I. A. Karimov Mаmlаkаtimiz mustaqilikka erishgandan buyon judа kаttа yutuqlаrgа erishdi vа shu bilаn birgа judа kаttа o’zgаrishlаrni bоshidаn kеchirmоqdа
Download 291.6 Kb.
|
2-kurs 201-guruh Tohirov Doniyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erituvchilar muz , o C
- II Amaliy qism. 2.1 Bekman termometrini sozlash.
A
Tqay yrim erituvchilarning krioskpik va ebuloskopik doimiyligi
II Amaliy qism. 2.1 Bekman termometrini sozlash. Haroratni katta bo‘lmagan o‘zgarishini o‘lchash uchun Bekmanning metastatik termometridan foydalaniladi (5-rasm). Bu termometr oddiy termometrlardan yuqori qismidagi simob uchun qo‘shimcha 4 rezervuar borligi bilan farq qiladi. Bu rezervuar termometr pastki qismida joylashgan I rezervuardagi simob miqdorini o‘zgartirishga imkon beradi.Termometr simobini yuqoridagi yoki pastdagi rezervuarlarga o‘tkazish orqali kerak bo‘lgan harorat uchun moslashga imkon beradi. Odatda bunday termometr bo‘limlari 5-6 darajaga bo‘lingan bo‘lib, har bir bo‘linmaning qiymati 0,01 gradusga tengdir. Bunday termometrlar orqali maxsus kattalashtiruvchi oynakdan foydalanilgan holda harorat qiymatini 0,002-0,003 gradus aniqlikda o‘lchasa bo‘ladi. Ishni bajarishdan avval termometr simob sathi belgilangan haroratga moslangan bo‘lishi kerak. Masalan, krioskopik o‘lchash vaqtida belgilangan harorat, bu erituvchining muzlash haroratidir. Suv bilan ishlanayotgan vaqtda simob sathi taxminan 0°C ga to‘g‘ri kelishi kerak. Buning uchun, ya‘ni nol nuqtani belgilash uchun termometrni eriyotgan muzga tushiriladi va simob sathini belgilab olinadi. Simob sathi termometr bo‘limlarining pastki qismida bo‘lsa, yuqoridagi rezervuardan pastki rezervuarga simob tushiriladi. Bu ishni amalga oshirish uchun termometrni to‘ntargan holda yuqori qismini bir qo‘l bilan pastki simob qismini ikkinchi qo‘l bilan ushlab turib asta siltaniladi. Bu vaqtda pastki qismdagi simob yuqori tomon siljiy boshlaydi va yuqori qismdagi simob bilan tutashadi. Shundan so‘ng termometr asta to‘ntariladi. Bu davrda yuqori rezervuar 4 pastki I rezervuardan ozgina yuqoriroq qiya holda ushlanishi kerak, aks holda yuqoridagi simob bilan pastki rezervuar simobi orasida uzilish sodir bo‘lishi mumkin. Natijada yuqori qismdagi simob pastki qismga o‘ta boshlaydi.Ishni tezlatish uchun termometr pastki qismini sovutish kerak. Buning uchun jumrakdan oqayotgan sovuq suvdan foydalansa bo‘ladi. Yuqori qismdagi simob miqdori o‘zgarmay qolgandan so‘ng, termometrni vertikal holga keltirib, muzga tushirish kerak.Bir necha minutdan so‘ng termometr muzdan olinadi va ung qo‘l bilan termometrning o‘rta qismidan ushlab, chap qo‘l bosh barmog‘i bilan termometr yuqori qismidagi simob ulangan joyga asta chertiladi.Bunda simobning yuqori rezervuaridan uzilishiga erishish lozim. So‘ngra termometr yana muzga tushiriladi va muvozanat nuqtasi aniqlanadi. Simob sathi mo‘ljallangan nuqtadan yuqorida to‘xtasa, pastki rezervuarni qo‘l bilan isitiladi va yuqorigi rezervuar tepa qismida yig‘ilgan simob tomchisini asta chertib tushirib yuboriladi.Bu ishni simob ustuni kerakli nuqtada to‘xtamaguncha bir necha marotaba qaytariladi. Termometrni muzdan olingandan so‘ng, u xona haroratigacha isiydi, natijada termometr yuqori qismidagi rezervuar tepa qismida simob tomchi ko‘rinishida yig‘iladi. Shu yig‘ilgan tomchini tushirib yubormaslikka e‘tibor berish kerak, aks holda termometrni qaytadan sozlash lozim bo‘ladi. Shuning uchun termometrni tajriba tugaguncha muzli idishda saqlash kerak. Endi ebulioskopik o‘lchash vaqtida belgilangan harorat, bu erituvchining qaynash haroratidir. Suv bilan ishlanayotgan vaqtda simob sathi taxminan 100°C ga to‘g‘ri kelishi kerak. Buning uchun, ya‘ni nol nuqtani belgilash uchun termometrni qaynayotgan distillangan suvga tushiriladi va simob sathini belgilab olinadi. Simob sathi termometr bo‘limlarining pastki qismida bo‘lsa, yuqoridagi rezervuardan pastki rezervuarga simob tushiriladi. Bu ishni amalga oshirish uchun termometrni to‘ntargan holda yuqori qismini bir qo‘l bilan pastki simob qismini ikkinchi qo‘l bilan ushlab turib asta siltaniladi. Bu vaqtda pastki qismdagi simob yuqori tomon siljiy boshlaydi va yuqori qismdagi simob bilan tutashadi. Shundan so‘ng termometr asta to‘ntariladi. Bu davrda yuqori rezervuar 4 pastki I rezervuardan ozgina yuqoriroq qiya holda ushlanishi kerak, aks holda yuqoridagi simob bilan pastki rezervuar simobi orasida uzilish sodir bo‘lishi mumkin. Natijada yuqori qismdagi simob pastki qismga o‘ta boshlaydi.Ishni tezlatish uchun termometr pastki qismini sovutish kerak. Buning uchun jumrakdan oqayotgan sovuq suvdan foydalansa bo‘ladi. Yuqori qismdagi simob miqdori o‘zgarmay qolgandan so‘ng, termometrni vertikal holga keltirib, qaynayotgan distillangan suvga tushirish kerak.Bir necha minutdan so‘ng termometr muzdan olinadi va ung qo‘l bilan termometrning o‘rta qismidan ushlab, chap qo‘l bosh barmog‘i bilan termometr yuqori qismidagi simob ulangan joyga asta chertiladi.Bunda simobning yuqori rezervuaridan uzilishiga erishish lozim. So‘ngra termometr yanaqaynayotgan distillangan suvga tushiriladi va muvozanat nuqtasi aniqlanadi. Simob sathi mo‘ljallangan nuqtadan yuqorida to‘xtasa, pastki rezervuarni qo‘l bilan isitiladi va yuqorigi rezervuar tepa qismida yig‘ilgan simob tomchisini asta chertib tushirib yuboriladi.Bu ishni simob ustuni kerakli nuqtada to‘xtamaguncha bir necha marotaba qaytariladi. Kalorimetrik o‘lchash ishlarini bajarayotganda Bekman termometrini kalorimetr suyuqligi haroratiga mos holda, yuqoridagi shartlarni bajargan holda sozlaniladi.Simob sathini belgilashda o‘qituvchi bilan maslahatlashish lozim. Download 291.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling