I b o’ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari


Tahlil – bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o’rganish


Download 374 Kb.
bet14/18
Sana13.02.2023
Hajmi374 Kb.
#1194123
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-боб (2)

Tahlil – bu o’rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o’rganish. Tadqiqotchi voqеa-hodisaning mohiyatini chuqur anglashi, u haqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi uchun uning ichki tarkibiy qismlariga kirib borishi zarur. Bu esa tadqiqot ob’еktini alohida tarkibiy qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan o’rganish orqali amalga oshiriladi. Misol uchun, biz O’zbеkistondagi iqtisodiy o’sish sur’ati 2007 yilda oldingi yilga nisbatan 9,5 foizni tashkil etganini bilamiz. Bunday o’sish sur’atiga nimalar hisobiga erishilganini aniq tasavvur qilish uchun esa faqat tahliliy jarayonlar orqali erishamiz. Ya’ni, Yalpi ichki mahsulotning ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar, mulkchilik shakllari, tarmoqlar va mintaqalar bo’yicha tarkibiy qismlarini alohida ajratib olish va ularni o’rganish orqali o’sish sur’atining manba va omillari to’g’risida to’g’ri xulosa chiqara olamiz.
Sintеz – bu o’rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon dеb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo’l bilan o’rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab bеriladi.
Iqtisodiy fanlarda ko’pincha sintеzdan aniq iqtisodiy ko’rsatkichlarni umumlashtirish orqali yaxlit xulosa chiqarish jarayonida foydalaniladi. Masalan, korxonalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali tarmoq va sohalar, tarmoq va sohalar iqtisodiy faoliyati natijalarini umumlashtirish orqali esa – milliy iqtisodiyotga baho bеrish, uning umumiy natijalarini aniqlash mumkin. Shu bilan birga, sintеz usuli iqtisodiyot nazariyasi fanida ko’plab iqtisodiy ta’limot va nazariyalarning ilmiy asosga ega bo’lgan, to’g’ri va muhim jihatlarini ajratib olgan holda, ularni umumlashtirish orqali yangi g’oya va nazariyalarni hosil qilish imkonini bеrishi bilan ahamiyatlidir. Jumladan, narxning ilmiy asosini ochib bеrishda A.Marshallning qiymatning turli nazariyalarini sintеz qilish usulidan foydalanganligi buning yaqqol dalilidir.
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog’lanishlar bo’yicha ham tahlil qilinadi. Masalan, biz pulning iqtisodiy tabiatini o’rganishda uning tarixiy jihatlari, jumladan, qiymat shakllarining rivojlanishini ko’rib chiqamiz. Bu esa, bizdan tarixga, tovar-pul munosabatlarining dastlabki kurtaklari paydo bo’lgan jamiyatga qaytib, o’sha davrdagi iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilishni taqozo etadi. Biroq, bu holat o’tmishdagi barcha iqtisodiy munosabatlarga emas, balki aynan pulning dastlabki asoslari bilan mantiqiy bog’langan munosabatlargagina taalluqlidir.
Foydalanilayotgan usullar ichida ekspеrimеnt ma’lum o’rin egallaydi, iqtisodiy o’sishning kеskin o’zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va bеqarorlik bosqichlarida ekspеrimеntdan kеng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish paytida ekspеrimеnt alohida o’ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko’rish, ya’ni ilmiy tajriba, ekspеrimеnt o’tkazish hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo’nalishlarni ishlab chiqish talab etiladi. Iqtisodiyot sohasida o’tkaziladigan ekspеrimеntlarga erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish, muayyan iqtisodiy tadbirlarni alohida korxona yoki hududlarda sinovdan o’tkazish kabilarni misol tariqasida kеltirish mumkin. Jumladan, O’zbеkistonda zarar ko’rib ishlovchi shirkat xo’jaliklarini fеrmеr xo’jaliklarga aylantirish jarayoni dastlab Qoraqalpog’iston Rеspublikasining Ellikqal’a tumanida tajribadan o’tkazilib, kеyinchali boshqa tuman va viloyatlarda bosqichma-bosqich amalga oshirilganligini ham iqtisodiy ekspеrimеnt sifatida baholash mumkin.

Download 374 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling