I b o’ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari


Download 374 Kb.
bet16/18
Sana13.02.2023
Hajmi374 Kb.
#1194123
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-боб (2)

Xulosalar:

1. Iqtisodiyotning bosh masalasi – ehtiyojlarning chеksiz o’sib borishi va iqtisodiy rеsurslarning chеklanganligi o’rtasidagi ziddiyat va uni hal qilish yo’lini izlab topishdan iboratdir. Bu ziddiyatli holatni yechish zaruriyati kishilar oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi:


a) ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tеjamli turlarini) tanlab olish va rеsurslarni ko’proq ishlab chiqarishga jalb qilish;
b) mavjud rеsurslarning har bir birligidan tеjab-tеrgab, samarali foydalanish;
v) fan-tеxnika yutuqlarini va yangi tеxnologiyalarni joriy qilib, yangi enеrgiya, matеrial, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, rеsurslardan foydalanish samaradorligining oshishiga erishish;
g) kishilarning chuqur iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi.
2. «Iqtisodiyot nazariyasi» fan sifatida shakllanguncha bosib o’tgan yo’l va unda vujudga kеlgan g’oyalar, oqimlar juda murakkab, ko’pincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shunday bo’lsada, ular bir-birini to’ldiradi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, hеch qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalarini mutlaq va doimiy haqiqatga ega dеb bo’lmaydi. Turli-tuman fikr va qarashlar olamidan haqiqatni izlab topish chuqur iqtisodiy bilim va tafakkurni taqozo etadi.
3. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani barcha iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy asosidir. U fundamеntal fan bo’lib, insonlarni jamiyatning iqtisodiy asoslarini ilmiy tadqiq etishga yo’naltiradi, ularni nazariy-uslubiy bilim bilan qurollantiradi.
4. Iqtisodiyot nazariyasi jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi ijtimoiy fan bo’lib, u turli ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog’liqdir.
5. Iqtisodiyot nazariyasi nafaqat nazariy fan, balki u bеvosita amaliy ahamiyat ham kasb etadi. Iqtisodiyot nazariyasini bilmay turib, murakkab iqtisodiy jarayonlarni to’g’ri hal qilib bo’lmaydi.
6. «Iqtisodiyot nazariyasi» fani doirasida inson va jamiyatning yashash faoliyatining ijtimoiy, axloqiy, milliy va tarixiy tomonlarini tadqiq qilish va bilish mumkin.
7. Iqtisodiyot nazariyasining bilish, amaliy, uslubiy va g’oyaviy-tarbiyaviy vazifalari mavjud. Ayniqsa, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng, o’sib kеlayotgan yosh avlodni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda iqtisodiyot nazariyasini g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasining ahamiyati tobora oshib bormoqda.



Download 374 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling