I. asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va olinishi. I misning fizikaviy va kimyoviy xossalari


O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. M. Mirziyoyev


Download 0.5 Mb.
bet2/31
Sana14.11.2021
Hajmi0.5 Mb.
#173898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
2 5195369703131841497

O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. M. Mirziyoyev.

Mavzuning dolzarbligi va uning asoslanishi; Mustaqil mamlakatimizda barcha sohalardagi kabi ta’lim tizimida ham katta islohotlar o‘tkazilmoqda. Bundan asosiy maqsad, dunyoning eng rivojlangan davlatlarining ta’lim sohasidagi yutuqlarini o‘rganish va yurtimiz ta’lim tizimini ham zamon talablari darajasiga ko‘tarishdir. Ta’lim tizimi kelajak avlodni tarbiyalab beruvchi eng katta omillardan biri bo‘lganligi uchun bu yo‘nalishlardagi ishlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Ta’lim samaradorligini oshirish, mutaxassislarning kasbiy kompetentlik darajasini rivojlantirish, pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoniga innovatsion ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish va maqsadli yo‘naltirish oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashdagi dolzarb vazifalar sifatida belgilandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirilishining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabxalarida, eng muhimi, xalkimizning ongu tafakkuri, intilishi va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmokda.

Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda xuquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat hisoblanadi.

Harakatlar strategiyasining IV- bo‘limida Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustvor yo‘nalishlari deb nomlangan 4.4 -bandida “Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish” masalalari o‘z aksini topgan. YA’ni: uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish:

ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalarini yangilash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko‘rish:

ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish:

Ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud taraqqiyotidan foydalanib, undan ta’lim-tarbiya yo‘nalishida keng qo‘llanilsa, o‘sha mamlakatning zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab beradi. Bu tarzda harakatlanish imkoniyatiga o‘z sohasining bilimdoni bo‘lgan, kasbiy malakalarni yuqori darajada egallay olgan, boy tajriba va mahoratga ega kadrlarni bo‘lishini taqozo etadi.

Raqobotbardosh kadrlarni tayyorlash uchun ta’limning yangi modullari yaratilmokda. Uning nazariy asoslari ilmiy-amaliy jihatdan ko‘rsatib berilmokda. Shu boisdan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni xorijiy mamlakatlardagi ta’lim jarayonini tashkil etish va qo‘llash asosida o‘qitish samaradorligini oshirish zarurligi uqtiriladi, uni bajarish jiddiy vazifalardan biri deb hisoblaydi.

Shunga ko‘ra pedagogik ta’lim mazmuni oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari va qonunchilik normalari, ilg‘or ta’lim texnologiyalari va pedagogik mahorat, ta’lim jarayonlarida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, amaliy xorijiy til, tizimli tahlil va qaror qabul qilish asoslari, maxsus fanlar negizida ilmiy va amaliy tadqiqotlar, texnologik taraqqiyot va o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari bo‘yicha so‘nggi yutuqlar, pedagogning kasbiy kompetentligi va kreativligi, global Internet tarmog‘i, multimedia tizimlari va masofadan o‘qitish, interfaol usullarini o‘zlashtirish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dastur doirasida berilayotgan mavzular ta’lim sohasi bo‘yicha pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish mazmuni, sifati va ularning tayyorgarligiga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari va o‘quv rejalari asosida shakllantirilgan bo‘lishi lozim.

Bugungi kunda xorijiy mamlakatlardagi ta’lim jarayonini o‘rganish samaradorligi yuqori bo‘lgan tomonlarni amaliyotga tadbiq etish eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib hisoblanadi, shuning uchun ham bu masala ta’limda asosiy muammo bo‘lib qolmoqdaki, an’anaviy o‘qitish turlari o‘z faolligini biroz yo‘qotdi, quruq so‘zlar yordamida o‘qitish yaxshi natija bermay qoldi. Buning o‘rniga “Axborotli o‘qitish”, xorijiy mamlakatlardagi ta’lim jarayonini innovatsion texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash ko‘proq samara bermoqda.

Bundan tashqari ilm-fan, texnika taraqqiyoti juda tez rivojlanishi natijasida axborotlarni keskin oshib borishi, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish hozirgi davr o‘qituvchisidan ilmiy salohiyat, malaka va yuqori darajada pedagogik mahoratni talab qilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, o‘quv-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash, pedagog kadrlarni tayyorlash tizimi sifat darajasini oshirishda o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmokda. Shu o‘rinda birinchi Prezidentimiz I. Karimovning 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-sonli “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarii qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ta’lim sifatini yanada takomillashtirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Har tomonlama kamol topgan yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda, uning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda talabalarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish, mustaqil ishlash ko‘nikmlarini shakllantirishda oliy ta’limda o‘quv jarayonini tashkil etishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini joriy etish, bu borada o‘quv-uslubiy majmualar sifatini ta’minlash, oliy ta’limning axborot-resurs va zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minotini yanada rivojlantirish asosida fizika fanidan darslarni tashkil etish muhim hisoblanadi.

Ta’limni pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi, kompyuter va kompyuter dasturlari imkoniyatlaridan oqilona foydalanish orqali mustaqil ta’limni tashkil etish nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida tadqiq etilayotgan muammo dolzarbligini tasdiqlaydi




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling