Tutilish. Asosiy iborala
Download 26,64 Kb.
|
1 2
Bog'liqoy tutilishi. quyosh tutilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga doir masalalar yechish
Aim.Uz Tutilish. Asosiy iborala: tutilish, fazalar, Oy tutilishi, Quyosh tutilishi. Oy tutilishi, agar to’linoy fazasi uning orbitasini tugunlari yaqinida (ekliptika yaqinida) vujudga kelganda hosil bo’lishi mumkin. Quyosh tutilishi esa Oyning yangi oy fazasi tugunlar yaqinida vujudga kelganda hosil bo’ladi. Bu shart yarim yil davr farqi bilan, bir yilda ikki marotiba vujudga kelishi mumkin. Oy orbitasi tugunlarini harakati tufayli bu davr yarim yildan 10 kunga qisqadir. Yil davomida eng ko’pi bilan uchta (Quyosh, Oy, Quyosh) tutilishi, kami bilan bitta Quyosh tutilishi bo’lishi va birorta Oy tutilishi bo’lmasligi mumkin. Yer soyasining kesimi yuzi Oy masofasida Oyning ko’ndalang kesimi yuzidan katta bo’lganda, Yerning mos yarim shari yuzining barcha joylaridan, bir xilda Oy bir vaqtda tutilishda ko’rinadi. Quyoshning to’la tutilishi esa, Yerning Oy soyasi tushgan joylaridangina ko’rinadi. Oy soyasi esa ketma – ket Yerning turli joylariga ko’chadi. Oyning yarim soyasi tushgan Yerning sohalaridan esa Quyoshning qisman tutilishi vujudga keladi. Agar Quyosh tutilishi paytida Oy Apogeyda bo’lsa, halqa shaklidagi tutilishni hosil qiladi, chunki bu holda Oy Quyoshdan kichikdir. Oy tomonidan Yer yuzida chizadigan soya polosaning kengligi tor bo’lib, natijada har qanday bunday joydan Quyosh tutilishi Oy tutilishiga ko’ra kam ko’rinsa, Yer uchun bo’lsa buning aksidir. 18 yil 11 kun (qabisa yillarda 10 kun bunday yillar bu davr davomida 5 marta yuzaga kelgan) davomida, Quyosh 19 marotiba Oyning orbitasini tugunidan o’tgan (19 ajdar yili) bo’lib, bu 242 ajdar Oyi yoki 223 sinodik Oyga tengdir. Shuning uchun 18 yilu 11 kundan keyin Quyosh, Yer va Oyning bir – biriga joylashish tartibi va tutilish xarakteri takrorlanadi, lekin Quyosh tutilishlari boshqa joylarda kuzatiladi. Bu davrga saros deyiladi. Tutilish shartlari, Oy orbitasini ekliptikaga nisbatan qiyaligi, Oy va Quyoshning ko’rinma diametrlari (ular paralakslari), Oy orbitasi tugunlarini harakati va boshqa ko’p sabablarga boqliq bo’ladi.
Javob: Yerning tutilishini kuzatadi, chunki Yer Oyning soyasida bo’ladi.
Javob: Oy o’zining orbitasini Apogey nuqtasida bo’lganida, u Quyoshdan kichik bo’lganligi sababli Quyoshning halqashakl tutilishi yuz beradi. Oy Quyoshdan ham, Yerdan ham kichik bo’lganligi sababli Oyning halqashakl tutilishi yuz bermaydi.
Berilgan: t1=1h44m,6 2=29m,0 t2 - ? Yechish: Vaqtlarning ayrimasi, joylarning uzunlamalari ayrimasiga teng ekanligini va Moskva shahrining uzunlamasini hisob boshi Pulkovo observatoriyasiga nisbatan olinganligi sababli 1=0 va t2=t1+2=1h44m,6+29m,0=2h13m,6 – ga tengdir, ya’ni Oyning to’la tutilishi Moskva vaqti bilan ertalab 2h13m,6 – da kuzatiladi.
Javob: Bo’lishi mumkin. Bo’lishi mumkin emas, chunki Oy tutilishlari epoxasi yarim yildan biroz qisqadir.
Javob: Oy o’zining orbitsini Apogeyidan o’tishida, ko’ndalang kesimi kichik bo’lgan Yer soyasidan o’tsa ham, Kepler qonunlariga asosan Oyning harakat tezligi eng kichik va shuning uchun Oy tutilishini davomiyligi eng katta bo’ladi.
Javob: Ha mumkin, Yer yuzining qutbiy qismlarida.
Yechish: Rasmdan ko’rinib turibdi, ki bo’lib, bundan chunki ga tengdir.
Yechish: Yer soyasi konusi uzunligini x bilan belgilaymiz u holda bo’lib, ekanligini topamiz. Download 26,64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling