I. A. Karimov Mаmlаkаtimiz mustaqilikka erishgandan buyon judа kаttа yutuqlаrgа erishdi vа shu bilаn birgа judа kаttа o’zgаrishlаrni bоshidаn kеchirmоqdа


Download 291.6 Kb.
bet3/14
Sana09.04.2023
Hajmi291.6 Kb.
#1343497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2-kurs 201-guruh Tohirov Doniyor

I Asosiy qism.
1.1 Eritmalarning umumiy tavsifi. Ularning klasifikatsiyasi.
Eritmalar tabiatda uchraydigan murakkab moddalarning bir turidir.O’zgaruvchan tarkibli – ikki va undan ortiq moddalardan va ularning o’zaro ta’sir mahsulotlaridan tashkil topgan muvozanat holatidagi bir jinsli (gomogen) sistema eritma deyiladi. YoKI: Erituvchi molekulalari bilan erigan modda molekulalari orasida doimiy fizik – kimyoviy o’zgarishlar bo’lib turadigan gomogen sistema eritma deyiladi.
Eritmani tashkil etuvchi moddalar komponentlar deyiladi. Har qanday eritma erituvchi va erigan moddadan tashkil topadi. Bunda erigan modda erituvchi ichida mayda zarrachalar, molekulalar va ionlar holida tarqalgan bo’ladi.
1) Erituvchi (m1) – eritma tayyorlanganda o’z agregat holatini saqlab qolgan komponent; agar aralashayotgan moddalarning agregat holatlari bir xil bo’lsa, massa yoki hajm jihatdan ko’proq olingan modda.
2) Erigan modda (m2) – eritma tayyorlanganda o’z agregat holatini saqlamagan komponent; agar aralashayotgan moddalarning agregat holatlari bir xil bo’lsa, massa yoki hajm jihatdan kamroq olingan modda.
Lekin bu tushuncha qandaydir miqdorda shartlidir, aslida termodinamik jihatdan eritmaning barcha komponentlari teng bo’ladi.
Suv va spirtning nisbatiga qarab, spirt ham, suv ham erituvchi bo’lishi mumkin.
Eritma bir jinsliligi bilan oddiy aralashmalardan farq qiladi.Ayni bir jinsliligi bilan kimyoviy birikmalarga o‘xshaydi. Ba’zi moddalar (suvda va boshqa erituvchidarda) eriganda issiqlik chiqish uchun ham erish bilan kimyoviy birikish orsida o‘xshashlik borligini ko‘rsatadi. Masalan, sulfat kislota suvda eriganda issiqlik chiqish eritmalarning kimyoviy birikmalardan farqi shundaki, birikma doimiy tarkibga ega bo‘lgani xolda eritmani tashkil qilgan moddalarning miqdori orasidagi nisbat keng chegarada o‘zgarishi mumkin.
Eritma tarkibini o‘zgaruvchanligiga ko‘ra mexanikaviy aralashmaga o‘xshaydi, lekin bir jinsligi jixatdan ulardan farq qiladi. Shunday qilib, eritma mexanikaviy aralashma bilan kimyoviy birikma o‘rtasidagi oraliq xolatni egallaydi. Eritmaga o‘tgan modda o‘z individualligini yo‘qotib, eritmaning kom’onenti bo‘lib qoladi. Eruvchi modda erituvchi ichida mayda zarrachalar, molekulalar va ionlar xolida tarqalgan bo‘ladi.
Eritmalarda ham xuddi gazlardagiga o‘xshash, diffuziya jarayoni sodir bo‘ladi. Eritish vaqtida diffuziya katta axamiyatga ega. Masalan, qattiq jism suvga tushirilganda jismning sirtidan molekulalar ajralib chiqadi va diffuziya tufayli erituvchiga barovar tarqaladi. Erish vaqtida erish jarayoniga qarshi kristallanish jarayoni modir bo‘ladi. Demak, bu yerda qarama-qarshi ikki jarayon kechadi.Dastlab erish jarayoni tez boradi, eritmada eruvchi modda molekulalarning soni ko’paygandan keyin kristalga o‘tish jarayoni ham tezlashadi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin ikki jarayonning tezligi bir-biriga teng bo‘lib qoladi, ya’ni bir sekundda nechta zarracha eritmaga o‘tsa, xuddi o‘shancha zarracha qaytadan kristallga aylanadi. Bu vaqtda erigan modda bilan erimay qolgan modda orasida muvozanat qaror to’adi, eritma to‘yinadi.
Shunday qilib, erimay qolgan modda bilan cheksiz uzoq vaqt birga mavjud bo‘la oladigan ya’ni muvozanatdagi eritma to‘yingan eritma deb ataladi. Eritma to‘yingandan keyin, uning konsentratsiyasi ortmaydi.To‘yingan eritmaning konsentratsiyasi moddaning eruvchanligini ifodalaydi.Qaysi modda qaysi modada eruvchanligini oldindan aytadigan ilmiy nazariya hozirgacha yo‘q. Faqat bitta em’irik qoidaga tayanib turib, bu to‘g‘rida fikr yuritish mumkin.Bu qoidaga muvofiq, xar bir modda o‘ziga o‘xshash moddada eriy oladi.Masalan, benzol suvda eritmaydi, lekin taluolda eriydi. Shuningdek ko‘chilik orgoanik moddalar va yog‘lar suvda erimaydi. Balki organik erituvchilarda yaxshi eriydi.Boshqacha aytganda, erituvchi ‘olyarmas molekulalardan iborat bo‘lsa, bu erituvchida ‘olyarmas moddalar yaxshi eriydi, ‘olyar moddalar yomonroq eriydi, ionlardan tuzilgan moddalar esa butunlay erimaydi.‘olyar molekulani suyuqliklarda molyar moddalar yaxshi eriydi. Suvda qaysi modda yaxshi va qaysi modda yomon eriydi degan savolga javob berish kerak: kichish radiusli va katta zaryadli ionlardan tashkil to’gan kristall moddalar suvda ham eriydi, katta radiusli va kichik zaryadli ionlardan iborat kristall moddalar yaxshi eriydi.
Moddalarning suvda eruvchanligi bilan D.I.Mendeleev davriy jadvalida joylanishi orasida ma’lum bog‘lanish borligi muqarrar.1794 yilda rus olimi T.Ye.Lovits eritmalarning o‘ta to‘yinish xodisasini kashf etdi.To‘yingan issiq eritma filtrdan o‘tkazilib, qattiq jism zarrachalaridan tamomila ozod qilingandan keyin extiyotlik bilan sovutilsa, eritmadan qattiq jism ajralib chiqmasligi mumkin. Bunday eritmada bo‘lgan eruvchi modda konsentratsiyasi to‘yingan eritmadagiga qaraganda ortiq bo‘ladi. Shunday eritma o‘ta to‘yingan eritma deyiladi. O‘ta to‘yingan eritma barqaror sistema emas, tinch xolatda o‘zoq saqlanishi mumkin. Agar bunday eritmaga eruvchi moddaning kichik kristall tashlansa (yoki eritma silkitilsa), darxol kristallanish sodir bo‘ladi. Masalan, Na2SO4 10H2O tuzlari o‘ta to‘yingan eritmalar xosil qiladi.
Konsentratsiyasi to‘yingan eritma konsentratsiyasidan ‘ast bo‘lgan
eritma to‘yinmagan eritma deyiladi.
CuSO4 5H2O
Na2SO4 10H2O
MgSO4 7H2O
Kal(SO4)2 12H2O

Download 291.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling