzilma yaratsak, ish joyi bo’ladi, mahsulot ko’payadi, soliq tushadi. Korxonalar o’z mablag’larini yana aylantirib faoliyatnirivojlantiradi
Investitsiyalar va ularning o’zgarish dinamikasinmamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi istiqbollarini aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator funksiyalardan foydalaniladi. Alohida bir iqtisodiyot tarmog’i faoliyatiga baho berishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlardan farqli tarzda, bu omillar milliy iqlisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o’tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Davlat investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustivor investitsion loyihalarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustivorlik kichik biznes sub’ektlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzishga qaratiladi. Davlat investitsiya siyosati mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.
Davlat investitsiya siyosatining ustivor yo’nalishlari deb quyidagilar hisoblanadi:

  • investitsiyalar, ular harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo’yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilik-huquqiy bazasini takomillashtirish;

  • iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish;

  • investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;

  • davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funktsiyalarini yanada takomillashtirish.

Hozirgi kunda O’zbekistonda iqtisodiyotning barcha sohalarida o’zgarishlar, tarkibiy islohotlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, Davlatning investitsion siyosati, uning ustivor yo’nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog’liq.



Download 85.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling