I. A. Karimov Mаmlаkаtimiz mustaqilikka erishgandan buyon judа kаttа yutuqlаrgа erishdi vа shu bilаn birgа judа kаttа o’zgаrishlаrni bоshidаn kеchirmоqdа


D.I.Mendeleevning eritmalarga oid gidratlar nazariyasi


Download 291.6 Kb.
bet4/14
Sana09.04.2023
Hajmi291.6 Kb.
#1343497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-kurs 201-guruh Tohirov Doniyor

D.I.Mendeleevning eritmalarga oid gidratlar nazariyasi.
D.I.Mendeleev eritmalar soxasida ilmiy tekshirish ishlari olib borib, 1887 yilda o‘zining “gidratlar nazariyasi” sini yaratdi. Bu nazariyaga binoan, erish jarayoni o‘ziga xos fizik kimyoviy jarayon bo‘lib, uning natijasida eruvchi modda bilan erituvchi suv reaksiyaga kirishib gidratlar, ya’ni eritmaga o‘tadigan molekulyar birikmalar xosil qiladi. D.I.Mendeleev eritmalar konsentratsiyasining o‘zgarishi bilan ularning solishtirma og‘irligi ham o‘zgarishini mukammal tekshirdi. Tekshirish natijalariga asoslanib, grafik tuzdi; Bunda abssissalar o‘kiga eritmaning konsentratsiyasi (R) ni, ordinatalar o‘qiga eritmaning solishtirma og‘irligi(S) ning konsentratsiyasi o‘zgarishi bilan o‘zgarishini,ya’nidSd’ xosilasini qo‘ydi. D.I.Mendeleev sulfat kislota eritmalarini tekshirib, quyidagi deogrammani hosil qildi.
Bu diogrammadagi egri chiziqning uzuq-uzuq joylari D.I.Mendeleev fikrichi quyidagi birikmalarga to‘g‘ri keladi.
H2SO4 H2O ; H2SO4  2H2O ;
H2SO4 6H2O ;H2SO4 150H2O ;
D.I.Mendeleev boshqa moddalarning eritmalarini tekshirish bilan ham shu kabi xulosalarga keldi. Shunday qilib, D.I.Mendeleev nazariyasiga muvofiq, eritmalar aniq tartibli beqaror birikmalar bo‘lib, ular qisman dissotsilangan bo‘ladi, erituvchi va ularning o‘zaro ta’sir eritish maxsulotlaridan iborat bir jinsli sistemadir.
Eritmalar tabiati va erish mexanizmi.
Erish jarayonining tabiati murakkabdir. Erishning muhim omili - erigan modda va erituvchining diffuziyasidir. Erish jarayonida o’zaro turli xil kimyoviy va fizikaviy xarakterdagi ta’sirlashuvlar ro’y beradi, ya’ni eritmalarda bo’ladigan erish, diffuziya va kristallanish jarayonlarifizikaviy hodisalar bo’lib, erigan modda molekulalarining gidratlanishi, gidroliz va neytrallanish jarayonlari kimyoviy hodisalardir. Fan taraqqiyoti davomida eritmalar tabiati ikki xil – fizikaviy va kimyoviy nuqtai nazardan tushuntiriladi.
Fizik nazariya ( S.Arrenius, V.Osvalьd, Ya.Vant-Goff ) bo’yicha erish erigan moddaning erituvchi ichida bir tekis tarqalish jarayonidir.
Kimyoviy nazariya asoschilari (D.I.Mendeleev (1834-1907), I.A.Kablukov, N.S.Kurnakov;) 1887y. «Gidratlar nazariyasi») erish jarayonida kimyoviy ta’sirlashuvlar muhimligini isbotlab berishdi. Bunda erituvchi va eruvchi modda molekulalari orasida
1.Ion-dipol ta’sirlashish (NaCl kabilarni erishi)
2.Dipolь-dipol ta’sirlashish (molekulyar strukturaga ega bo’lgan organik moddalarni erishi);
3.Donor-aktseptor ta’sirlashish (akvakomplekslar hosil bo’lishi) ro’y berishi mumkin.
Hozirgi zamon nazariyasi bu ikkala qarashlarni birlashtiradi. Erish jarayoni har xil qutblangan molekulalarning bir-biri bilan ta’sirlashishi deb tushuntiriladi. Demak, erish jarayonida solьvatlar hosil bo’lishi, rangni o’zgarishi va boshqalar eritma komponentlari orasida kimyoviy o’zgarishlar sodir bo’lishini ko’rsatadi. SHunday qilib, zamonaviy tushuncha bo’yicha erish fizik-kimyoviy jarayondir.

Download 291.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling