I. 2- ustoz-shogird an’anasi- milliy qadiryat ii-bob. O’zbek milliy xalq amaliy san’atida ustoz va shogird an’analari
Download 131.76 Kb.
|
TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA USTOZ SHOGIRD” AN’ANALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: “TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA USTOZ SHOGIRD” AN’ANALARI Ilmiy rahbar
- Kirish Mavzuning dolzarbligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNVERSTITETI SAN’ATSHUNOSLIK FAKULITETI ‘’TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI ‘’ KAFEDRASI 202-TS va MG ta’lim yo’nalishi TASVIRIY SAN’AT O’QITISH METODIKASI FANIDAN KURS ISHI MAVZU: “TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA USTOZ SHOGIRD” AN’ANALARI Ilmiy rahbar: Ibodullayeva Nigora Bajardi: Bobojonova Nazokat Urganch -2021 MUNDARIJA Kirish…………………………………………………………………………2 I-bob. Ta’limda ustoz-shogird an’analari va milliy qadiryat………………… I.1- Ta’lim sohasida ustoz-shogird an’analari……………………………….3 I.2- Ustoz-shogird an’anasi- milliy qadiryat………………………………….8 II-bob. O’zbek milliy xalq amaliy san’atida ustoz va shogird an’analari. II.1- Hunarmandchilik tarixi, hunarmandlar mahallalari haqida ma’lumot…12 II.2- Ustoz-shogird an’analari asosida naqqoshlik san’atining o’rgatilishi…14 Xulosa………………………………………………………………………20 Adabiyotlar………………………………………………………………….21 Ilovalar………………………………………………………………………22 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Ustoz- shogird an’anasi yillar davomida shakillangan qadimiy qadiryatlarimizdan biridir.Agar iqtidorli ustoz o’z maktabini yaratmasa o’zidan keyin bilimdon,iste’dodli shogirdlar qoldirmasa ,uning hayoti,umri besamar o’tgan bo’ladi.O’z bilim tajribasini ishonchli shogirdlarda qoldirmasa, uning erishgan yutuqlari suvga tushgan toshday izsiz yo’qoladi.So’zimizning isboti sifatida hazrat Navoiyning quyidagi misralarini keltirishimiz mumkin: Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdir oxir. (A.Navoiy’’Farhod va Shirin’’) Ustozning umri barhayot .Chunki ,ustozning umriga uning qoldirgan shogirdlarining ham umri qo’shilib boraveradi .Hazrat Alisher Navoiy,Ibn Sino,Mirzo Ulug’bek bobolarimizning qilgan ishlari,erishgan yutuqlari va qoldirgan shogirdlari sababli hali-hamon bizning qalbimizda yashab kelmoqdalar. Abdurahmon Jomiy vaAlisher Navoiy hazratlari o’rtasidagi ustoz shogirdlik munosabatlarini barchamiz uchun namuna tariqasida keltirishimiz mumkin.Alisher Navoiyning hayoti ham ,ijodi ham Abdurahmon Jomiyga ixlosmand shogird ekanligini namoyon etib turadi. Ustoz -shogirdlik tushunchasini yuksak milliy qadiryatlarimizdan hisoblanib ,asrlar davomida shakillanib kelgan .Ustoz ulamolar yoshlarga astoydil saboq berib, o’z burchlarini sharaf bilan ado etishadi .Biz bu muhtaram ustozlarimiz oldida hamisha o’zimizni burchli deb bilamiz.mustaqillik davrida ko’plab milliy qadiryatlarimiz xalqimizga ,hayotimizga qaytdi. Shular qatorida biz so’z yuritgan bobomeros qadiryat –ustoz –shogirdlik an’analarini yangi sharoitda yangicha mazmunda hayotga tadbiq etish imkonyatlari yuzaga keldi.Xulosa o’rnida shuni aytish joizki ,allomalarimizning ustoz –shogirdlik an’analarini davom ettirishimiz ,ularga munosib shogirdlar bo’lishimiz lozim.Chunki biz ajdodlarimizning uzoq yillik ilm-ma’rifatlari va yuksak tajribalari asosida shakillangan boy merosga egamiz. Download 131.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling