Ishlatilishi. Elektrotexnikada, qotishmalar tayyorlashda, mashinasozlikda, kimyo sanoatida, shisha sanoatida, qishloq xo‘jaligida, kosmonavtikada va boshqa sohalarda ishlatiladi. Mis bioelementlar qatoriga kiradi. Xujayra ichida u tezlatgich rolini o‘ynaydi. Mis kamaysa, insonda kamqonlik kasaligi boshlanadi. Undan lotun, bronza va boshqa qotishmalar ishlab chiqariladi. Latun 45% rux va 55% misdan iborat. Biroq, uning tarkibida oz miqdorda temir, alyumiiy, qalay, kremniy bo‘lishi mumkin.
II.TAJRIBAVIY QISM.
II.1. Kerakli asbob-uskunalar va jihozlar.
Ishning maqsadi: mor tuzi va uning birikmalarini olinish usullarini va kimyoviy xossalarini amaliyotda sinab ko‘rish
Reaktivlar: H2O-distillangan suv, HCl-xlorid kislota (rangsiz eritma), HNO3-nitrat kislota (rangsiz eritma), H2SO4 -sulfat kislota (rangsiz eritma), NaOH -natriy gidroksid (rangsiz eritma), KNO3-kaliy nitrat, universal indikator qog‘ozi, fenolftalein, lakmus qizil qog‘ozi. KNO2-kaliy nitrit, NH4Cl-ammoniy xloridning to‘yingan eritmasi, NaNO2-natriy nitrit, Zn-rux, Fe-temir kukuni, NH4Cl-ammoniy xlorid, Ca(OH)2-so‘ndirilgan ohak, KCIO3-Bertole tuzi, MnO2-marganes(IV)oksid, (NH4)2SO4- ammoniy sulfat, NH4NO3-ammoniy nitrat, N2H5HSO4-gidrazoniy sulfat, N2H5Cl-gidrazoniy xlorid, gidroksilamin xlorid Asbob uskunalar: shtativ, probirkalar, shisha stakanlar, spirt lampa, shishaplastinkalar, metall qoshiqcha, qisqich, Shuster tomizg‘ichi, gaz o`tkazgichli tiqin va naylar, Kipp apparati, mo‘rili shkaf, tigel.
Do'stlaringiz bilan baham: |