I. B. Shukurov Buxoro tibbiyot instituti bionoorganik, bioorganik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/59
Sana10.12.2021
Hajmi1.61 Mb.
#179692
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59
Bog'liq
os markali chigitni tuksizlantirish mashinasining konstruktsiyasini takomillashtirish.

YOG’LAR 

Tibbiyotda  yog’lar, asosan, surtma dorilar (mazlar), linimentlar, malhamlar, 

tibbiyot  sovunlari,  shamchalar  va  boshqa  dori  turlari  tayyorlashda,  hamda  ba’zi 

dorivor  moddalarni  eritish  uchun  ishlatiladi.  Ba’zi  yog’lar  esa  sof  holda  ta’sir 

etuvchi  dorivor  modda  sifatida  (kanakunjut  moyi,  baliq  yog’i,  makkajo’xori  moyi 

va boshqalar) ishlatiladi. 

Tarkibida  ikki  va  undan  ortiq  qo’shbog’  saqlagan  to’yinmagan  yog’ 

kislotalar  (linol,  linolen,  araxidon)  esa  odam  organizmida  moddalar  almashinuvi 

jarayonida katta ahamiyatga ega bo’lib, ular vitamin «F» nomini olgan. 

Organizm  bu  yog’  kislotalarini  boshqa  birikmalardan  sintez  qila  olmaydi. 

Shu boisdan ular ovqat bilan organizmga kiritilishi kerak. Aks holda organizm har 

xil kasalliklarga duchor bo’ladi. O’simlik moylari bu kislotalarga boydir. 

Yog’lar  o’simlikning  mevasi  va  urug’laridan  siqish  –  presslash  yo’li  bilan 

olinadi. Bu usul qizdirish yoki qizdirmasdan bajariladi. 

Bundan  tashqari,  meva  yoki  urug’lardan  moyni  yengil  haydaluvchi, 

kimyoviy  inert  organik  erituvchilar  (petroley  efiri,  dietil  efir)  yordamida  maxsus 

asboblarda ekstraksiya qilib olinadi. 

 

 


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling