I. A. Karimov nomidagi tdtu qo‘qon filiali Elektronika va elektr texnikasi fakulteti 20 myamt guruhi talabasi
Download 0.52 Mb.
|
QURBONOV ABUBAKR 3.20MYaMT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nanotuzilmalardagi ion bog‘lanishlar
3. Sirtni o‘rganish usullar
Yuqorida inert gazlar (geliy, neon va argon va boshq) atomlari doim kimyoviy bog‘lanishdan qochishi aytib o‘tilgan edi. Ularning o‘zini bunday tutishiga sabab, har bir atom o‘z - o‘zidan turg‘un elektron konfiguratsiyaga ega ekanligidir. Geliyning elektron qobig‘i – 1s2, qolganlariniki Ns2Np6, bunda N – mos kimyoviy qator nomeri. Inert gazdan farqli ravishda boshqa atomlar barqaror elektron konfiguratsiyaga ega emas, shuning uchun boshqa elementlar bilan tezda kimyoviy bog‘lanishga kirishadi. Kimyoviy bog‘lanish hosil qilish qobiliyati valentlik deb ataladi. Nanotuzilmalardagi ion bog‘lanishlar Nanotuzilmalarda kimyoviy bog’lanishlardan tashqari ion bog‘lanishlar ham mavjud. Ular qarama-qarshi zaryadli ionlar orasidagi elektrik tortishuvi natijasida paydo bo‘ladi. “Ion” yunoncha so‘z bo‘lib, “yuruvchi” degan ma’noni beradi, ya’ni ion elektrik maydonda harakat qiladi deganidir. Demak, ion bog’lanish ham nanotuzilmalarning fizikaviy xossalarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Quyida ion bog’lanishga oid ba’zi ma’lumotlarni ko’rib chiqaylik. Plank va Bor farazlariga asosan, har bir elektron energiyasi atomda kvantlangan bo‘lib, faqat ma’lum bir energetik sathlarga (orbitalarga) to‘g‘ri keluvchi aniq qiymatlarni qabul qiladi. Elektron bir sathdan ikkinchisiga o‘tishi mumkin, bunda fotonlar yutilishi va nurlanishi mumkin. Fotonni yutib elektron yuqori orbitaga chiqadi, natijada elektronni yadro bilan bog‘lovchi kuch kamayadi. Agar elektron yadroning tortishish kuchini yengib butunlay “ozod” bo‘lsa va atomni tark etsa, atomning ionlashishi sodir bo‘ladi. Bunda atom musbat ionga aylanib, kation deb ataladi va (+) ishorasi bilan belgilanadi. Na+ , Ag+ natriy va kumushning kationlari. Agar atom aksincha o‘ziga ko‘shimcha elektronlar qabul qilsa, oshiqcha elektronlar zaryadlari atomni manfiy ionga aylantiradi, uni anion deyilib (-) ishorasi bilan belgilanadi. Sℓ-, O- - xlor va kislorod anionlari. Eslatib o‘tamiz, kimyoviy bog‘lanishni atomlarning o‘ziga eng «yaqin» inert gaz atomi singari barqaror elektron konfiguratsiyaga intilishi maxsuli deb tushuntiriladi. Mendeleev davriy jadvalining neon (1s12s22p6) atomi qatnashgan ma’lum bir qatorini ko‘rib chiqamiz. Kimyoviy modda belgisidan keyin qavs ichida K- , L- va M-elektron qobig‘idagi elektronlar soni ko‘rsatilgan: Natriy atomidan bitta elektron chiqarilsa, neonga o‘xshash barqaror elektron konfiguratsiyaga ega bo‘lishi mumkin. Na(2.8.1) → Na(2.8) + ye . Hosil bo‘lgan zarra - natriyning musbat zaryadlangan ionidir. Ftorda bitta elektron neondan ko‘ra ozroq. Demak, agar ftor boshqa atomdan bir elektronni tortib olsa (masalan, natriy atomidan), u sakkiz elektrondan iborat to‘lgan tashqi elektron qobiqqa erishadi. F(2.7) + е → F (2.8) Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling