I. 2- ustoz-shogird an’anasi- milliy qadiryat ii-bob. O’zbek milliy xalq amaliy san’atida ustoz va shogird an’analari
Ustoz –shogird an’analari asosida naqqoshlik san’atining o’rgatilishi
Download 131.76 Kb.
|
TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA USTOZ SHOGIRD” AN’ANALARI
2.2 Ustoz –shogird an’analari asosida naqqoshlik san’atining o’rgatilishi.
IX-X asrlarda Turonda naqqoshliksan’ati jadal rivojlandi. Me’morchilikda g’isht qadab naqsh solish yuksak darajada taraqqiy etdi. Binolarning ichki tamonlariga ganch, yog’och o’ymakorligini qo’llash yuksak rivoj topdi. Ayniqsa maqbaralarning peshtoqlari devor va ravoqlari ganch naqishlari bilan juda nafis bezatilgan. XVIII asr oxiri XIX asrlarda Qoqonda,Farg’ona, Buxoro kabi shaharlarda yetuk xalq ustalari yetishib chiqdi. Naqqoshlik, ganchkorlik, misgarlik, chilangarlik, va boshqalar san’at turlari rivojlandi. Qadimda muqaddas sanalgan har bir xalq kelajak avlodlarga o’zidan qoldirgan takrorlanmas hunarlari bilan qadirlagan. O’zbekiston qadimda hunarmandlar markazi bo’lgan desak xato qilmagan bo’lamiz. Masalan, Andijon viloyatida, Samarqand viloyatida Urgut, Farg’ona viloyatida Qo’qon, Marg’ilon, Namangan viloyatida Chust hunarmandchilik markaziga aylangan. Naqqoshlar o’tmishda xalq ustalarining eng bilimdoni hisoblangan. Chunki, ular madrasada taxsil olib, adabiyot, tarix, musiqa, matematika, kimyo fanlarini yaxshi bilganlar. Naqqoshlik texnologyasi avloddan-avlodga o’tib kelgan. Qadimda naqqoshlar naqsh yaratish sir-asrorlarini yozib qoldirmaganlar. Faqat shogirdlargina xat-savod chiqarilgan. Shogirdlar xonasi va kimyoni o’rganganlar. Shogirdlar mustaqil ish bajarishni eplay oladigan bo’lganidan so’ng, ustalar uning ishlarini muhokama qilishib, so’ngra “usta” nomini berishgan. Naqqoshning o’g’li ota kasbini yoshlikdan o’rganib brogan. Bu esa kelajakda yaxshi hunarmand bo’lishga zamin yaratadi. Usta o’g’il yoki farzand bo’lmasa, bu kasbini eng yaqin qarindoshining bolalariga o’rgatgan. Xulosa, kasbining avloddan avlodga meros qolishi an’ana holda rivojlangan. Ustaga shogirdlikka berishda quyidagi urf odatga rioya qilgan. Bolaning ustaning oldiga olib borishda o’ziga yarasha tantanaviy marosm bo’lgan. Bolani ota onasi va qarindosh uruglari bo’g’irsoq va qolvaytar qilib ustaning huzuriga kelganlar va “bolaning go’shti sizniki, suyagi bizniki” qabilida gaplar bilan usta ixtiyoriga tashlaganlar. Keltirilgan pishiriqlar o’sha paytdayoq birgalikda tanavvul etilgan. Usta bolaga hunar o’rgatishdan tashqari, butun o’qish davomida uni oziq-ovqat bilan ta’minlab turgan. Kasb o’rgatish tekin olib borilgan. Ustoz shogirdiga qattiqqo’l va talabchan bo’lgan. Chunki har bir hunarni o’rta nozik did va sabr-toqat bilangina o’rganish mumkin edi. Ustalar shogirdlar uchun maxsus odob talablarini ishlab chiqqanlar. Masalan, ular shagirddan pokizalikni, ish vaqtida chalg’imaslikni, ustoz ruxsatisiz biror ishga qo’l urmaslikni qa’tiy talab qilganlar. Usta shogirdiga faqat hunar sirlarini o’rgatishdan tashqari, uy-yumush ishlarini bajarishga ham tayyorlab brogan. Shogird san’at sirlarini puxta egallagandan so’ng, unga oq fotiha berilgan. Marosimda ustozga shogird bosh-oyoq sarpo, tugun in;om etgan. Ba’zida ustoz, shogirdi mustaqil ish boshlashida qiynalmasligi uchun, shu kasbda ishlatiladigan asbob va an’dozalar berar edi. Agar, oq fotiha olgan ba’zi bir shogird mustaqil ishlashni xoxlamasa, ustozlikdan qolib ishlayverishi mumkin bo’lgan. Bunday holda shogird ustozi bilan kelishib ish haqi olgan. O’zbek ustalaridan biri ganch o’ymakor usta Usmon Ikromovning hayot yo’li ibratlidir. Yosh Usmon usta Rasulqojining qo’lida sakkiz yil ishlaydi. Besh yilgacha xaftalik haqi o’n tiyindan oshmagan. Usmon pulni olib, bozordan o’n tiyinga o’n-o’n ikkita non, otasi va ikki singlisiga yegulik olib brogan. Odatda, shogird faqat usta buyurgan ishni qilishi kerak edi. Ustadan beruxsat shogird biror ishga qo’l ursa yoki uning asboblariga tegsa jazolangan. Olti yilga o’tganda ish haqi hafta ichida elli tiyinga, sakkizinchi yilga o’tganda kundalik ish haqqi bir so’mga chiqdi. Bu paytda u imorat ishidagi oddiy cho’pgarlikdan tortib g’isht terish, suvoq, ganch o’ymakorligigacha mustaqil bajara oladigan bo’lgandi. Nihoyat sakkiz yil deganda Rasulqojidan oq fotiha olib “usta” nomiga ega bo’lgan. Buxorodagi hamma ustalarga ganch sotsdigan boylardan biri Abduqodir bir kuni usta qayot chaqirib, yangi uyini ganch bilan bezatmoqchiligini aytadi. Usta bu ishni yigirma ikki yoshli Shirin Muradovaga topshiradi. Bu ish Shirinning birinchi mustaqil ishi bo’ladi. Shirin ish rejasini mehmonxona bezaklarini oddiy bejirim nisbatlarini saqlagan holda bir butun ko’rinishni hisobga oladi. U mehmonxona va ayvonlarni sharaflar bilan bezaydi. Undagi o’yma ganchlar juda mayin, bejirim chiqqanligi sababli ustalar o’rtasida hurmat va ob’ro’si yanada oshadi. Usta qayot kunlardan bir kuni Shirinni oldiga chaqirib “Men sendan xrsandman, endi mustaqil ishlasang bo’laveradi”- deydi. Azaliy odat bo’yicha unga yigirma-o’ttiz ustani o’rtasida “Usta” nomi beriladi. Shirin Muradova shundan so’ng xalq o’rtasida usta degan sharofli nomga muyassar bo’ladi. O’zbek me’morlari yashash uchun har jihatdan qulay, shinam, chiroyli uylar qurganlar. O’zbeklarning hovli-joyi tugal bir me’moriy majmuani tashkil etib, o’ziga xos sharqona fayzi bo’lgan. Bu uylarning bir-biriga uzviy qilib qurilishi va bezatilishi bir san’at darajasida bo’lgan. Buxoroda XIX asr oxiri, XX asr boshlarida duradgorlar boshlig’i usta qulom, O’atepada esa usta Karim Kajor boshi (usta Abdu Karim Abduxoliqov) bo’lgan. O’ratepalik xalq ustalarini yuqori Zarafshon qishloqlarida masjd, madrasa, turar joy binolarini bezash uchun taklif qilganlar. Ular naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi, ganchkorlik va boshqa ishlarni bajarganlar. Ustalar uyishmasi ba’zi turar joylarga ustalarni ishlashga yuborganlar. Ularga ish haqi tariqasida ishlagan joylarida kiyimlar, qo’y, sigir, echki, yer, pul berilar edi. Ustalar orasida o’ziga xos musobaqa ham bo’lgan. Ularning ishlari ko’rgazma qilinib, katta ustlar orasida baholangan. Masalan O’rtatepaning Ko’k gumbaz mahallasida Mavlono Eshon maqbarasini ikki o’yma eshigini bajarish uchun usta Karim Xarrot va Abduqodir Xarrotlarga topshirildi. Ular bittadan eshikni o’yib bezaganlar va ularni ikki usta orasida baholanadi. Usta Abduqodirning eshigi yetmish oltin tanga, usta Karimning eshigi yuqori baholanishining sababi shuki, eshikni yuqori yarim doira qismi umumiy naqsh kompozitsiyasi bilan baholangan edi. Abduqodir ustaning eshigi tepasi uchli bo’lib, bino qurilish kompazitsiyasiga mos kelmagan. Ba’zi ustalar ishga berilgan bahoga nisbatan norozilik bildirsalar, oqsoqol aralashib, kelishmovchilikni hal qilar edi. 1924-yilgacha Turkustonda boshqa hunar turlari ustalar kabi zardo’zlar juda ko’p bo’lgan chunonchi, Buxoroda uch yuzdan uchyuz ellik nafargacha zardo’z ustalar ishlagan hunarmandlar o’rta asr hunarmandlar o’rta asr hunar shirkatlari ko’rinishidagi maxsus tashkilotga uyishgan edilar. Zardo’zlarning ishlari ustidan nazorat o’rnatuvchi bu tashkilot o’zining saylovchi ma’muryatiga ega bo’lib, barcha rasm-rusimlarga va urf-odatlarga izchil amal qilar, tantana va yiqilishlar o’tkazib turar edi. Asli zardo’z bo’lgan oilaning o’g’il farzandi otasidan zardo’zlikni o’rganib, o’z navbatida o’z bolalariga o’rgatgan. Ustozlarimiz o’ziga shogird olishda 10-12 yoshdan, ayrim hollarda bundan kattaroq yoshdagi bolalarni ham jalb etganlar. Ustaga shogirdlikka berishda quyidagi urf- odatlar va o’ziga xos bo’lgan milliy an’analar hukim surgan. Hunar o’rganish muddati cheklanmagan, taxminan 5-8 yil orasida davom etgan. O’ta qobilyatli, shu hunar sirlarini puxta egallagan shogirdlarga tezroq oq fotiha berilgan. Shogirdning uyiga qaytishi bir bayram bo’lgan. Shogird ustozi va katta ustalarni o’z uyiga taklif etib, marosim o’tkazgan. Bu marosimda fotiha o’qilib, usta shogirdining beliga belbog’ bog’lab shu kasibda mustaqil ishlashga ruxsat bergan. Ba’zan ustoz shogirdining mustaqil ish boshlashida qiynalmasligi uchun shu kasibda ishlatiladigan asbob va andozalar sovg’a qilingan. Xulosa Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish joizki o’zbek xalqining tarixini va madanyati durdonalarini har tamonlama o’rganish va tahlil etish g’oyat muhimdir. Tarixdan ma’lumki “Ustoz- shogird” usulida turli sohalarda malakali mutaxassislar tayyorlash millatimiz taraqqiyotining asirlar sinovida o’tib kelayotgan o’qitish va o’rgatishning sinalgan shakli hisoblanadi. Ustozlik maqomiga loyiq ko’rilganlar xalqimiz tamonidan nihoyatda qadirlangan, e’zozlangan va hurmati joyiga qo’yilganligi barchamizga ayon. Mustaqillik yillarida ushbu an’anaga sodiq qolgan holda o’qituvchi va murabbiylar ulug’lanib, ustoz degan mo’tabar nomga munosib ko’riladi. Shuning uchun ham Yurtboshimiz istiqlolning dastlabki kunlarida: < Download 131.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling