Urbanizatsiya


Download 1.96 Mb.
Sana16.04.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1360681
Bog'liq
M14 URBANIZATSIYA


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
URBANIZATSIYA
REJA:
  • Urbanizatsiya jarayonining global va regional jihatlari
  • O‘zbekistonda o‘sish va urbanizatsiya
  • Aholining takror hosil qilinishi va uning turlari
  • Aholi migratsiyasi va uning tasnifi
  • Mehnat migratsiyasini iqtisodiy o‘sishga ta’siri

URBANIZATSIYA
Urbanizatsiya (lotincha urb – “shahar”) – bu shaharlar va shahar aholisining o‘sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayonidir
Urbanizatsiya jarayoni 3 ta asosiy bosqichdan o‘tib rivojlanadi:
  • Shakllanayotgan urbanizatsiya bosqichida shahar aholisining ulushi 50% dan past bo‘lib, yangi shaharlar vujudga keladi, ayrim qishloq joylar shahar manzilgohlari toifasiga o‘tib ketadi.
  • Rivojlangan urbanizatsiya bosqichi “millioner” shaharlarning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi hamda yirik shaharlar atrofida aglomeratsiyalarning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Shaharliklarning jami aholidagi ulushi 50 % dan ortib ketadi, yangi shaharlar deyarli vujudga kelmaydi, mavjud shaharlar esa, ayniqsa, yiriklari tez rivojlanadi, shahar manzilgohlarining tizimlari shakllanib boradi.
  • Yetuk urbanizatsiya bosqichi Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Isroilda kuzatilmoqda. Bunda aholi yirik shaharlarning markazlaridan astasekin shahar atrofiga ko‘chib boradi, lekin shaharda ishlash, o‘qish, turli faoliyat yuritishni davom ettiradi. Natijada shaharlar markazlari, asosan, tadbirkorlik, bank-moliya sektori, boshqaruv sohalarining rivojlanish maskanlariga aylanib, aholi yashash massivlari esa tobora markazdan uzoqlab o‘tib boraveradi. Bunday ijtimoiy-geografik jarayon suburbanizatsiya deb ataladi.

Dunyoning millioner shaharlari
Aholi turmush darajasi
Aholi turmush darajasi deyilganda, odamlarning zarur moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanganligi, ular iste’moli va ehtiyojlari qondirilganligi darajasi tushuniladi.
  • tor ma’noda – aholining iste’mol ehtiyojlari qondirilganligi, iste’molning topilgan daromad va qilingan xarajat orqali qondirilishi;


  • keng ma’noda – inson rivojlanish darajasi (salomatlik, ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari) va uning yashash shart-sharoitlari (atrof-muhit, xavfsizlik) anglanadi.

Aholi migratsiyasi (lotincha “migratio” – “ko‘chish”) – odamlarning bir mintaqa (mamlakat, shahar, qishloq)dan boshqasiga, qator hollarda katta guruh holida va uzoq masofaga ko‘chishidir.
Aholi migratsiyasi
Migratsiyaning funksiyalari
  • Qayta taqsimlash. Migratsiyaning ushbu funksiyasi muhojirlarga o‘z hayotiy vazifalarini hal etishga ko‘maklashadi. Odamlar boshqa hududga ko‘chish orqali turmushlarini yaxshilashga intiladi.
  • Saralash. Migratsiyaning bu funksiyasi mohiyati shundan iboratki, aholi turli ijtimoiy-demografik guruhlarining unda notekis ishtirok etishi turli hududlar aholisining sifat tarkibini o‘zgartirishga olib keladi. Amaliyot erkaklar va mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar migratsiyada mehnatga layoqatli bo‘lmaganlar va ayollarga qaraganda faolroq ishtirok etishidan dalolat beradi.
  • Jadallashtirish. Rossiyalik olima T.I. Zaslavskayaning fikricha, aholining hududiy ko‘chib yurishi odamlarning ruhiy xususiyatlarini o‘zgartirishga, ularning dunyoqarashini kengaytirishga, hayotning turli sohalaridagi bilimlarini kengaytirishga, mehnat ko‘nikamalari va ishlab chiqarish tajribasi bilan ayirboshlashga, shaxsni, uning moddiy, ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlarini rivojlantirishga, milliy madaniyatlarning integratsiyasiga xizmat qiladi

Aholi migratsiyasi turlari
Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling