I. Abdullaxonning taxtga kelishi arafasida Buxoro amirligida ijtimoiy siyosiy vaziyat
Download 231.5 Kb.
|
Abdullaxon II davrida Shayboniylar sulolasi 2Mirzayeva MAftuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning o’rganilish darajasi
- Kurs ishning maqsadi va vazifalari
Mavzuning manbashunosligi: Markaziy Osiy hududidagi har bir davlat, qabila, urug’ kabi jamoalarni manbalar asosida o’rganib chiqish bu albatta, har bir tarixchining oldiga qo’yilgan yagona maqsadlardan biridir. Negaki, tarix bugun va ertangi kunni belgilab beruvchi asosiy mezondir. Tarixiy manbalarga asoslangan bu davlatlar haqida qo’lyozma manbalari ko’p uchraydi. Asosiy manba sifatida Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, Gulbadambedimning “Humoyunnoma”, Abul Fazl ibn Muborak “Tarixi Akbarshoh”, Rashididdin Fazlulloh ibn Imomuddaavla Abulxayrninig “Jome ut - tavorix”, Mirza Muhammad Haydarning “Tarixi Rashidiy”, Said Muhammad Sodiq Ali “Akbarnoma”, Hasanxoji Nisoriyning “ Muzakkiri ahbob” Mutribiyning “Tazkirat shuaro”, Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” kabi shaxslar Abdullaxon II ni va shayboniylar davlatining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diplomatik aloqalari va albatta shajaralari haqida ham ma’lumot keltirib o’tganlar.
Tadqiqotning o’rganilish darajasi: Buxoro xonligi tarixini bir qanchasi rus va o’zbek olimlari o’rgangan. Buxoro xonligida XVI asr Shayboniylar hukumronligi haqida bir qancha adabiyotlarda keltirib o’tilgan bo’lib B. Ahmedovning “ Tarixdan saboqlar”, va “O’zbek ulusi”, Azamat Ziyoning “O’zbek davlatchilik tarixi”, Barakaevning “ Buxoro tarixi eng qadimgi davrdan Ulug’ oktyabr inqilobigacha”, Alimovaning “O’rta Osiyoning chet el sharqi bilan aloqalari XII – XIV asrlar”, I. Nizomiddinovning “XVI - XVIII asrlarda O’rta Osiyo Hindiston munosabatlari”, “ Madaniy hamkorligimiz sahifalari O’rta Osiyo va Hindiston munosabatlari”, “O’rta Osiyoning chet el sharqi bilan munosabatlari”, Muhammadjonovning “ Buxoro va Xivaning Rossiya bilan munosabatlariga doir manbalar”, Ermatovning “ O’rta Osiyo Rossiya va Hindiston xalqlari o’rtasidagi do’stlik aloqalari tarixi”, Shishkinning “O’rta Osiyoning Xitoy xalqlari bilan qadimgi madaniy aloqalari”, Aminovning “XVI – XX asrdagi O’rta Osiyo Rossiya bilan tarixiy iqtisodiy aloqalari”, kabi bir qancha olimlar va boshqa mualliflarning asarlarini qayd etish mumkin. Shuningdek biz ham ushbu bitiruv malakaviy ishda yuqoridagi asarlardan foydalandik. Kurs ishning maqsadi va vazifalari: Mustaqillikka erishganimizdan so’ng o’z tariximiz haqida kengroq va haqqoniyroq ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo’ldik. Bu albatta bizga yaratilgan katta imkoniyatdir. Shuning uchun tarixiy davrimizning har bir voqealarini o’rganishdir. Biz bu davlatni o’rganishdan maqsad, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asarining tahlili jarayonida ichki va tashqi diplomatik munosabatlarni yoritib berishdir3. Darhaqiqat Shayboniylarning davlatimiz hayotida tutgan ijobiy va salbiy darajalarini bilish asosiy maqsadimizdir. Shu o’rinda esa biz uchun albatta kelajak avlodga tariximizda azal – azaldan bo’lgan davlatlarimizning qudratliligini anglatishimiz lozimligidir. Undan tashqari bu davlatning diplomatik munosabatlari qay darajada yetukligini aniqlashimizdir. Download 231.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling