Aloe - Sabur (Aloe arborescens) Piyozguldoshlar Liliaceae oilasiga
mansub, madaniy, bo‘yi 4 m gacha bo‘ladigan
daraxtsimon yoki o‘t o‘simlik. Barglari qini yordamida
poyada ketma-ket joylashadi, ko‘pincha poyasining
yuqori qismida to‘pbarg hosil qiladi. Gullari chiroyli va
turli rangda bo‘lib, poyasining yuqori qismidagi to‘pbarg
o‘rtasidan chiqqan uzun silindrsimon gul o‘qida
joylashgan shingilni hosil qiladi. Mevasi - uch qirrali
ko‘sakcha.
Geografik tarqalishi. Vatani Afrikaning janubi-
sharqidagi
yarim
cho‘llar.
MDH
davlatlarida
Daraxtsimon aloe (Aloe arborescens Mill.) va Yo‘l -
yo‘l aloe (Aloe striatila How.) uchraydi. O‘rta Osiioda bir yillik o‘simlik sifatida,
xonalarda ko‘p yillik o‘simlik o‘rnida o‘stiriladi.
Qo‘llaniladigan qismi. Bargi.
Kimyoviy tarkibi. Barglari va undan olinadigan sabur tarkibida antratsen
hosilalari (aloin, nataloin, izoemodin) smolalar, efir moyi, achchiq va boshqa
moddalar bor.
Ishlatilishi. Saburning yuqori dozasi (0,03-0,2 g) surgi dori sifatida, kichik
dozasi (0,01-0,02 g) ovqat hazmini yaxshilash va ishtaha ochish maqsadida
ichiladi. Biogen stimulyatorlarga boy barglaridan suyuq ekstrakt (flakon va
ampulalarda chiqariladi), liniment (emulsiya), sharbat va tabletka tayyorlanadi.
Suyuq ekstrakti va tabletkasi ko‘z kasalliklarida (konyuktivit, ko‘z shishasimon
tanachasining xiralashishi va boshqalar) hamda boshqa kasalliklarda (surunkali
artrit, me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, bronxial astmada) qo‘llaniladi.
Aloy linimeti va sharbati kuyganda, turli yaralarga (tropik, yuqumli, yiringli va
boshqa), quruq va ho‘l epidermitlarda ishlatiladi. Aloy bargi qadimdan xalq
tabobatida ishlatilib kelingan. Quritilmagan bargi va uning shirasi me’da va o‘n
ikki barmoqli ichak yaralarini davolashda qo‘llanilgan. O‘pka silini davolashda
aloy bargi shirasini asal va cho‘chqa yog‘i bilan aralashtirib pishiriladi va bemorga
Do'stlaringiz bilan baham: |