Laboratoriya ishi №1 vodorod xloridni absorbtsIYalash, xlorid kislotasi olish
Download 50.7 Kb.
|
1-Laboratoriya ishi
Ishni bajarish tartibi:
Laboratoriyada vodorod xloridni osh tuziga kontsentrlangan sulfat kislotasi ta‘sir ettirib olinadi. Reaktsiya ikki bosqichda boradi. Birinchi bosqichda reaktsiya, tashqaridan issiqlik berilmasdan, nordon tuz hosil bo’lguncha boradi: NaCI + H2SO4 = NaHSO4 + HCI + Q Birinchi bosqich tugagandan so’ng jarayonga chetdan issiqlik ta‘sir ettirilsa, reaktsiya quyidagicha davom etib, ikkinchi bosqichda o’rta tuz hosil bo’ladi: NaCI + NaHSO4 = Na2SO4 + HCI – Q Xlorid kislotasi olinadigan laboratoriya qurilmasi quyidagi suratda ko’rsatilgan. Kolba (reaktor) (1) ga ma‘lum miqdorda tortib olingan osh tuzi solinadi va ajratuvchi voronka (29) orqali hisoblab olingan kontsentrlangan sulfat kislotasi quyiladi. Reaktor (1) ni ostiga gaz gorelkasi yoki elektr plitasi (10) ulanadi. Birinchi bosqichda, tashqaridan issiqlik berilmay turib, hosil bo’lgan vodorod xloridning tarkibida suv va sulfat kislotasi bug’lari bo’lishi mumkin. Gazni bu bug’lardan kontsentrlangan sulfat kislotasi solingan. Tishchenko idishi (3) orqali o’tkazib tozalanadi. So’ngra tomchi ushlagich (4) dan o’tib, barbater (6) orqali absorbtsiya kollonasi (5) ga keladi. Absorbtsiya kollonasiga avvaldan distillangan suv solingan bo’ladi va u yerda xlorid kislotasi hosil bo’lish - absorbtsiya jarayoni ketadi. Absorbtsiya kollonasidan chiqqan gaz natriy ishqori solingan idish (8) (yuttirgich) ga keladi va u yerda absorbtsiya kollonasida yutilmay qolgan vodorod xlorid gazi ishqorga shimiladi. Qurilma suruvchi shkafga joylashgan bo’lishi kerak. Absorberdagi harorat termometr (7) orqali nazorat qilinadi. Gaz oqimini hosil qilish uchun, qurilma suv bilan suruvchi nasos (9) ga ulangan. Yuttirgich idish (8) ga 50 ml 0,5n NaOH eritmasi solinadi. Tajriba oxirida hosil bo’lgan xlorid kislotasi absorber (5) dan Erlenmeyer kolbasiga quyib olinadi va 0,5n NaOH bilan titrlanadi, (8) idishda hosil bo’lgan mahsulot esa 0,5n H2SO4 bilan titrlanadi. Parchalanish darajasi (tashqaridan issiqlik berib yoki bermay) quyidagi formula bilan aniqlanadi: Bu yerda: Pi - hosil bo’lgan kislotani titrlash uchun sarf bo’lgan ishqor miqdori, ml. Pk - (8) absorberda hosil bo’lgan mahsulotni titrlash uchun sarf bo’lgan kislota miqdori, ml. fk, fi - kislota va ishqorlarning faktorlari. at - o’lchab olingan osh tuzining miqdori. Absorbtsiya darajasi esa quyidagi formula yordamida aniqlanadi. Download 50.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling