I- bob investitsiya va uning mohiyati


Download 85.48 Kb.
bet10/11
Sana18.06.2023
Hajmi85.48 Kb.
#1575552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
mavzu Investitsiya

Daromadlilik indeksi. Sof daromad va sof joriy daromadlarni hisoblashda foydalaniladigan dastlabki investitsiya xarajatlari yana bir yordamchi ko’rsatkich – daromadlilik indeksini tuzishda ham ishlatiladi. Bu ko’rsatkich loyiha xarajatlariga nisbatan qaytimni ifodalaydi. Ko’zda tutilgan xarajatlar tarkibiga qarab investitsiyalar daromadlilik indeksi yoki xarajatlar daromadlilik indeksini tuzish mumkin. O’z navbatida, ularning har birini ikki xil ko’rinishda: real va diskontlangan pul oqimi boyicha tasvirlash mumkin.
Muvofiq ko’rsatkichlarning bir-biridan farqlanashi muqarrar hol. Shu sababdan, loyiha samaradorligini daromadlilik indeksi vositasida tavsiflaganda, albatta, u qaysi metod boyicha baholanganini ta’kidlab o’tish lozim. Bu ko’rsatkichlar turli loyihalar boyicha qiyoslanishi esa bir xil uslubdan foydalanishga olib keladi.
Quyida mamlakatimizda asosiy kapitalga o’zlashtirilgan investitsiyalarning o’zgarish dinamikasini ko’rishimiz mumkin.



O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy soha va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2020 yilda 202 trln. so’m (dollar ekvivalentida 19,2 mlrd. AQSH dollari) yoki 2019- yilga nisbatan 103 foiz asosiy kapitalga investitsiyalar o’zlashtirildi. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 2000- yilga nisbatan 271 martta, 2010- yilga nisbatan 12.2martta, 2015- yilga nisbatan 4,5 martta, 2017- yilga nisbatan 2,7 marta va 2019- yilga nisbatan 1,03 foizga ko’paydi.Shu o’rinda shu e’tiborni tortadiki o’tgan 2019-yilda investitsiyalarning o’zgarish dinamikasi pasayganini ko’rishimiz mumkin. Bunga sabab pandemiya tufayli investorlarning oqimi susayganligini asos qilib ko’rsatishimiz mumkin.




2.3 O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni jalb qilishning asosiy yo’nalishlari
Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. 2019 yili iqtisodiyotga investitsiyalar kiritish hajmi 8,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa 2018 yilga nisbatan 24,8 foizdan ko’p demakdir. Jalb etilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 68 foizga o’sdi, eng muhimi, ularning asosiy qismi to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan investitsiyalar bo’lib, ularning hajmi 1,8 barobar oshdi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridanto’g’ri investitsiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, 10 chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan. Quyida berilgan jadvalda mamlakatimizga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar, shuningdek to’g’ridan-to’g’ri kiritilgan investitsiyalarni yillar bo’yicha o’zgarish dinamikasi keltirilgan Manba: Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi ma’lumotlari Jadvalda ko’rinib taribdiki 2019 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi salkam 2,9 mlrd.AQSH doll. tashkil etan. Bu ko’rsatkich 2018 yildagidan 1 mlrd.AQSH dollardan ortiqroq hajmda o’sgan. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya muhiti yaratilgan. Ushbu yaratilgan investitsiya muhiti iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmini yildan-yilga ortishiga olib kelmoqda.
«CHet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»gi Qonunning 3-moddasida «agar O’zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda chet ellik investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab o’n yil mobaynida qo’llaniladi. CHet ellik investor o’z xohishiga ko’ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo’llash huquqiga egadir», deyiladi. Demak, me’yoriy hujjatlar yurtimizga kirib kelayotgan xorijiy investorlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, unga muqobil sharoitlarni yaratish nuqtai nazaridan ishlab chiqilganini alohida ta’kidlamoq lozim. SHuningdek, yurtimizda yaratilgan qulay imtiyoz va preferentsiyalar tizimi tufayli 2006 yilda soliq imtiyozlaridan foydalanish natijasida respublikamiz korxona, kompaniya va xo’jaliklari o’z moliyaviy resurslarini qo’shimcha ravishda 425 milliard so’mga ko’paytirgan. Bu esa shubhasiz, investitsiyalarning o’sishiga, korxonalarning aylanma mablag’ini to’ldirish va mehnatga haq to’lashni oshirish uchun qo’shimcha manba bo’lib xizmat qilgan. SHu o’rinda 2006 yil holatiga iqtisodiyotimizga jami 20 milliard AQSH dollaridan ziyod miqdordagi xorijiy investitsiya jalb etilganligi, to’g’ridan-to’g’ri jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi 2019-2020 yillar mobaynida 9,3 marta oshgani va 2,5 milliard AQSH dollarini tashkil etganligini aytish lozim. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirishni mustahkamlashga qaratilgan choralarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy sarmoyalarni jalb qilishda o’z natijasini ko’rsatmoqda. Jumladan o’tgan yil davomida iqtisodiyotga yo’naltirilgan sarmoyalarning 77,5 foizini tashkil etadigan markazlashmagan sarmoyalarning asosiy o’sishi xorijiy investitsiyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb qilish, korxonalarning o’z mablag’i va bank kreditlari hisobidan ta’minlangan.
Xorijiy investitsiyalarni to’g’ridan-to’g’ri jalb etishga doir ushbu Farmon mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, ortiqcha ishchi kuchi bo’lgan mintaqalarda yangi ish joylarini yaratish dasturini amalga oshirishga hamda xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlash maqsadlariga qaratilgan. SHu o’rinda Farmonda xorijlik ishbilarmonlarni soliq bilan rag’batlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, unga muvofiq 2015 yilning 1 iyulidan boshlab, to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyat turlari bo’yicha, jumladan daromad (foyda) solig’i, mol-mulk solig’i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi yoki yagona soliq hamda Respublika yo’l jamg’armasiga ajratmalar to’lashdan ozod qilindi. Bunda xorijiy investitsiyalar hajmi 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha bo’lganda 3 yil muddatga, 3 milliondan ortiq AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha 5 yil muddatga, 10 million AQSH dollaridan ortiq bo’lganda 7 yil muddatga yuqorida ko’rsatilgan soliqlar bo’yicha imtiyozlardan foydalanadi.


Xulosa
О’zbekiston Respublikasining investitsiya jarayonlarini tahlil qilib takidlash mumkinki barqaror iqtisodiy о’sishning asosiy omillaridan biri sifatida davlatning samarali investitsiya siyosatini qabul qilishimiz mumkin.
Investitsiya siyosatini amalga oshirishda tijorat banklari investitsiya jarayonining asosiy bо’g’iniga korxonalarning chinakkam hamkoriga aylanmog’i, binobarin, ularning rivojlanishidan manfaatdor bо’lishlari mumkin.
Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bu investitsiyalarni moliyalashtirish sohasida davlatimizda tuzilmaviy qayta restrukturizatsiyalash borasida muammolarning mavjudligi. Ushbu muammoni yechishda О’zbekiston Respublikasi hukumati bir qator amaliy chora- tadbirlarni ishlab chiqmoqda. Xorijlik investorlar uchun bir qator huquqiy va siyosiy-iqtisodiy imtiyozlar belgilangan. Jumladan: davlat kafolati, ya’ni ushbu korxonalarning о’zi ishlab chiqargan mahsulotni xech qanday litsenziyasiz va tо’siqsiz olib chiqib ketish, xorij investitsiyalari ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar daromadining ishlab chiqarishni va texnologiyani yangilash uchun qayta investitsiyalanadigan qismini soliq tо’lashdan ozod qilish, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga, shu jumladan, ularga keng doiradagi kо’chmas mulkni sotish va xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalarining 100 foizga qadar miqdorini sotib olishlariga erkin kirishini ta’minlashdan iborat bо’lgan imtiyozlardir. Bizning fikrimizcha, iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlarini restrukturizatsiya qilish jarayonida markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish holati va ularning samaradorligini oshirishda yanada ijobiy natijalar olish maqsadida quyidagi tavsiya va takliflarni inobatga olish zarur:
1. Investitsiya jarayonlari rivojlanishini tо’xtatib turuvchi eng muhim muammolar qatoriga quyidagilarni ham kiritish zarur:
- korxonalarning о’zaro qarzdorliklarini mavjudligi, aylanma mablag’larining yetishmasligi, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlariga yetarli darajada investitsiya jalb qilishiga salbiy ta’sir etib, boz ustiga mavjud qо’yilgan sarmoyalardan foydalanish darajasi ham sustligi;
- markazlashgan investitsiyalardan foydalanish samaradorlik kо’rsatgichlarining hali ham eski mezonlaridan foydalanilayotganligi.
2. О’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida agrar sohasi katta ahamiyatga ega bо’lganligi sababli markazlashgan investitsiyalarni safarbar etishda bugungi kunda ikkita yо’nalishga qaratish lozim:
a) bevosita qishloq xо’jaligiga mikro texnikalarni ishlab chiqish va irrigatsiya melioratsiya ishlariga yо’naltirish;
b) qishloq xо’jalik sohasiga xizmat kо’rsatuvchi sanoat sohasiga ya’ni agrar sohaga texnologiya va texnika, hamda mineral о’g’itlar ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarini qayta modernizatsiyalashga yо’naltirish.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, markazlashgan investitsiyalarni bevosita daromad keltiradigan tarmoqlarga emas, balki aholining talab va istemolini kо’proq qondira oladigan tarmoqlarga joylashtirish byudjet mablag’laridan foydalanishning eng oqilona yо’li bо’lib hisoblanishi kerak.
3. Bevosita savdo-sotiq, ya’ni muomala yо’nalishiga emas, balki moddiy boyliklar ayniqsa aholiga zarur bо’lgan keng ist’emol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga yо’naltirish(garchi bu tarmoqlardan keladigan daromad past bо’lsada ular mamlakat aholisini kerakli bо’lgan mahsulotlar bilan tez va qisqa muddat ichida ta’minlanishiga imkon yaratadi);
4. Markazlashgan investitsiyalar samaradorligi kо’rsatkichlarini ulardan olinadigan daromadlari miqdorida emas balki mamlakatda yaratilgan eksportbop tovar asosidagi jami mahsulotlarining miqdoriga nisbatan hamda aholini tez va qisqa muddat ichida qancha mahsulotlarga bо’lgan talabini qondirish miqdori bilan hisoblash.
Kurs ishimiz negizida keltirilgan xulosa va takliflarimizni amaliy tadbiqi о’ylaymizki respublikamiz iqtisodiyotida davlat tomonidan kafolatlangan, markazlashgan investitsion mablag’lardan foydalanish samaradorligini yanada oshirib, investitsiyalarni kо’proq jalb qilib iqtisodiy о’sishning barqarorligini ta’minlashga asos bо’lib hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

  1. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

  2. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.

  4. Djumayev Z.A. Makroiqtisodiyot. O’quv qo’llanma.- T.: «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2018. - 300 bet.


Download 85.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling