Xrizokolla – CuSiO3·пH2O·п = 2 ga yaqin. Grekcha “xrizos”-oltin, “kolla” - yelim demakdir. Kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchan. Tarkibida ko’pinchaAl2O3 17% gacha (pilarit), Fe2O3 7% gacha, P2O3 7-9 % (demidovit) aralashmalari bo‘ladi. Singoniyasi ma’lum emas. Xrizokolla, ko‘pincha, tipik kolloiddan iborat bo‘ladi. Sirti oqiq, ba’zan kovak po‘stloq shaklida bo‘lgan ovalsimon, shuningdek, tuproqsimon buyumlar holida uchraydi.
Xrizokollaning rangi havorang, yashil yoki ko‘k, qo‘ng‘ir (temir gidroksidlari aralashmasi bo‘lganligidan) va hattoki qora tovlanadi. Birmuncha toza xillarining chizig‘i yashil-oq. Opalga o‘xshash xillari shishadek yaltiraydi, ba’zan mumsimon xira.
Qattiqligi 2, ba’zan 4 bo‘ladi. Notekis, chig‘anoqsimon yuzalar bo‘yicha sinadi. Solishtirma og‘irligi 2,0-2,3. Tarkibidagi suvning bir qismi 1100 gacha qizdirganda, qolgan qismi ancha yuqoriharoratda ajralib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |