I. asosiy qism. I misning tabiatda tarqalishi, uning tuzilishi va olinishi. I misning fizikaviy va kimyoviy xossalari


Download 0.5 Mb.
bet6/31
Sana14.11.2021
Hajmi0.5 Mb.
#173898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
2 5195369703131841497

Xalkozin - Cu2S. Mineralning nomi grekcha “xalkos” – mis so‘zidan olingan. Uning sinonimi: mis yaltirog‘i. Xalkozinning kimyoviy tarkibida Cu 79,9 %, S 20,1 %. Ko‘pincha kumushda ba’zanFe, Co, Ni, As, Au aralashmalari bo‘ladi. Xalkozinning rangi qo‘rg‘oshindek kul­rangdir. Uning chizig‘i to‘q kulrang. U metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2-3. Xalkozin qisman egiluvchandir. Ulanish tekisligi {110} bo‘yicha mukam­mal emas. Solishtirma og‘irligi 5,5-5,8. U elektrni yaxshi o‘tkazadi.

Diagnostik belgilari. Xalkozin qo‘rg‘oshindek kulrangliligi, kichik qattiqligi, egiluvchanligi bilan xarakterlidir (pichoq uchi bilan chizganda yaltiroq chiziq qoladi, bu bilan o‘zigajuda o‘xshab ketadigan aynama rudalardan farq qiladi). HNO3 dagi eritmasi yashil rangga kiradi. Xalko­zinning mis minerallari ko‘pincha bornit bilan bir assotsiatsiyada topilishi ham xarakterlidir.U dahandam alangasida eriydi, alangani havorang tusga kiritadi. Ko‘mir ustida soda bilan qizdirib, sof mis sharchasi olinadi. Xalkozin kislotalarda, ayniqsa, HNO3 da oson eriydi va olningugurt ajralib chiqadi.

Misli eritmalardan tarkibida organik qoldiqlari bo‘lgan jinslar orasida organik qoldiqning asosan yog‘ochlarning hamma tuzilish detallarini saqlagani holda psevdomorfoz shaklida hosil bo‘lgan xalkozin ham ma’lum. Xalkozin kislorodli nurash zonasida turg‘un emas, par­cha­lanib kuprit (Cu2O) malaxit, azurit kabi misning boshqa kislorodli birik­malariga aylanadi.

To‘liq oksidlanish sodir bo‘lmagan hollarda quyidagi reaksiya bo‘yicha xalkozin hisobiga softug‘ma mis paydo bo‘ladi:

Cu2S+2O2=CuSO4+Cu




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling