I – kimyodan asosiy tushunchalar
Download 0.92 Mb.
|
1-kitobcha
D) - Test mashqlari.
1. Quyidagi ta’riflarning qaysi biri J. Prustning kimyoda kashf etgan qonunini ifodalaydi? A) kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalar massasiga hamma vaqt teng bo’ladi B) har qanday kimyoviy jihatdan toza moddaning tarkibi, qaysi usul bilan olinishidan qat’iy nazar, bir xil bo’ladi C) reaksiya uchun, olingan gazlarning va hosil bo’lgan gazlarning hajmlari o’zaro butun sonlar nisbati kabi bo’ladi D) bir xil sharoitida turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi 2. Hajmiy nisbatlar qonuni qanday ta’riflanadi? A) Bir xil sharoitda turli xil gazlarning baravar hajmlarida molekulalar soni bir xil bo’ladi. B) Har qaysi kimyoviy toza modda olinish usulidan qat’iy nazar, bir xil o’zgarmas tarkibga ega bo’ladi. C) O’zgarmas bosimda reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo’layotgan gazlarning hajmlari o’zaro kichik butun sonlar nisbatida bo’ladi. D) Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning umumiy massasi hosil bo’lgan moddalarning jami massasiga teng bo’ladi. 3. Har bir qonun uchun ta’riflarni moslang. 1 – Modda massasining saqlanish qonuni 2 – Tarkibining doimiylik qonuni 3 – Avogadro qonuni 4 – Hajmiy nisbatlar qonuni a) Bir xil sharoitda turli xil gazlarning baravar hajmlarida molekulalar soni bir xil bo’ladi. b) Har qaysi kimyoviy toza modda olinish usulidan qat’iy nazar, bir xil o’zgarmas tarkibga ega bo’ladi. c) O’zgarmas bosimda reaksiyaga kirishayotgan va hosil bo’layotgan gazlarning hajmlari o’zaro kichik butun sonlar nisbatida bo’ladi. d) Kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning umumiy massasi hosil bo’lgan moddalarning jami massasiga teng bo’ladi. A) 1a; 2b; 3c; 4d B) 1b; 2d; 3a; 4c C) 1d; 2b; 3a; 4c D) 1d; 2b; 3c; 4a 4. Tuzilishi qanday bo’lgan moddalar tarkibining doimiyligi qonuniga bo’ysunmaydi? 1) molekulyar 2) atomli 3) nomolekulyar 4) ion kristall panjarali A) 1 B) 2,3 C) 2,3,4 D) 1,4 5. Tarkibning doimiylik qonuniga bo’ysunadigan moddalarni ko’rsating. 1) ozon 2) titan(IV) oksid 3) ammiak 4) uran(III) oksid A) 1 va 2 B) 2 va 3 C) 1 va 3 D) 2 va 4 6. Boylning “kimyoviy reaksiyalar natijasida moddalarning massasi o`zgaradi” - degan no-to`g`ri hulosaga kelishiga nima sabab bo’lgan? A) berk retortada tajriba o’tkazgaligi B) reaksiya davomida moddalar massasi o’zgarmaganligi C) ochiq idishda reaksiya o’tkazganligi D) yadro reaksiyalari massaning saqlanish qonuniga bo’ysunmagani. 7. Quyidagi fikrlardan to`g`risini toping. A) Tarkibining doimiylik qonuniga nomolekulyar tuzilishli moddalar bo`ysunadi. B) Tarkibining doimiylik qonunini Lomonosov kashf etgan. C) Tarkibining doimiylik qonuniniga bo`ysuna-digan moddalar – Daltonidlar deyiladi. D) Har qanday moddaning bir moli 22,4 litr keladi. 8. Bertollidni ko`rsating. A) CH4 B) H2O C) UO2 D) CO2 9. Avogadro qonuni va undan chiqarilgan ikkita xulosani ko’rsating. 1- kimyoviy reaksiyaga kirishgan moddalarning massasi hosil bo’lgan moddalar massasiga hamma vaqt teng bo’ladi. 2- reaksiya uchun, olingan gazlarning va hosil bo’lgan gazlarning hajmlari o’zaro butun sonlar nisbati kabi bo’ladi 3- 1 mol har qanday gaz normal sharoitda 22,4 l hajmni egallaydi 4- bir xil sharoitida turli gazlarning teng hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi 5- havoning molyar massasi 29 g/mol keladi. 6- 1 mol gaz tarkibida 6,02∙1023 ta molekula saqlaydi. A) 4; 3,6 B) 2; 5,6 C) 3; 4,6 D) 1; 3,4 10. 3,75 mol vodorod necha litr keladi. A) 22,4 B) 33,6 C) 44,8 D) 84 11. 2 mol metan gazi (n.sh.da) qanday hajmni egallaydi? A) 11,2 B) 33,6 C) 44,8 D) 56 12. 560 ml vodorod (n.sh.da) necha mol keladi? A) 25 B) 12,544 C) 0,025 D) 0,04 13. 17,6 g N2O necha litr(n.sh.) keladi? A) 1,12 B) 5,6 C) 2,8 D) 8,96 14. 6,72 l (n.sh.da) keladigan ozonning massasini toping. A) 14,4 B) 8,4 C) 10,8 D) 9,6 15. Normal sharoitda 1 l gaz 1,43 g massaga ega bo‘lsa, uning molyar massasini (g) toping. A) 22,4 B) 29 C) 28 D) 32 16. Normal sharoitda quyida keltirilgan gazlardan qaysi biri 5,6 litr hajmni egallaydi? A) 32 g C2H6 B) 30 g CH4 C) 20 g SO3 D) 17 g H2S 17. 11,2 l O2, N2 va Cl2 necha gramm keladi. 1) 16 2) 14 3) 7,1 4) 8 5) 7 6) 35,5 A) 1,2,6 B) 4,6,2 C) 1,3,5 D) 4,5,3 18. Hajmi normal sharoitda 30 litr bo’lgan azot qanday massaga ega bo’ladi? A) 18,76 B) 37,5 C) 24,86 D) 36,92 19. Massasi 14,6 g bo’lgan vodorod xlorid normal sharoitda qanday hajmni (litr) egallaydi? A) 8,96 B) 6,72 C) 4,48 D) 10,8 20. Quyida keltirilgan moddalarning qaysilarida molekulalar soni bir xil? 1) 24 g azot bilan 44 g uglerod(IV) oksid 2) 0,5 mol azot bilan 11,2 litr (n.sh.) uglerod(IV) oksid 3) 14 g azot bilan 0,5 mol uglerod(IV) oksid 4) 2 litr azot bilan 1 litr uglerod(IV) oksid A) 2 va 4 B) faqat 2 C) 2 va 3 D) 3 va 4 21. 9,6 g kislorod saqlagan SO3 gazi normal sharoitda necha litr keladi? A) 0,2 B) 5,6 C) 2,26 D) 4,48 22. 1 kg havoda …… ta N2 molekulasi mavjud. (w = 0,78) A) 1,36 ∙1025 B) 2,67∙1024 C) 4,42 ∙1024 D) 1,62 ∙1025 23. N.sh.da o’lchangan 28 l uglerod(IV) oksidda-gi kislorod atomlarining sonini hisoblab toping. A) 30 ·1023 B) 45,2 ·1023 C) 15 ·1023 D) 37,6 ·1023 24. 12 l (n.sh.) CH4 necha gramm ogirlikka ega? A) 9,0 B) 8,8 C) 8,6 D) 8,3 25. Havoning qanday hajmida (l) 7,5 mol O2 bo‘ladi? A) 800 B) 1200 C) 1600 D) 950 26. 2,5 mol, 48 g, 12,04 ·1023 atom va 6,02 ·1023 molekula kislorodga to‘g‘ri kelgan va normal sharoitda o‘lchangan hajmlar (l) keltirilgan qatorni ko’rsating: A) 56; 33,6; 22,4; 22,4 B) 56; 67,2; 11,2; 22,4 C) 33,6; 33,6; 22,4; 22,8 D) 44,8; 22,4; 11,2; 44,8 27. 420 g azot olish uchun necha m3 (0oC; 101,3 kPa) havo kerak? Havodagi azotning hajmiy ulushi 78 % A) 0,96 B) 0,38 C) 0,54 D) 0,43 28. Quyidagilarni massasi ortib borish qatorida ko’rsating. 1) 20 ta ammiak molekulasi 2) 0,000005 mol H2S 3) 342 m.a.b. li saxaroza 4) 0,056 ml C3H8 A) 1,3,4,2 B) 3,1,2,4 C) 4,2,1,3 D) 2,4,3,1 29. N.sh.da 1 ml H2 da nechta molekula bor A) 2,69 ∙1019 B) 1,35 ∙1019 C) 26,9 ∙1020 D) 1,35 ∙1020 30. N.sh.da 54 ∙1021 ta molekula gaz qancha hajmni egallaydi? A) 2 B) 0,5 C) 4 D) 1 31. 5,6 l (n.sh.) trimetilmetan - (CH3)3CH tarkibida nechta vodorod atomi bor? A) 1,35∙1024 B) 1,8∙1024 C) 1,5∙1024 D) 1,5∙1023 32. N.sh. 1g O2 va 1g O3 qanday hajmiy nisbatda bo’ladi? A) 1:2 B) 1:3 C) 2:3 D) 3:2 33. 0,001 m3 gaz (0oC va 101,3 kPa) 1,25 g keladi. Gazning molyar massasi va bitta molekulasining massasini toping. A) 28 g/mol va 4,65·10 -23 B) 32 g/mol va 5,32·10 -23 C) 34 g/mol va 5,65·10 -23 D) 48 g/mol va 7,97·10 -23 34. 1 l havoda qancha molekula CO2 bor. Agar CO2 havoda 0,03% hajmiy ulushni tashkil etsa. A) 3,6 ·1020 B) 1,3 ·1018 C) 8,1 ·1018 D) 37,6 ·1019 35. Normal sharoitda 1 l azotning va 1 l ammiak-ning massasini (g) toping. A) 1,25; 0,76 B) 1,25; 1,78 C) 2,25; 2,775 D) 28; 17 36. Bir xil sharoitda bir xil massada olingan qaysi gazning hajmi boshqalarnikidan kichik? A) SO2 B) C4H10 C) CH3SH D) Cl2 37. Bir xil sharoitda va bir xil massada olingan qaysi gazning hajmi eng katta bo’ladi? A) sulfit angidrid B) vodorod sulfid C) Karbonat angidrid D) kislorod 38. Odam o’pkasidagi havo pufakchalari (alveolalar) ning 700 millioniga 3 l havo sig’adi. Beshta alveolaga sig’adigan havodagi molekulalar sonini hisoblang. A) 7 ·1013 B) 7,5 ·1015 C) 6 ·1016 D) 6 ·1014 39. Quyidagi gazlarning qaysilari havodan yengil; uglerod(II) oksid, uglerod(IV) oksid, ftor, neon, atsetilen – C2H2, fosfin – PH3. A) CO, Ne, C2H2 B) CO2, CO, F2 C) PH3, Ne, C2H2 D) PH3, CO, Ne 40. Vodorod selenidning vodorodga va havoga nisbatan zichligini aniqlang. A) 31; 4,8 B) 24; 3,4 C) 80; 5,5 D) 40,5; 2,8 41. Gazlarning qaysilari havodan og’ir? 1) ammiak 2) kislorod 3) argon 4) metan 5) etan-C2H6 6) uglerod(IV)oksid A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,5 C) 2,3,4,6 D) 2,3,5,6 42. Vodorod galogenidning havoga nisbatan zichligi 4,41 ga teng. Shu gazning vodorodga nisbatan zichligini va uning nomini aniqlang. A) 64; vodorod yodid B) 35,5; vodorod xlorid C) 10; vodorod ftorid D) 40,5; vodorod bromid 43. Gazning havoga nisbatan zichligi 2,565 ga teng bo’lsa, 1 litr gazning n.sh. dagi massasini aniqlang. A) 3,32 B) 0,74 C) 1,13 D) 2,90 44. Oltingugurt bug’ining havoga nisbatan zichligi 8,83 ga teng. Oltingugurt molekulasi nechta atomdan iborat? 1) 1 2) 2 3) 4 4) 8 A) 4 B) 1 C) 3 D) 2 45. Ozonning kriptonga nisbatan zichligi qanday? [Ar (Kr) = 84] A) 1,8 B) 0,34 C) 1,75 D) 0,57 46. Massasi 6,8 g bo’lgan gazning havoga nisbatan zichligi 0,586 bo’lsa, uning hajmini toping. A) 2,8 B) 4,48 C) 5,6 D) 8,96 47. Ozonnning (n.sh.dagi) zichligini aniqlang. A) 2,14 B) 4,28 C) 7,97 D) 1,66 48. Gaz holatidagi fosforning havoga nisbatan zichligi 4,28 ga teng. Fosfor molekulasida nechta atom bor? A) 4 B) 2 C) 8 D) 6 49. N2O, N2O3 va N2O5 gazlaridan hosil bo’lgan 5,6 litr (n.sh.) aralashma 20 g keladi. Aralashma tarkibidagi kislorod elementi massasini aniqlang. A) 13 B) 14 C) 15 D) 16 50. Bolalar bog’chasida archa bayrami uchun bir xilda sovg’alar tayyorlandi. Ularni tayyorlash uchun 123 ta olma va 82 ta nok ishlatildi. Bola-lar bog’chasida nechta tarbiyalanuvchi bor? Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling