Denwer
Home
Tmp
Usr
Readme.txt
Bu struktura denwerning barcha versiyasida bir hil standart bo‘ladi. Keling bu papkalar va uning ichidagi papkalar bilan tanishib chiqamiz.
Denwer – bu papkada denwer dasturini ishlashini ta’minlovchi xar hil skriptlar, dasturlar, kodlar joylashgan bo‘ladi. Ulardan tashqari fayllar uchun rasmlar(ikonkalar), tushuntirish ishlari olib borish uchun txt fayllar ham bo‘ladi. Bu papkada biz uchun muhim narsa quyidagi 3 fayldir.
Run.exe – denwerni ishga tushirish(Apache, Mysql serverlarini ishga tushiradi).
Restart.exe – denwerni avtomat tarzda o‘chirib, qayta yoqish uchun ishlatiladi.
Stop.exe–denwer ishini to‘xtatish.
Bu uchta ishga tushiruvchi fayllarga Link(sso`lka) yaratilib, ish stoliga o‘rnatilgan(dastur o‘rnatish jarayonida).
Home – asosiy ish papkasi hisoblanadi. Barcha yaratiladigan saytlar kodlar shuni ichida yaratiladi. Buning ichida istalgan papka yaratilib, domen sifatida brouzer adresida chaqirib, yozilgan kodlarning natijasini ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Tmp – o‘z ismidan ko‘rinib turibdiki, vaqtinchalik fayllarni o‘zida saqlaydi.
Usr – bu papkada barcha serverlar(php, apache, mysql)ning ishga tushiruvchi fayllar(exe fayllar)i saqlanadi. Undan tashqari kerakli kutubxonalar(.dll) ham saqlanadi. Serverlarni sozlovchi fayllar ham shu yerda.
Readme.txt – barcha dasturlarda bo‘lgani kabi, dastur haqida to‘liqroq ma’lumot berish uchun yaratilgan fayl hisoblanadi.
Vеb-sеrvеr Xampp va Denwer - bu ikkita amalda bir xil dasturlar bo`lib, ularning vazifalari bir xil hisoblanadi. SHuning uchun sayt yaratish jarayonida ulardan birini o`rnatish maqsadga muvofiq bo`ladi. Agar siz na Linux opеrasion tizimida bo`lsangiz ko`proq Xampp vеb-sеrvеrlarini o`rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |