I. Asosiy qism: I. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish


Download 310.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana22.12.2022
Hajmi310.57 Kb.
#1042024
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fizika o`qitishda o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish



2
Mavzu: Fizika o`qitishda o`quvchilarni mustaqil ishlashga o`rgatish 
Reja: 
Kirish 
I. Asosiy qism: 
I. 1. O'quvchilarni fizika darslarida mustaqil ishlashini o'rgatish.
I. 2. Fizikadan fakultativ kurslarni tashkil etish.
I. 3. Fizikada sinfdan tashqari mashg'ulotlar turlari.
I. 4. O'quvchilarni darsdan tashqari fan to'garaklari va fizik kechalarini 
tashkillashtirish.
II. Xulosa.
III. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 



Kirish 
O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlarining mazmunini muhim ahamiyatiga 
ega. Umumiy o'rta ta'lim maktab o'quvchilari fizikadan hali chuqur va mustahkam 
bilimga ega emasligini, mustaqil ishlash qobilyati ham yetarli shakillanmaganligi 
hamda ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda sinfdan tashqari 
ishlarning mavzusi va mazmunini tanlashda uning ilmiyligiga emas, balki uning 
ahamiyatligiga asosiy e'tibor qaratish kerak. Akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlari talabalariga ham bo'lajak kasblarini hisobi olgan holda yondashish zarur. 
O'quvchilarning mehnatga ongli munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash ta'lim-
tarbiya jarayonining vazifalaridan biridir. Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari 
ishlarining ahamiyati muhimdir. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar davomida 
uyushtiriladigan tajriba va kuzatishlar umumiy mehnat va amaliy ko'nikmalar hosil 
qilishda katta imkoniyatga ega. Fizikadan o'tkaziladigan to'garak ishing eng 
qimmatlisi shuki, bunda o'quvchilar o'z bilimlarini amalda qo'llashni o'rganadilar, 
hayotga ishlab chiqarish mehnatida ishtirok etishga tayyorlanadilar. Darsdan 
tashqari fizik to'garagining mazmuni masalasi eng muhim hisoblanadi. Ko'pincha 
o'qituvchi to'garak uchun qandaydir qisqa, texnik sohalarni-radiotexnika, 
kinotexnika va hokazolarni tanlaydi. Fizika o'qituvchisi rahbarlik qiladigan 
to'garak ishi o'quvchilarning to'garakdagi ishini fizikani o'qitish bilan to'laroq 
bog'lash imkoniyati bo'lishi uchun ko'proq fizika va texnika tematikasi bo'yicha 
olib boriladi. Fizika-texnik to'garagining tashkil etish bilan o'qituvchi 
o'quvchilarning shaxsiy qiziqishlarini hisobiga olishi, rejalashtirayotgan to'garak 
faoliyatini ular bilan birga takomillashtirishi, mavzularning zamonaviy katta 
ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, o'quvchilarni avtomatika, radio, yadro energiyasi, yarim 
o'tkazgichlar, raketka texnikasi, kosmonavtika, informatika kabi masalalar 
qiziqtiradi. Fizika o'qitishdagi ilg'or metodlar, yangiliklar sinfdan tashqari 
mashg'ulotlarda paydo bo‘lgani tasodif emas. Frontal laboratoriya ishlari, fizikadan 
praktikum ishlari, ekspremental masalalar, o'quv filmlaridan foydalanish sinfdan 
tashqari mashg'ulotlar orqali kiritilgan, yani fizika xonasini elektr simlarini 



o'tkazib jihozlash, qo'ng'iroqlarni avtomatik chalish, magnitofonni o'chirish, 
ulashni avtomatik boshqarish, maktabni radiolashtirish radiouzel orqali chiqib 
o'quvchilarga murojaat qilish va h. k. Fizika kechlari -bu maktabda sinf tashqari 
ishni avj oldirib borish uchun ko'p mehnat talabqiladigan samarali tadbirlardan 
biridir. Ular fizikaning ko'p sohalari bo'yicha o'quvchilar bilimlarini 
chuqurlashtirish va kengaytirishga xizmat qiladi. Ko'pchilik o'quvchilarni ishtirok 
etishi talab qinadi.
Ayrim o'quvchilar doklar, boshqalar, uchinchilari devoriy gazeta chiqaradilar, 
to'rtinchilari kecha o'tkaziladigan zalni bezash bilan shug'ullanadilar, beshinchilari 
mehmonlarni kitish bilan va h. k. lar bilan shug‘ullanadilar. Kechani o'tkazishga 
o'quvchilarga o'quvchilarning ko'p tayyorgarlik ko'rishi ularning jamoa bo'lib 
birlashishlariga ham yordam beradi.
O'quvchilarni darsda va darsdan tashqari vaqtlarida mustaqil ishlashlariga 
o'qituvchi va ota-ona hamkorligi katta rol o'ynaydi. O'sib kelayotgan yosh avlodni 
darsda va darsdan tashqari vaqtlari mazmunli rejalashtirilishi barkamol, iste'dotli 
kadrlarni yetish chiqishiga eng katta turki hamda poydevor hamdir. O'quvchining 
darsdan tashaqari vaqtlarida fan to'garaklariga, fan kechalariga, kitobxonlik 
kechalari jalb etish juda ham to'g'ri yo'ldir.

Download 310.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling