I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 1 library.ziyonet.uz/ I BLIS DEVORI ( QISSA ) Tohir Malik M UALLIFDAN Bir mamlakatga gʻanim hujum qilib, ikki aka-uka jangga otlanishibdi. Ular singillarini insof egasi hisoblangan bir tanishlariga qoldiribdilar. Qiz juda goʻzal ekan, u kishiga iblis vasvasa qila boshlabdi. Oxiri u odam gunohga botibdi-yu, “akalari kelsa nima deb javob qilaman?” deb qoʻrqibdi. Iblis “Qizni oʻldir-da, ogʻilxonaga koʻmib qoʻy, akalari kelganda “singillaring qochib ketdi”, deysan”, deb oʻrgatibdi. Shunday ham boʻlibdi. Akalar ajablanib turishganda iblis ularga boʻlgan gapni aytib beribdi, qiz koʻmilgan joyni koʻrsatibdi. Podshoh u odamni oʻlimga hukm qilibdi. Zinokor boʻyniga sirtmoq tashlanganida yana iblis paydo boʻlibdi. “Sen meni shu ahvolga solding!” debdi u odam nafrat bilan. “Sen mendan oʻpkalama, istasang seni oʻlimdan olib qolay. Shartim shuki, menga bir martagina sajda qilasan”. “Qanday sajda qilaman, boʻynim sirtmoqda-ku?” debdi u odam. “Sen menga sajdani niyat qil-da, boshingni men tomon egsang bas”, debdi iblis. Odam iblisning aytganini bajarib, boshini u tomon egib sajda qilgan ekan, sirtmoq tortilib, boʻgʻilib oʻlibdi - dunyodan iymonsiz ketibdi. Ha, iblis barchani shunday vasvasaga solib, yoʻldan chiqarmoqni istaydi. Uning oʻz olami bor. Ba’zilar “toʻgʻri yashayapman”, deb oʻylashadi-yu, biroq, shaytanat olamiga kirib borayotganlarini, oqibat esa iblis sirtmogʻiga tushib qolganlarini sezishmaydi. Yozuvchi Tohir Malikning “Shaytanat” asari kitobxonlarni shayton boshqaruvchi olam bilan tanishtirgan edi. Soʻng “Shaytanatning turfa olami” turkumida “Murdalar gapirmaydilar” kitobi nashr etilgan edi. Bu asarlarda ashaddiy jinoyatchilar hayoti qalamga olingandi. Shaytanat - faqat qotillar yoki oʻgʻrilar olami emas. Iblis har bir odamning ruhini parchalab, oʻz olamiga tortishga urinaveradi, ya’ni insonning ma’naviy olamini bulgʻashga intiladi. Oqibatda kimlarningdir ma’naviy olami qashshoqlashadi-da iblis taqdim etgan olamga kirib boradi. Ammo u oʻzini zinhor jinoyatchi hisoblamaydi. Holbuki... ruhlarni azobga qoʻyish ham jinoyatdir. “Bir qoringa siqqan bolalar bir hovliga sigʻishmaydi...” Bu maqolda qanchalar haqiqat bor? Ota-ona vafotidan keyin nima uchun farzandlar yuzkoʻrmas boʻlib ketadilar? Shaytanat olamiga kirib qolganlari uchun emasmi? Ota-onalari ruhi azob chekishini nechun oʻylamaydilar? Yozuvchi Tohir Malik mazkur yangi asarida siz, aziz kitob muhlislarini shu mavzuda bahs yuritishga da’vat etadi. Kitobga yozuvchining yangi yozgan hikoyalari bilan birga qayta tahrirdan chiqqan bitiklari ham jamlandiki, bularda ham iblis yetovidagi yoki undan nafratlanuvchi insonlar obrazi gavdalanadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling