I bob abu nasr farobiyning hayoti ilmiy faolioyati


II BOB ABU NASR FAROBIY OʻRTA ASRNING BUYUK OLIM


Download 71.7 Kb.
bet5/7
Sana07.11.2023
Hajmi71.7 Kb.
#1753731
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Abu Nasr Forobiy oʻrta asrning buyuk qomusiy olimi

II BOB ABU NASR FAROBIY OʻRTA ASRNING BUYUK OLIM
2.1 Farobiyning falsafiy qarashlari.
O'rta asrlar Markaziy Osiyo xalqining falsafiy fikrining rivojlanishida Abu Nasr ibn Muhammad Farobiy (873-950) yetakchi o'rin tutadi. Abu Nasr Farobiy sirdaryo bo'yidagi Forob qishlog'ida tug'ildi va dastlab bilimini Shom, Samarqand va Buxoroda oldi. So'ngra Farob o'z bilimini davom ettirish uchun boshqa bordi. Farobiy uzoq yillar Bog'dodda yashab ijod qildi. O'z davrining yirik olimi va buyuk faylasuf bo'lib yetishdi. Umrining so'nggi yillarini Halab va Damashqda o'tqazib, shu yerda vafot etadi. Farobiy o'zidan keyin boy meros qoldirgan. Mavjud ma'lumotlarga qaraganda u 160 dan ortiq asar yozgan va 70 ga yaqin tilni bilgan Arab olimi ibn Kiftiyning ma'lumotlariga ko'ra Farobiy o'z asarlarida mantiqda sharhlash, o'zgartirish va tahlil qilishdagi Kindiy va boshqa olimlar yo'q qo'ygan nuqsonlarni ham ko'rsatib o'tdi. Ana shu jihatlar sababli Farobiy asari bu fan sohasida g'oyat yutuk, nihoyat sanaladigan bo'ldi. Farobiy yaratgan asarlarni ularning xarakteriga qarab ikki guruhga ajratish mumkin a)qadimgi yunon tabiatshunos olimlari va faylasuflari ilmiy merosini o'rganish, tarjima qilish va sharhlashga oid asarlar. Bulardan Aristotelning "kategoriyalar", "ikkinchi analitika", "Topika", "Ritorika" ,"Sofistika" va shu kabi asarlariga yozilgan sharhlarni keltirish mumkin. B)o'rta asr fanining tabiiy ilmiy, ijtimoiy siyosiy va falsafiy masalalarga oid risolalar. Bulardan" ixso al-ulum", "hikmat asoslari", " katta musiqa kitobi", Fozil odamlar shahri" va shular kabilardir. Farobiy falsafiy qarashlarining asosini dunyoning tuzilishi haqidagi ponteistik ta'limot tashkil qiladi. Bu ma'lumotga ko'ra butun mavjudot borliq emanastsiya asosida yagona boshlang'ichdan bosqichma-bosqich vujudga kelgan. Farobiy inson, uning bilishi ilm-fan va aql ham o'zining falsafiy qarashlarini ilgari suradi. Garchi insonni "aqlli jonivor"desa ham, aqlli inson haqida shunday yozadi:"aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o'tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zo'r iste'dodga ega, ular yomon ishlarni o'yoab topish uchun zehn-idrokka eta bo'lganlarni aqlli deb bo'lmaydi, ularni ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim".Farobiy ijtimoiy falsafiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega. U o'rta asrlarda birinchi bo'lib jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsad va vazifalari izchil ta'limot yaratdi. Farobiyning bu ta'limoti uning "Fozil shahar aholisining qarashlari," baxt saodatga erishuv yo'llari haqida risola" asarlarida o'zining yorqin ifodasini topgan. U "fozil shahar aholisining qarashlari" risolasida shunday yozadi:"har bir inson tabiatan shunday tuzilganki u yashash va oliy darajadagi yutuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, u bir uzi bunday narsalarni qo'lga kirita olmaydi, ularga erishish uchun insonlar insonlar jamoasiga ehtiyot tug'iladi. Shuning uchun insonlar ko'paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o'rnashadilar, va natijada insonlar jamoasi vujudga keldi" U din va falsafa orasidagi munosabatlarni qat'iy aniq ifodalagani hamda bu ikki sohaning insonlar ongida birga yashashi mumkinligini uyg'unlashtirib isbotlab beradi. Mana shu favqulodda fazilat tufayli u islom olamida falsafa asoschisi degan unvonga munosib bo'la oldi Farobiy"falsafa" istiloxini fan va bilimlarning turli sohalarida qo'llagani uchun ham sharq mutafakkirlari orasida Aristotetdan keyin"ikkinchi muallim" degan yuksak nomga sazovar bo'ldi. Farobiy musiqani inson tarbiyasiga ta'sir qiluvchi omillardan biri deb bildi. U musiqani insonga nafosat, estetik zavq bag'ishlovchi ahloqni tarbiyalovchi vosita deb bildi, u bu haqda uzining" musiqa haqida katta kitob" nomli ko'p jildli asarida qayd qilgan. Farobiyning fan tasnifida tabiiy va ijtimoiy fanlar o'z vazifasiga ko'ra bir biridan farq qiladi. Masalan matematika tabiatshunoslik va metafizika ilmlari inson aql zakovatini boyitishga xizmat qiladi. Gramatika she'riyat va mantiq esa fanlardan to'g'ri foydalanish bilimlarni boshqalarga to'g'ri tushuntirish, yani aqliy tarbiya uchun xizmat qiladi. Siyosat, axloqshunoslikga oid bilimlar kishilarning jamoaga birlashuvi ijtimoiy hayotning qonun va qoidalarni o'rgatadi. Xullas faning ilmlar tasnifi to'g'risidagi ma'lumoti o'rta o'rta asrda turli fanlarning rivojida muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Farobiy o‘rta asr mutafakkirlaridan birinchi bo‘lib jamiyat haqidagi bir butun ta’limotni ishlab chiqdi. Uning bu xizmati jahon ilmiy adabiyotida hamma tomonidan qabul qilingan. Farobiy o‘z asarlarida sezilarli darajada bir qator masalalarni yoritib bergan:
1. Ijtimoiy fanlarning mavzu va vazifalari.
2. Ijtimoiy birlashmalarning kelib chiqishi, tarkibi va ko‘rinishlari.
3. SHahar-davlat, uning vazifalari va boshqaruv shakllari.
4. Jamiyatda insonning o‘rni va majburiyati, ta’lim-tarbiya masalalari.
5. Davlat uyushmasining vazifalari va pirovard maqsadi, umumiy baxt-saodatga erishishning yo‘llari va vositalari.
Ijtimoiy hayot haqidagi fanlar jumlasiga Farobiy shahar-davlat yoki siyosiy fanni (al-madaniyya), huquqshunoslik (fiqh) va musulmon ilohiyotini (kalom) kiritdi. Axloq va ta’lim-tarbiya haqidagi fan (pedagogika) siyosiy fanlarning bir qismini tashkil etib, umumiy baxt-saodatga erishish yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim. Axloq fani (etika) – bu jamiyat a’zolarining hatti-harakatlari haqidagi bilim bo‘lsa, siyosiy fan – umuman barcha jamiyat a’zolarining fe’l-atvori va hatti-harakatlarini boshqarish haqidagi bilimdir. Farobiy fikricha, davlatni boshqarish ikki xil bo‘ladi: davlat aholisini haqiqiy yoki xayoliy baxt-saodatga etaklab olib boruvchi. Boshqarish san’ati idora qilishning nazariyasini ham, amaliyotini ham nazarda tutadi. Ularni birga qo‘shib olib borish, ayrim olingan har bir muayyan holatda, davlatni to‘g‘ri boshqarish imkoniyatini beradi.
Kishilarning jamiyatga birlashishi urushlar va kuch ishlatish natijasida hamda odamlarning o‘z ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishlari tufayli kelib chiqadi. U kishilarning mavjudligi va kamolot topishi uchun zarurdir. Jamiyat turli xalqlardan tashkil topadi. Xalqlarning o‘ziga xos fe’l-atvorlari va xislatlarini Farobiy u yoki bu xalq yashayotgan jo‘g‘rofiy sharoit xususiyatlari bilan bog‘liq ravishda tushuntiradi. Farobiy shahar-davlatlarni fozil yoki orzudagi va johilga bo‘ladi. Orzudagisi – bu shunday shaharki, u aholisining o‘zaro hamkorligi asosida mavjuddir. SHahar-davlatning ichki va tashqi vazifalari bor. Tashqi vazifasi – bu shahar mudofaasini tashkil qilish va uni tashqi hujumlardan saqlash. Ichki vazifasi – uning aholisining baxt-saodatini ta’minlash. Farobiy boshqaruvning uch shaklini ko‘rsatib o‘tadi: yakka hokimlik, oz sonli kishilar guruhining boshqaruvi, xalq tomonidan saylangan eng loyiq shaxsning hokimiyati. Bunda Farobiy uchun hal qiluvchi narsa, boshqaruv shakllarining o‘zigina emas, balki uning sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligidir.
Kamolotning yuqori cho‘qqisiga erishgan jamiyatlarda kasb-hunarni ozodona tanlash imkoniyati bor. Bu erda yakkahokimlik yo‘q bo‘lib, haqiqiy ozodlik va tenghuquqlik hukmronlik qiladi. Bunday shaharlarning aholisi o‘z boshlig‘ini saylaydi, ammo uni har qachon hokimiyatdan mahrum qilishi ham mumkin. Bunday shaharlarning boshliqlari o‘z faoliyatlarida adolatlilik, teng huquqlik va umumiy farovonlik qoidasidan kelib chiqadilar. Boshliq – bu o‘ziga xos muallim bo‘lib, o‘z o‘quvchilarini bilim olishga va baxt-saodatga erishish yo‘llarini o‘zlashtirishga o‘rgatadi. Ammo barcha talablarni bir kishida mujassamlashtirish qiyin, shuning uchun guruh tomonidan bo‘ladigan boshqaruvni tashkil etish mumkin. Bunday holatda jamiyatning har bir a’zosi ushbu xususiyatlardan birortasini mujassamlashtirmog‘i lozim bo‘ladi3.
Davlat va jamiyatning pirovard maqsadi bo‘lgan umumiy baxt-saodatga erishish muammosi Farobiy ta’limotida muhim o‘rin tutadi. Bunga yo‘l – ilm-fan va ta’lim-tarbiyadir. Haqiqiy baxt-saodatga bilimlarni egallash yo‘li vositasida erishiladi. Haqiqiy baxtga shundagina erishiladiki, qachonki, har kanday yomonlik bartaraf qilinib, kishining ruhi va aqli o‘zining mohiyatlarini va barcha xayrli, ezgu ishlarni bilishda eng yuqori saviyaga erishib-abadiylikka dahldor bo‘lgan dunyoviy aql bilan qo‘shilib ketsa. Inson o‘ladi, ammo uning hayoti davomida erishgan baxti ma’naviy ko‘tarinki hodisa bo‘lib, zavol topmaydi, balki undan keyin saqlanib qolib, insoniyatga xizmat qilishi mumkin.
Farobiy falsafasining inkor etib bo‘lmaydigan joyi shundaki, u nazariy falsafani haqiqiy va asosiy ilm, deb bilib, qolgan barcha fanlarni unga tobe bo‘lgan ikkinchi darajali sohalar maqomiga qo‘ydi. Falsafalar o‘rtasidagi umumiy dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini payg‘ambarlar ramzlar shaklida bayon qilganlar, zero, mohiyat jihatidan falsafa bilan din o‘rtasida hech qanday tafovut yo‘q. Bunday karash o‘z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat qozonib, islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga aylandi.
Farobiyning ta’limoti Sharqda va Yevropada ijtimoiy-falsafiy fikrlarning bundan keyingi rivojida muhim o‘rin tutdi. U Basradan chiqqan falsafiy to‘garak bo‘lgan «Ixvon as-safo» («Sof birodarlar») a’zolari va Abu Sulaymon Mantiqiy, Ibn Miskaveyh, Ibn Bajja, Ibn Tufayl, Maymonid qarashlariga katta ta’sir ko‘rsatdi. Buyuk olim Ibn Sino uni o‘zining ustozi deb hisoblar edi.

Download 71.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling