Laboratoriya ishi №1 vodorod xloridni absorbtsIYalash, xlorid kislotasi olish
Download 50.7 Kb.
|
1-Laboratoriya ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma‘lumotlar
Laboratoriya ishi №1 VODOROD XLORIDNI ABSORBTsIYaLASH, XLORID KISLOTASI OLISH Ishdan maqsad: Xlorid kislotasini osh tuzidan sulfat kislotasi ta‘sirida olingan vodorod xloridni absorbtsiyalab olish jarayonini o’rganish. Nazariy ma‘lumotlar Vodorod xloridning suvdagi absorbtsiyasi hosil bo’layotgan xlorid kislotasining harorati ko’tarilishi bilan boradigan jarayondir. Haroratning oshib borishi bilan birga xlorid kislotasining yuzasidagi bug’ning bosimi ham orta boradi. Vodorod xlorid va suv bug’laridan iborat bug’ning bosimi atmosfera bosimiga tenglashganda kislota qaynab ketadi va suvning bug’lanishi yuqori darajaga yetadi. Adiabatik sharoitda suvning bug’lanishiga sarflanadigan issiqlik HCI ning suyulish issiqligi bilan to’ldiriladi va shu asnoda kislotaning kontsentratsiyasi uzluksiz orta boradi. Qaynayotgan kislota harorati esa dastlab 1100С ko’tariladi va kontsentratsiyasi 20,24% gacha yetadi. (bosim 101325 N/m2 yoki 760 mm simob ust.), so’ngra kamayadi. Tarkibida 20,24% HCI bo’lgan kislota HCI va H2O ning doimiy qaynaydigan aralashmasi hisoblanadi. Agar HCI ning gaz fazasidagi portsial bosimi doimo qaynaydigan aralashma ustidagi (yuzasidagi) HCI bosimidan oshib ketsa, kislotaning kontsentratsiyasi 20,24% ga yetadi va yanada oshib boraveradi, qaynash harorati esa pasayadi. Shu sababli HCI gazining miqdorini oshirib borishi adiabatik sharoitda kislota kontsentratsiyasining ortib borishiga sabab bo’ladi. Vodorod xloridni qaynayotgan suvga yuborilganda absorberdan chiqib ketayotgan gaz dastlab suv bug’laridan iborat bo’ladi, ammo kislota kontsentratsiyasining ortib borishi bilan chiqayotgan gaz tarkibida HCI gazining miqdori ham ortib boraveradi. Shuning uchun bitta absorberda kontsentrlangan kislota olinayotganda bir qism vodorod xlorid absorbtsiyalanmay qoladi.\ HCI ni to’liq yuttirish uchun gazni suvga qarama-qarshi bir necha absorberlar orqali yuborish yoki ichida tarelkalar, nasadkalar bor absorberlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ana shundagina absorberlardan chiqib ketayotgan gaz faqat suv paridan iborat bo’ladi. Tajriba utkazish uchun kerakli buyumlar, jihozlar va reaktivlar. Laboratoriya qurulmasi. 0,5N NaOH eritmasi. 0,5 litrli Erlemmeyer kolbasi. Metil qizil indikatori. Osh tuzi. Kontsentrlangan sulfat kislotasi. 0,5N sulfat kislotasi. Download 50.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling