I. A. Karimov Mavzuning dolzarbligi


Download 45.53 Kb.
bet2/9
Sana31.01.2024
Hajmi45.53 Kb.
#1831225
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
I. A. Karimov Mavzuning dolzarbligi-fayllar.org

Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq kuchli demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalasi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asosiy vazifa etib belgilab berildi. O’tgan yigirma yildan ziyod vaqt davomida yurtimizda huquqiy davlat qurish yo’lida muayyan natijalarga erishilganini e’tirof etgan holda, bu borada hali oldimizda juda ko’p ishlar turganini ham qayd etish joiz.
Davlatimiz rahbari bu yo’lda qo’yilgan dastlabki qadamlarga to’xtalar ekan, “Biz, eng avvalo, huquqiy asosni tayyorladik. Jamiyatimizning asosiy aqidalari, uning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy yo’nalishlari belgilab berilgan Konstitutsiyamiz ham ana shu asosga qurilgan. Biz qonunchilik bazasini barpo etib, butun davlat tuzilmasini o’zgartirdik”[1], deb qayd etadi.
Biz qachonki “demokratik davlat” degan iborani aytadigan bo’lsak, albatta, “huquqiy” degan so’zni ham qo’shib ishlatamiz. Bugungi kunda xalqimizning siyosiy ongi oshishi bilan “huquq” degan so’z va unga bog’liq bo’lgan “huquqiy davlat”, “huquqiy ong”, “huquqiy madaniyat”, “inson huquqlari madaniyati” kabi istiqlol davri uchun yangilik bo’lgan muhim tushunchalar o’zida ifoda qiladigan maqsadni teran anglash, bu tushunchalarning mohiyatiga yanada chuqur yetib borish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ma’lumki, huquq – davlat irodasini ifodalaydigan va uni kuch bilan himoya qiladigan umumiy majburiy normalar majmui (tizimi). Huquq avvalo fe’l-atvor normalari yoki qoidalari majmuasi, aniqroq qilib aytganda tuzilmasidir. SHu ma’noda, huquq erkinlik me’yorini belgilab yoki chegaralab, majburiyat yuklab va aniqlab, kishilar faoliyatini ijobiy yo’naltirish uchun ularning fe’l-atvoriga faol ta’sir ko’rsatadi.
Jamiyatning ma’naviy olamida ijtimoiy ongning turli shakllari – axloq, madaniyat, san’at, din, fan va boshqalar qatorida huquqiy ong hamda madaniyat ham alohida o‘rin tutadi. Jahon ma’rifiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida ijtimoiy-huquqiy hodisalarga qadriyatlar ta’limoti mezonlari asosida baho berish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bunday yo‘nalish, xususan, o‘zbek huquqshunoslik fanlari uchun ham xos bo‘lib bormoqda.
Huquqshunoslik fanimiz huquqning, butun huquqiy tizimning jamiyatda barqarorlik, huquqiy tartibot va qonuniylik muhitini vujudga keltirish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash borasidagi ahamiyatidan kelib chiqib, ularni nihoyatda muhim ijtimoiy qadriyatlar sifatida tadqiq etadi. Huquqni aksiologik (qadriyatli) o‘rganish aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bilan bog‘liq maqsadli tadbirlarni amalga oshirishda muhim vosita vazifasini o‘taydi. Bugungi taraqqiyot asri ijtimoiy hayotning muhim mezoni hisoblangan huquqning nufuzini yuksaltirishga, uni ma’naviy ne’mat va ijtimoiy demokratik qadriyat tarzida asrab-avaylashga chorlamoqda. Davrning ushbu imperative talabini, qat’iy undovini jamiyat huquqiy ongiga singdirish lozim.
Huquqshunoslik fani huquqni, qonunni, huquq ijodkorlik jarayonini, huquqni qo‘llash faoliyatini, huquqiy tartibot muhiti va qonuniylikni, yuridik amaliyotni va boshqa huquqiy hodisalarni umuminsoniy madaniyat yutug‘I (mahsuli) sifatida talqin etadi. Ushbu huquqiy hodisalarning ijtimoiy ongdagi in’ikosi(aksi)ni ifodalash uchun «huquqiy ong» (ingl. Legal awareness) kategoriyasi kiritilgan. Bu huquq nazariyasida amaldagi huquqni namoyon qiluvchi ijtimoiy ong shakli, qarashlar va his-tasavvurlarning majmui, mavjud huquqiy munosabatlarni huquqiy tushuncha va kategoriyalarda baholash, shuningdek huquqning istiqboli haqidagi qarashlardir.

Download 45.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling