Amaliy ahamiyati. Malaxitning, ba’zan, katta massalar holida topiladigan oqish shakldagi xillari har xil bezak ishlarida qo‘llaniladi va hashamdor buyumlar – guldonlar, qutichalar, stollar ishlanadi. Malaxitning mayda kukunlari bo‘yoq tayyorlash uchun ishlatiladi.
Azurit – Cu3[CO3]2.[OH]2 yoki 2CuCO3.Cu[OH]2. Nomi fransuzcha “azure”- lojuvard, havorang so‘zidan kelib chiqqan. Sinonimi: mis koki (mis lazuri). Kimyoviy tarkibi - CuO 69,2% (Cu 55,3%), CO2 25,6%, H2O 5,2%. Kristallari kimyoviy jihatdan toza. Mayda kristallar druzasi, yaxlit donador massalar, ba’zan radial shu’la kabi tuzilgan agregatlar va tuproqsimon holatda topiladi. Azuritning rangi to‘q ko‘k, tuproqsimon massalari havorang. Chizig’i havorang. Yaltirashi shisha kabi. Qattiqligi 3,5-4. Ulanish tekisligi {001} bo‘yicha mukammal, {100} bo‘yicha mukammal emas. Solishtirma og‘irligi 3,7-3,9.
Do'stlaringiz bilan baham: |