I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 65 library.ziyonet.uz/ chirogʻi koʻnglini sal yoritib oʻtdi. Bu onda chap tomondagi ayvon derazasi ochilib, kelini salom berdi. Toʻlqin unga qaramay alik oldi-da, oʻz uyi tomon shoshildi. Obodxonning “Bizning ishimiz nima boʻlyapti?” degan savol nazari javobsiz qoldi. Labini burganicha garmdori aralash soʻzlaridan bir qanchasini uning izidan pichirlab sochdi-da, derazasini taraqlatib yopdi. Bu shovqindan choʻchib tushgan Robiya orqasiga oʻgirilib, erini koʻrdi-yu, avvaliga bir oz ajablandi, soʻng quvongan ayolning jilmayishi bilan qarshiladi. -Voy adasi, niyatim xolis ekan-a! Hozirgina oshni damlab, vaqtliroq kelsangiz birgalashib yerdik, deb oʻylab turuvdim. Farishtalar omin deyishibdi. Toʻlqin xotinining koʻzlariga qarashga botinmay ichkari kirib ketdi. Oʻgʻillarining xonasi boʻsh. Uning qorongʻi koʻngli yanada zimiston boʻldi. Bu yerda uzoqroq tursa xotini xavotirlanib kirib qolishi mumkin edi. Shu bois tezgina iziga qaytdi. -Kiyimingizni almashtirmaysizmi? - deb soʻradi Robiya dazmolni bir chetga qoʻyib. -Kiyimimnimi? - “Nega almashtirishim kerak?” deb oʻyladi Toʻlqin, keyin parishon xayolini jamlab:-Ishga qaytishim kerak. Zarur qogʻozim qolib ketgan ekan, shunga keluvdim, - dedi. -Ishingizga bir pas kech borsangiz osmon uzilib yerga tushmas. Oʻtiring, ovqatni suzib kelaman, - dedi Robiya norozi ohangda. -Ovqatmi?.. Yaqinda osh yevdim, qornim toʻq. -Vaqtli kelganingiz uchun quvonganimda yana dilimni vayron qilib ketasiz-a. Bitta oʻzim soʻppayib oʻtiramanmi? -Ozgina sabr qil, kelin tushirsak uyimiz toʻlib qoladi. -Keladigan kelin bechora ham erini kutib oʻtiradi hali. -Senga nima boʻldi? Ertalabdan beri meni chaqqing kelyapti? -Ari boʻlibmi yo ilon boʻlibmi, ochigʻini aytavering. Toʻlqin qarasaki, xotini astoydil achchiqlanishni boshlayapti. Oʻzini jilmayishga majbur qilib, beligaqoʻl yubordi. -Voy, oʻlmasam, keliningizning koʻzlari shu tomonda-ya!-dedi Robiya choʻchiganicha tisarilib. -Boʻldi. Sen yengding, men taslim. Ovqatingni olib kel, boʻkib qolsam ham yeyman. Toʻlqinning tili soʻzlasa-da, lablari jilmaysa-da, xufton dili portlab ketay derdi. Qayerga borishni, kimdan soʻrashni, kim bilan maslahatlashishni bilmaydi. “Keldiyorovning gapi shunchaki poʻpisa, buncha xovliqasan? Oʻgʻling oʻzini xafa qildirib qoʻyadigan yosh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling