I. A. Karimov Mаmlаkаtimiz mustaqilikka erishgandan buyon judа kаttа yutuqlаrgа erishdi vа shu bilаn birgа judа kаttа o’zgаrishlаrni bоshidаn kеchirmоqdа
Download 291.6 Kb.
|
2-kurs 201-guruh Tohirov Doniyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o’rganganlik darajasi
- O’rganishning ahamiyati
Mаvzuning dоlzаrbligi:Fizikaviy kimyo katta amaliy ahamiyatga ega. Fizikaviy kimyo fani kimyoviy jarayonlarning vaqt ichida sodir bo’lishi tezliklari hamda kimyoviy muvozanat qonunlarini tadqiq etishga qaratilgan. Turli hil kimyoviy maxsulotlar sintezining texnologik jarayonlari, ishlab chiqarishda katalitik jarayonlardan foydalanish va boshqalar fizikaviy kimyoning qonunlariga asoslangan. Kimyoviy reaksiyalarning amalga oshish shartlarini bilish natijasida biz kimyoviy jarayonni boshqarish, ya’ni texnika manfaatdor reaksiyalarni korxonalar masshtabida eng maqbul sharoitda tez va to’liq o’tkazishni ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. O’zbekiston Respublikasida kimyo sanoatining rivojlanishi mamlakatimiz mineral boyliklarini o’g’itlarni fizik-kimyoviy tahlil usullari bilan tekshirish ishlarini jadallashtirishni taqozo etadi.
Mavzuni o’rganganlik darajasi:Fizikaviy kimyo fani kimyoviy jarayonlarning vaqt ichida sodir bo’lishi tezliklari hamda kimyoviy muvozanat qonunlarini tadqiq etishga qaratilgan. Kimyoviy reaksiyalarning amalga oshish shartlarini bilish natijasida biz kimyoviy jarayonni boshqarish, ya’ni texnika manfaatdor reaksiyalarni korxonalar masshtabida eng maqbul sharoitda tez va to’liq o’tkazishni ta’minlash imkoniyatiga ega bo’lamiz. O’rganishning ahamiyati:Fizikaviy kimyoni ahamiyati kun sayin ortib bormoqda; buning sababi shundaki, fizikkimyoviy tadqiqotlar metallurgiya, neft sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligini rivojlantirishdagi masalalarni yechishda katta yordam ko’rsatmoqda. Agrokimyo, tuproqshunoslik, o’simliklar fiziologiyasi, mikrobiologiya, biokimyo, ekologiya va boshqa juda ko’p fanlar fizikaviy kimyosining metodlari va asosiy nazariy holatlaridan keng foydalaniladi. Jumladan, kimyoda,umuman kundalik turmushda, sanoat va tibbiyotda eritmalarni o’rni haqida gapiradigan bo’lsak Eritmalar turmushda, sanoatda, tibbiyotda va ayniqsa farmatsiyada katta ahamiyat kasb etadi. Qon plazmasi, limfa, orqa miya suyuqligi va organizmdagi boshqa suyuqliklar eritmadir. Organizm hayot faoliyatida ham eritmalar muhimdir. O’simliklar organizimiga mineral o’gitlar, ozuqa moddalari suvda erigan holda kiradi. Hayvon organizmida esa Qon plazmasi, limfa, miya suyuqligi va organizmdagi boshqa suyuqliklar ham eritmalardir. Ko’pgina kimyoviy jarayonlar faqat eritma holdagina sodir bo’ladi. Eritmalar xossalarini o’rganish, ular bo’ysunadigan qonuniyatlarni bilish sanoat amaliyotida eritmalarga duch kelganda albatta ularga amal qilishni taqozo etadi. Xususan, Ushbu kurs ishida biz eritmalar xossalari va ularga bog’liq bo’lgan qonuniyatlar hamda eng asosiysi eritmalar qaynash haroratini ko’tarilishi haqida kengroq tanishamiz. Download 291.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling