1. savol: Xalq hunarmandchilik san’atining tarixi va uning rivojlanish bosqichlari


Download 0.73 Mb.
bet1/3
Sana29.12.2022
Hajmi0.73 Mb.
#1071864
  1   2   3
Bog'liq
Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash


Bilet -1
1.savol: Xalq hunarmandchilik san’atining tarixi va uning rivojlanish bosqichlari
2. Naqqoshlik va yog’och o’ymakorligida naqsh atamalari.
3. Zargarlik san’ati, zargarlik buyumlari
1. 418 OʼZBEKISTONDA XALQ HUNARMANDCHILIK TURLARI Abdinazarov Narzulla Annotatsiya: Maqolada milliy xalq hunarmandchiligining O’zbekistonda rivojlanishi va tarixiy an’analari haqida fikrlar bayon etilgan. Kalit so’zlar: san’at, amaliy san’at, an’ana, badiiy bezak, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqshinkor bezak. O‘zbekistonning barcha hududlarida xalq san‘atining o‘ziga xos markazlari bo‘lib, ular jahon madaniyatiga buyuk badiiy qadriyatlari bilan hissa qo‘shgan. Bu qadriyatlar haqli ravishda xalq san‘atining ramzi bo‘lib qoldi. Samarqand, Buxoro, Toshkent, Farg‘ona vodiysi, Xorazm va Qoraqalpog‘istonda yuzaga kelgan kulolchilik (sirkor va guldor sopol buyumlar), yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqshinkor bezak va kandakorlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, sholchado‘zlik va chitgarlik, zargarlik san‘ati, charmga bezak tushirish san‘ati, lokli miniatyura hamda kitob miniatyurasi hozir ham mavjud. Zangori-lojuvard, cho‘g‘dek qip-qizil sopol ko‘zalar, laganlar, yog‘ochdan o‘ymakori va naqshinkori qilib yasalgan milliy xontaxtalar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, miniatyuralar, marg‘ilonlik, xivalik va toshkentlik ustalar tomonidan qizil misdan yoki tillarang jezdan yasalgan, qimmatbaho metalldek yarqirab, shaklan nafisligi hamda naqshinkorligi bilan ajralib turuvchi buyumlar va, ayniqsa, kandakori idishlar mehmon bo‘lib kelgan xorijiy davlatlar boshliqlariga tortiq qilingan. Ustalarimiz yaratgan nodir buyumlar AQSH davlat kotibi Xillari Klinton xonimga, «Temir xonim» Margaret Tetcherga, Indira va Radjiv Gandilarga, Yaponiya imperatoriga, jahondagi ko‘plab mamlakatlar muzeylariga tuhfa qilingan va ular tomonidan ardoqlab saqlanmoqda. Mustaqil O’zbekiston jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir davrda ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilgan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash — davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biriga aylandi. Natijada xalqimiz o’z taqdirining chinakam egasi, o’z tarixining ijodkori, o’ziga xos milliy qadriyatlar va madaniyat sohibiga aylandi. 419 Hunarmandchilik mahsulotlari — oddiy qo'l mehnati bilan tayyorlanadi va bu bizga ota-bobolarimizdan qolgan merosdir. Hunarmandchilik kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xo‘jaligida hozir ham muhim o’rin egallaydi. Hunarmandchilik insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi, turli ijtimoiy-tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oymakorlik, kashtado‘zlik, ko‘nchilik, tikuvchilik, to‘quvchilik, zargarlik, zardo‘ zlik, bo’yoqchilik, kemasozlik, tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Hunarmandchilik qanday tabiiy resurslarning mavjudligiga qarab, masalan, paxta va pilla bor yerda to‘qimachilik, sifatli xom ashyo bor yerda (masalan, Rishtonda) kulolchilik, jun va teri ko‘p yerda to‘qimachilik va ko‘nchilik, shunga qarab kosibchilik, o‘rmonlar ko‘p yerda yog‘ ochsozlik, ma’danlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo boylarida kemasozlik va boshqalar rivoj topgan. Jamiyat taraqqiyoti bosqichlari mehnat taqsimoti bilan aloqador holda hunarmandchilikning uch turi shakllangan: 1) uy hunarmandchiligi; 2) buyurtma bilan mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik; 3) bozor uchun mahsulot tayyorlaydigan hunarmandchilik. Uy hunarmandchiligi ishlab chiqarishlar tashkil etilgunga qadar bo‘lgan davrlarda hunarmandchilikning eng ko‘p tarqalgan turi bo‘ldi. Hunarmandchilikning bu turi natural xo‘jalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Shaharlar rivoji buyurtma bilan hunarmandchilik mahsulotlari tayyorlash va bozorga hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarishning jadal o‘sishi bilan uzviy bog‘ liq. Natijada hunarmandchilik mahsulotlari tovarga aylandi, tovar ayirboshlash uchun ishlab chiqarildi. Davr taqozosi bilan hunarmandchilikning yangi-yangi turlari vujudga keldi. Hunarmandlar ham turli mahsulotlar tayyorlash boyicha ixtisoslasha bordilar. Shaharlardagi mahallalar hunarmandlarning kasb-koriga qarab shakllangan (masalan, XX asrning boshlarida Toshkentda ko‘ nchilar, kulollar, egarchilar, beshikchilar, o‘qchilar, kosiblar mahallalari bo‘lgan). 420 XX asrning boshlarida mashinalashgan ishlab chiqarish keng yo‘ lga qoyilishi bilan hunarmandchilik mahsulotlarining tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmi keskin kamaydi. XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib yirik industrial ishlab chiqarish qaror topgan bo‘lsada, hunarmandchilikning mavqeyi saqlanib qoldi. Mini texnologiyaning paydo bo‘lishi hunarmandchilikda tovarlarni yakka tartibda va sifatli ishlab chiqarish imkonini berdi. Bunga milliy ustboshlar, milliy cholg‘u asboblari, mayda asbob-uskunalar, turli yodgorlik buyumlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni kiritish mumkin. Hozirgi hunarmandchilik kichik biznes tarkibidagi yakka mehnat faoliyati va oilaviy korxonalardan iborat. Rivojlangan mamlakatlarda yakka buyurtmalar va qimmatbaho badiiy buyumlar tayyorlaydigan hunarmandchilik sohalarigina (tikuvchilik, etikdo‘zlik, gilamchilik, zargarlik, o’ymakorlik va boshqalar) saqlanib qoldi. O‘zbekiston hududida neolit davridayoq hunarmandchilikning dastlabki muhim tarmog‘i hisoblangan sopol buyumlar ishlab chiqarish va to‘qimachilik vujudga keldi (Xorazm vohasidagi Kaltaminor madaniyati, Surxondaryodagi Sopollitepa va boshqalar). Miloddan avvalgi II asrdan boshlab hunarmandchilik mahsulotlari savdosida Buyuk ipak yo‘ li muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar (Arab xalifaligida po‘ lat, O‘rta Osiyo va Hindistonda shoyi, chinni, qog‘oz) Yevropa bozorlarida qadrlandi. Hindistonda paxtadan nafis mato, Xitoyda ipak mato to‘qiydigan dastgohlar vujudga keldi, Xitoy va O‘rta Osiyoda shisha tayyorlash texnologiyasi takomillasha bordi. IX-X asrlarda O‘rta Osiyoda yirik hunarmandchilik markazlari paydo bo‘ldi. Ip mato, gilam (Urganch, Shosh), shoyi (Marv), mis va temirdan yarog‘-aslaha, pichoq tayyorlash (Farg‘ona), shoyi matolar, shisha mahsulotlari tayyorlash (Buxoro) avj oldi. XIII asrda mo‘g‘ullar bosqini hunarmandchilik rivojiga zarba berdi. Temuriylar davlatining vujudga kelishi hunarmandchilik rivojiga juda katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Hunarmandchilikning ijtimoiy strukturasida usta, xalfa va shogird kabi ijtimoiy toifalar mavjud bo‘lgan. Hunarmandchilikning ichki tartib va qoidalarini uning nizomi sifatidagi "Risolalar" belgilab bergan. Har bir kasbning o‘z rahnamosi, ya’ni piri va "Risolasi" bo‘ lgan, avloddan-avlodga o‘tuvchi odatlari va udumlariga rioya etilgan. 421 Masalan, ish boshlashdan oldin usta o‘z pirini yodga olib undan madad so‘rash, shogirdiga fotiha berish kabi odatlarga amal qilingan. XX asrning 20 - yillarida hunarmandlarning asosiy qismi dastlab artellarga, keyinchalik, zavod, fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga jalb qilindi. Ularga xom ashyo, material, asbob-uskunalar davlat tomonidan yetkazib beriladigan, yaratilgan mahsulotlar do‘konlarda sotiladigan bo‘ldi. Iste’dodli hunarmandlar ijodiy tashkilotlarga qabul qilindi, amaliy bezak san’ati rivojlantirildi (masalan, 1930-yilda Toshkentda o‘quv-ishlab chiqarish kombinati tashkil etilib, yosh hunarmandlar unda ta’ lim oldilar, 1968 - yilda Buxoroda kandakorlar maktab ustaxonasi, 1978 - yilda Qo‘qonda yog‘ och oymakorligi maktab ustaxonasi tashkil topdi). O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng hunarmandchilik rivojida yangi davr boshlandi, xalq hunarmandchiligi bozor qoidalari zamirida qaytadan tiklandi. O‘zbekistonda mahalliy sanoat korxonalarining birinchilar qatori xususiylashtirilishi natijasida mayda davlat korxonalari hunarmandlarning xususiy korxonalariga aylantirildi, yangi hunarmandchilik korxonalari ochildi. Hunarmandlar faqat ichki bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi. Hunarmandchilikning tashkiliy shakli ham o‘zgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi mehnat faoliyati shaklida rivojlana bordi. 1995-yil 24-25- oktabrda Toshkentda BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda O‘zbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-Respublika yarmarkasi o‘tkazildi. 1997-yilda respublika xalq amaliy san’ ati va hunarmandlari ustalarining "Usto" ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil topdi. Respublika Prezidentining 1997-yil 31-martidagi "Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘ li bilan qo‘llab-quvvatlash choratadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni va boshqa tadbirlar O‘zbekistonda hunarmandchilikning tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan ba’zi turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega bo‘ ldi. Hunarmandlar dastlab O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar palatasiga, so‘ ngra savdo-sanoat palatasiga kirdilar. Ular maxsus tashkilot — "Hunarmand" Respublika uyushmasiga birlashtirildi. Hunarmand subyektlari O‘zbekistonda tadbirkorlar, hunarmandlar va fermer xo‘ jaliklarining har yili o’tkaziladigan "Tashabbus" respublika ko‘ rik-tanlovida ishtirok etadilar. 422 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. N. Jo‘rayev, T. Fayzullayev. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. – T., 2019. 2. S. Bekmurodova. Texnologiya fanini o‘qitishga yangicha yondashuv. Metodik qo‘llanma. – T.: «Delta print», 2017. 3. «Maktab va hayot» jurnali. 2017-yil. 7-son.
Xalqhunarmandchiligimoddiymadaniyatimizningengqadimiymuhimturlaridanhisoblanadivatasviriyhamdaamaliysan`atningko’pdan-ko’psohalaribilanuyg`unlashibketadi. Ammo, tasviriyvaamaliysan`at, buyumlargabadiiyishlovberishjarayonininghamdaxalqhunarmandchiliginingo’zigaxosligi, yo’llarini, xususiyatlarini, o’xshashliklarinivaqolaversa, bir-biridanfarqlariniajratishmuhimdir. Shuninguchun, quyidatasviriyvaamaliysan`at, xalqhunarmandchiliginingmavjudta`riflaritaqqoslanadi:
Tasviriysan`at– rangtasvir, haykaltaroshlik, grafikanibirlashtirgannafissan`atturi;voqealikni, uningosonginailg`abolinadiganfazoviyshakllardako’rgazmaliobrazlardaaksettiradi.
Amaliysan`at, amaliybezaksan`ati– bezaksan`atisohasi; ijtimoiyvashaxsiyturmushdaamaliyahamiyatgaegabo’lganbadiiybuyumlartayyorlashvakundalikturmushashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnatqurollari, kiyimkechaklari, taqinchoqlar, oyinchoqlarvaboshqalar)nibadiiyishlashbilanbog`liqijodiymehnatsohalarinio’zichigaoladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling