I-80-2 guruh talabasi Bozorov Laziz Latipovichning
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati va ularda innovatsiya strategiyasini shakllantirish
Download 145 Kb.
|
Laziz Innovatsiya tushunchasi va ularga
4. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati va ularda innovatsiya strategiyasini shakllantirish
O’zbekistonda mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga yo’l ochilishi bilan tadbirkorlikni rivojlantirishning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi: xususiy mulkchilikning iqtisodiyotda alohida mavqega ega bo’lishi va mulk shakllari teng huquqliligining ta’minlanishi; tadbirkorlik va tanlash erkinligi; foyda va daromad olishga intilish; raqobat va raqobatchilik muhiti; narx erkinligi; davlatning iqtisodiyotga, xususan tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvining cheklanganligi; Tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari quyidagi sifatlarini belgilab beradi: mustaqil xo’jalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, narx belgilash va tasarruf qilish erkinligi; ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga bo’lgan mulkchilik huquqlarining ta’minlanishi; erkin tadbirkorlikni ta’minlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq imtiyozlari, tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi; etarli moliyaviy mablag’, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega bo’lish, iqtisodiy xavf-xatarga qo’l ura bilish va hokazolar. Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subektlar teng huquqli bo’lib, raqobat muhitida o’z faoliyatini olib borish imkoniyatlariga ega bo’lishadi. Erkin raqobat muhitini yaratilishi va uni tobora kuchayib borishi xo’jalik yuritish sub’ektlari zimmasiga ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, doimiy tarzda rivojlanishni, yangilanishni, raqobatbardosh bo’lishni yuklaydi. Bunday sharoitda oddiy xo’jalik yuritish naf keltirmaydi, raqobatbardoshlikni taminlamaydi, bankrotlikka olib keladi. Shuning uchun ham erkin raqobat muhitida faoliyat yuritish xo’jalik yurituvchilar zimmasiga anchagina ma’suliyat vazifalarini belgilab, ularni ta’minlab borishni yuklaydi. Raqobatbardoshlikka erishish va uni doimiy ravishda ta’minlash xo’jalik yurituvchi sub’ekt zimmasiga mulkiy shaklidan qat’iy nazar, tadbirkor bo’lishni, rivojlanish yo’lini tanlab olishni, iqtisodni belgilab olish vazifalarini yuklaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bunday sharoitdagi asosiy vazifasi raqobatbardoshlikni ta’minlagan holda o’z maqsadiga erishishdir. Raqobatbardosh mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqarish va ayni paytda yuqori daromadga erishish xo’jalik yurituvchi sub’ektdan izlanuvchi ijodkor bo’lishni, yangiliklarni doimiy joriy etishni, yaratuvchan bo’lishni, yangi ishni amalga oshiruvchi, fan va texnika yutuqlari natijasidan oqilona foydalanuvchi, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi xo’jalik yuritishni yangi tashkiliy jihatlarini targ’ib etuvchi, boshqaruvni takomillashtiruvchi, bozorni tadqiq etuvchi bo’lishni, tovarlarni yangi turlarini ishlab chiqaruvchi, resurs tejash usullaridan foydalanuvchi, raqobat muhitiga moslashuvchi, novator bo’lishni, barcha innovatsiyalarini o’z faoliyatiga kiritib boruvchi bo’lishni, uddaburonlik va hokazolarni talab etadi. Shunday ekan, har qanday xo’jalik yurituvchi sub’ekt birinchi navbatda tadbirkor sifatida innovatsiya faoliyatini yuritishi zarur. xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini oddiy yo’l bilan olib borar ekan, u erta yoki kech raqobat muhitida engiladi, ko’zlagan maqsadiga erisha olmaydi, rivojlana olmaydi, oxir oqibatda engiladi, bankrotlikka uchraydi. Shuning uchun ham har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini innovatsiyalar asosida amalga oshirishi zarur. Albatta innovatsiyalar keng qamrovlidir. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’z faoliyatini tanlov asosida tashkil etar ekan, u innovatsiyalar qamrovini ham aniqlab olishi, novatorlik yo’li bilan rivojlanib borishni belgilab olishi zarurdir. Innovatsiya strategiyasi korxonaning tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik, boshqaruv va boshqa tuzilmaviy salohiyatidan kelib chiqib shakllantiriladi. Innovatsiya strategiyasi o’zining qamrovi, muddatlari, sohalari, yo’nalishlari bilan farqlanadi. Innovatsiya strategiyasi korxonaning o’z imkoniyatlari hamda iqtisodiyotning bozor infratuzilmaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib shakllantiriladi. Ko’p hollarda innovatsiya strategiyasi iqtisodiyotdagi umumiy muhit bilan, erkin raqobat muhiti holati bilan, soha va tarmoqlardagi holat, ishlab chiqarish, texnologik, tadbirkorlik salohiyatlari va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib shakllantiriladi. Korxona faoliyati tanlov asosida tashkil etilishi uni u yoki bu innovatsiya strategiyalarini ishlab chiqishga undaydi. Innovatsiya strategiyasini shakllantirish yuqorida qayd etilganidek innovatsiya loyihasi sifatida shakllantiriladi. Innovatsion loyihalar portfeli ko’pgina hollarda ular tarkibidan tanlovni tashkil etish imkoniyatini beradi. Innovatsion loyihalar muayyan muddatlarga tuzilib o’zlarining turli jihatlari bilan farqlanadi. Ularga xos bo’lgan umumiy jihatlar shundan iboratki, barcha innovatsion loyihalar o’zlarining hayotiy tsikl va fazalariga egadir. Innovatsion loyihalar texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanadi, ularni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi, manbali tahlil qilinadi, aniq maqsadlari samaralari hisoblanadi. Innovatsion loyihalar bo’lajak natijalari samarali taqqoslanadi, hayotiy tsikl jarayonidagi fazalaridagi risklar o’lchanadi, ularni boshqarish yo’li bilan pasaytirish tadbirlari ishlab chiqiladi. Innovatsiya strategiyasi korxona, xo’jalik yuritish sub’ektlari uchun aniq yo’nalishlar bo’yicha rivojlanib borish, erkin raqobat muhitida o’z mavqesini mustahkamlab borish, moliyaviy holatni barqarorligini ta’minlash, yuqori daromadlar olish va boshqa imkoniyatlarni kengaytirib borishni ta’minlaydi. Innovatsiya strategiyasi innovatsiya loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes-rejasi ishlab chiqiladi va istiqboli belgilanadi. Innovatsiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor xo’jalik yurituvchi sub’ekt yoki korxona salohiyatiga, bilimlar darajasiga, ijodiy yondoshuvga, yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega bo’lishga, o’rnatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni bilishga va qator boshqa omillarga bog’liqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati salohiyati uning innovatsiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi. Innovatsiya sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor holatidan kelib chiqib, uni istiqbolini belgilash va faoliyat tanlovini aniq amalga oshirishdir. Asosiy adabiyotlar 1.Vaxobov A.V., Xojibakiev Sh.X., Mo’minov N.G. “Xorijiy investitsiyalar”. O’quv qo’llanma.- T.: Moliya, 2010.-328 b. 2.Вахабов А.В., Разыкова Г.Х., Хажибакиев Ш.Х. Иностранные инвестиции и модернизация национальной экономики. Монография. Т.: Молия, 2011.-300 с. 3.Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Ne’matov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. O’quv qo’llanma. –T.:Iqtisodiyot, 2010.-166 b. 4.Mamatov B., Xujamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. – 608 b. 5.Kayumov R.I., Xojimatov R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: Darslik. - T.: TDIU, 2010. - 496 b. 6.Karlibaeva R. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: O’quv qo’llanma. - T.: Cho’lpon, 2011.-124 b. 7.Raimjonova M.A. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. T.: “Extremum-press”, 2013.-176 b. 8.Toshov O. Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish. T.: “Akademnashr”, 2012.-165 b. 9.Хазанович Э.С. Иностранные инвестиции: Учебное пособие/ Э.С.Хазанович.2-е изд., стер.-М.:КНОРУС, 2011.-312с. 10Xashimov A.A., Madjidov Sh.A., Muminova N.M. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. - T.: Sharq matbaa nashriyot uyi, 2014.-208 b. 11.Шевчук Д.А. Организация и финансирование инвестиций. -Ростов на Дону.: Феникс, 2006.-272 с. 12.Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирование инвестиций. Учебное пособие. – М.: Финансы и статистика, 2001. – 272 с. 1 А.В.Бусыгин. Предпринимательства. – М.: Дело, 2001. 176с. 2 Р.А.Фатхутдинов. Инновационный менежмент. – М.: Интел – Синтез. 2000. 9с. Download 145 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling