7-Amaliy mashg‘ulot Mexanik tozalash inshootlari: panjara, panjara-maydalagich, qum tutgichlar
Download 85.45 Kb.
|
7-амалий саноат
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suzgichdan o‘tkazish
- Rasm. Panjaraning hisobli chizmasi
- Panjara kanalining hisobi.
- Panjara maydalagich hisobi
- Nazorat savollari
7-Amaliy mashg‘ulot Mexanik tozalash inshootlari: panjara, panjara-maydalagich, qum tutgichlar Oqova suvlarni eng ko‘p ifloslantiruvchi moddalar-bu erimaydigan aralashmalar. Yoyilganlik (disperslik) darajasiga ko‘ra ifloslantiruvchi moddalar qo‘pol suspenziyalar, kolloid eritmalar va haqiqiy eritmalarga bo‘linadilar. Diametri 1x10-5 sm ga teng muallaq zarrachalar uzoq vaqt muallaq holatda turaolmaydilar. Ularni cho‘kish yoki ko‘tarilish tezligi zarrachalar zichligi hamda kattaligiga bog‘liq. Mayda zarrachalar (Dus110-5sm) juda uzoq vaqt muallaq holatda bo‘lishi mumkin. Oqova suvlardan qo‘pol disperslangan organik va mineral aralashmalarni ajratib olish uchun asosan 3 ta uslub keng qo‘llanadi: sizgichdan o‘tkazish, gravitatsiya kuchlari maydonida ajratish (tindirish), markazdan qochma kuch maydonida ajratish (sentrifugalash). Suzgichdan o‘tkazish Suzish panjara va tolatutgichlar yordamida bajariladi. Sanoatimiz mexanik panjaralarni bir necha turini ishlab chiqaradi. Ulardan maishiy hamda ishlab chiqarish oqova suvlarini chiqarib tashlashda foydalaniladi. Panjara va panjara – maydalagichlar hisobi. 1. Panjaralar hisobi Panjaralar oqova suv tarkibidagi katta axlat jinslarni ushlab qolish uchun ishlatiladi. ayrim hollarda, ya’ni suv ko‘tarish shaxobchasida tirqishlari 16 mm panjara o‘rnatilgan paytda tozalash shaxobchasining soni, o‘rnatilgan kanal o‘lchamlarini, axlat miqdori, tirqishlar soni, bosim yo‘qolishini aniqlashdan iboratdir. Quyidagi jadvalda panjaralarning texnik ko‘rsatgichlari keltirilgan. Panjaralarning texnik ko‘rsatgichlari 2-jadval.
Rasm. Panjaraning hisobli chizmasi Panjaraning jonli qirqimi quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi. m2 q - maksimal sekund suv sarfi, m3/sek - panjara tirqishidagi suv tezligi, 0,8-1,0 m/s. Jadvaldan bitta ishchi (N=1)va bitta ehtiyot MG-6T markali panjaralar qabul qilamiz. Qabul etilgan panjaralar ko‘rsatgichlari: tirqishlar kengligi v=16 mm; panjara tayoqchalarining qalinligi S=0,008 m; tayoqchalarning qirqimi-to‘rtburchak; panjaraning eni-Vr=2175 mm. panjaradagi kanalning kengligi Vk=2000 mm; panjara oldi kanalining chuqurligi N=3000 mm. Tirqishlarning soni quyidagi ifodadan aniqlanadi: Vr=nv+(n-1)S Panjara oldidagi suv oqimining chuqurligi K1-panjara xaskashining jonli qirqimni kamaytirishini hisobga oluvchi koeffitsent K1=1,05 Gidravlik hisob natijasi quyidagi jadvalda keltirilgan. 3-jadval.
Qabul qilingan kanal to‘g‘ri to‘rt burchakli qirqimga ega bo‘lib, balandligining eniga nisbati ikkiga teng bo‘lishi lozim. Muallaq zarrachalar cho‘kmaga tushmasligi uchun bevosita panjara oldidagi oqim tezligi 0,4 m/s ortiq bo‘lishi kerak. Ushbu shartni tekshiramiz: m/s>0.4 m/s hmin-minimal sarfdagi oqim chuqurligi, m Panjaradagi bosim yo‘qolishi quyidagi tenglama yordamida aniqlanadi. K-panjaradagi tutilib qolgan axlatlarning bosim yo‘qolishini oshirishm, K=3; -mahalliy bosim yo‘qolish koeffitsienti; Berezinskiy tenglamasi yordamida aniqlanadi: - tayoqcha qirqimining bo‘yi (to‘g‘ri burchakli uchun =50 mm) -gorizontga nisbatan pajara o‘rnatilgan burchak, 600 to‘g‘ri burchakli shaklga ega tayoqchali panjara uchun Bosim yo‘qolishiga teng o‘lchamda panjaradan keyin kanal tubini pasaytirish lozim. Panjara kanalining hisobi. Kanal o‘lchamlari quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi: Kanalning umumiy uzunligi L= 1+ 2+1,5m=0.55+0,28+1,5=2,33 m Panjaralar binosining pol sathi maksimal suv sathidan kamida 0,5 m baland turishi lozim. Ushbu shartni tekshiramiz: ΔZ=H-(hmax+hp)=3.0-(1.6+0.14)=1.26>0.5m Panjara sutka davomida tutiladigan axlatlar hajmi m3/sut – bir yilda bitta odamdan hosil bo‘ladigan axlat me’yori. Tutilgan axlat zichligi 750 kg/m3, namligi 80%, kul qismi 7-8%, soatbay tutilish notekislikgi Ks=2,0 ge teng Axlat vazni: Maksimal soatdagi axlat vazni: /k-k Panjara maydalagich hisobi qiymatni inobatga olib jadvaldan 1 ishchi va 1 extiyot o‘tkazish qobilyati 1000 kg. D-3 markali maydalagichni quyidagi jadvaldan qabul qilamiz. Maydalagichlarni texnik ko‘rsatgichlari 4-jadval.
Maydalagich ishlashi uchun 1t axlatga 40m3 texnik suv berilishi lozim. Suv sarfi: Qsut = 40* R= 40 *8.02=320.8m3/k-k Maydalangan axlat panjara oldidan suvga tashlanadigan yoki bunkerlarga yig‘ilib axlatxonaga jo‘natiladi. Nazorat savollari 1. Panjaralar xisobi. 2. Panjara kanalining hisobi 3. Panjara – maydalagichlar hisobi Download 85.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling